MUHOKAMA
Xurshida Xasanova 1998 yildan buyon zamonaviy estrada va bolalar qo‘shiqchilik
san’atiga e’tibor qaratib, 150 ga yaqin estrada va bolalar uchun qo‘shiqlarini yozdi. “Chinni
gullar”, “Sog‘inaman” (N.Narzullayev so‘zi), “Yetolmayman” (M.Yo‘ldoshev so‘zi), “Kuz
gullari” (Humoyun so‘zi), “Rostini ayting” (E.Oxunova so‘zi), “Alangadan nido” (M.Yo‘ldoshev
so‘zi), “Sen uchun” (N.Qurbonova so‘zi) estrada qo‘shiqlari, “Sevinch”
bolalar vokal guruhi
uchun “O‘zbekiston jannat” (D.Rajab so‘zi), “Tabassum qil” (N.Narzullayev so‘zi), “Sevinch”
(S.Muzaffarova so‘zi), “Turnalar” va “Vatan” (H.Rahmat so‘zi), “Kamalak” (P.Mo‘min so‘zi),
“Humo qushi” (O‘.Hoshimov so‘zi), “Sog‘lom avlod” (U.Qo‘chqor so‘zi), “Lola” (I.Muslim
so‘zi), “Majnuntol” (I.Jiyanov so‘zi) va boshqalar bunga misol bo‘la oladi.
30-60-yillar davomida bolalar asarlari tertsiyaviy 2 va 3 ovozli bo‘lsa, 70-80-yillarga
kelib folklorga qaytish, bolalar qo‘shiqlarini ko‘p
ovozda kuylash, xalq polifoniyasi
elementlaridan
foydalanish, bolalar musiqasiga ko‘p ovozli garmonik elementlar kiritildi. Shu
tarzda bolalar xor musiqasi rivojlanib yangi janrlar yaratila boshladi. Shu yillarda bolalar uchun
xor syuitalari, kantatalar hamda operalar yaratiladi. 60-70 yillarning
oxiriga kelib bolalar
qo‘shiqlari vokal- simfonik va vokal sahna janrlari kabi yirik shakllardagi darajaga ko‘tarildi.
XULOSA
Shu tarzda bolalar xor madaniyati rivojlanib boradi. Biz o‘zbek kompozitorlarning
qo‘shiqlari mazmunini o‘quvchilarga gapirib , suhbat o‘tkazib Ona vatan haqida, kelajak haqida,
har
xil hunarlar haqida, tabiat haqida, albatta o‘quvchilarni orzulari,
kelajakdagi ishlarga
intilishining ulkanligi haqida o‘zbek kompozitorlari qo‘shiqlari orqali bolalarni vatanni va vatan
obro‘sini asrash kabi ichki xis tuyg‘ularni tarbiyalaymiz.
REFERENCES
1. O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. T.: 2006.y.
2. Mansurova G.Sh., Xorshunoslik va xor jamoalari bilan ishlash. T.: 2008.y.
3. Qodirov R.G‘., Musiqa psixologiyasi. T.: 2018.y