O‘zbekiston kompozitorlari ijodida bolalar qo‘shiqlari shokarimov O‘ktamjon Ibragim o‘g‘li




Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana05.02.2024
Hajmi0,61 Mb.
#151698
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
o-zbekiston-kompozitorlari-ijodida-bolalar-qo-shiqlari

 
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
326 
“Sumalak” (T.Bahromov so‘zi), “Ayyomlaring muborak” va “Norin daryo” (T.Sodiqova so‘zi), 
“Bahor” (Z.Azimova so‘zi), “Muallim” (Y.Shomansur so‘zi), “Toy bola” (Qambar Ota so‘zi). 
Ko‘p qismli xor asarlari: “Chitti gul” vokal xoreografik syuitasi (N.Karim so‘zi), “Assalom, 
hayot” kantata (T.Ilhomov so‘zi), “«Bu gulshan soz ekan” bolalar xalq termalari asosida vokal-
xoreografik syuita qayta ishlangan. Bulardan tashqari, kompozitor maktabgacha yoshdagi bolalar 
uchun ham qo‘shiqlar yaratdi. 
Kompozitorlikning keying avlodi A.Mansurov nomi bilan bog‘liq bo‘lib, u bolalar va 
yoshlarning ijro dasturiga o‘zining uslubini olib kirdi. Ushbu kompozitor tomonidan yozilgan 
juda ko‘plab qo‘shiqlarning ritmik, garmonik tuzilishlari hozirgi zamonda ham o‘z jozibasini 
yo‘qotmay kelmoqda. «Bulbulcha» bolalar xor va raqs ansambli ijrosida yangragan “Quyosh 
bilan suhbat”, “Kel, baxt kuyin kuylaylik”, “Oq kabutarning parvozi” (T.Komilov so‘zlari), “Hur 
respublikam”, “Muzqaymoq”, “Shahrim-faxrim”, “Tomchilar qo‘shig‘I”, “Baxtli bolalik” 
(X.Qayumov so‘zlari), “Uch baho”, “Dangasa”, “Dakan xo‘roz”, “Quvnoq bolalar”, “Qo‘shig‘im 
jon qo‘shig‘im”, “Ming assalom ustozlar”, “Bol arilar” (P.Mo‘min so‘zlari), “O‘zbekiston 
salomi”, “Jonajon kapalak” (X.Muhammad so‘zlari), “O‘zbekiston onajon!” (A.Ko‘chimov 
she’ri), “Kitob mening do‘stimsan” (Z.Diyor she’ri), “Bulbulcha qo‘shig‘I” (T.Mullaboyev 
so‘zi), “Qo‘g‘irchog‘im o‘yinchoq” (M.Qahhorov so‘zi), “Samolyot”, “Mashinam” (B.Isroilov 
so‘zlari), “Biz askarmiz, askarmiz”, “Oftobjonim-o‘rtoqjon”, “Teraklarim-tollarim” (Q.Ota 
so‘zlari), kabi 100 dan ortiq qo‘shiqlari mashhur bo‘lib, bolalar qo‘shiqchiligining rivojlanishida 
juda kata o‘rin egallaydi.
Dilorom Omonullayevaning ijodiy faoliyatida zamonaviy estrada qo‘shiqchilik san’ati 
ustuvor turadi. U U.Azimov, Z.Obidov, J.Jabborov, Y.Mirzo, P.Mo‘min, U.O‘tayev, M.Omon, 
B.Rajab, N.Narzullayev, Y.Suyunov, E.Madrahimov, Z.Mo‘minova, H.Xudoyberdiyeva kabi 
shoirlarning so‘zlariga, turli mavzularda 100 dan ortiq qo‘shiqlar yaratdi. Ular orasida “Men seni 
hech kimga bermayman”, “Yomg‘ir yog‘di”, “Saraton”, “Siz yoqqansiz menga hamisha”, “Ikki 
daraxt”, “Sen qaydasan”, “Azizim”, “Baxtiyorim”, “Yashnayver, O‘zbekiston”, “Qora atlas”, 
“Armon bo‘lmasin”, “Ko‘nglim qushi qo‘lingda”, “Yig‘lama”, “Yolg‘on dunyo”, “Otash 
zamon”, “Bilsang edi” va boshqalar estrada xonandalari K.Razzoqova, K.Qayumov, 
M.Oynaqulova, A.Rahimova, R.Bo‘ronova, aka-uka Saidoripovlar ijrolarida mashhur bo‘ldi. 
Kompozitor turli yoshdagi bolalar uchun ham ko‘p qo‘shiqlar bastaladi. Uning qo‘shiqlari 
teleradio to‘lqinlarida doimo yangrab kelmoqda: 1994-yili shoira Nodira g‘azallariga 2 ta romans 
yozdi. 
Dilorom Omonullayeva musiqa san’atining boshqa janr va shakllarida asarlarni yaratdi. 
1985-1993-yillarda “Kichkintoylar uchun musiqa” bolalar bog‘chalari uchun 20 ta qo‘shiq va 30 
ta raqs kuylari kiritilgan to‘plam; 1992 yili “Topishmoq aytishuv” 6 ta qo‘shiqdan iborat turkum, 
shoir P.Mo‘min she’rlariga bog‘cha bolalari uchun va xuddi shunday “Topishmoq qo‘shiqlar” 10 
ta qo‘shiqdan iborat turkum; 1994-yili “Alifbo qo‘shiqlari” birinchi sinf uchun lotin alifbosining 
har bir harfiga 30 ta qo‘shiq to‘plami P.Mo‘min she’rlariga yozilgan. Zikr qilingan asarlarni 
O‘zbekiston Teleradiokompaniyasining “Bulbulcha” xor jamoasi simfonik-estrada orkestri 
jo‘rligida ijro etib keladi. Shu bilan birga ularning klavirlari nashr etilgan. Shuning qatorida 
kompozitorning vatanparvarlik mavzusida yaratilgan “Zarralari zar vatan”, “Tug‘ilgan kuning 
muborak bo‘lsin” (J.Jabborov she’rlari); “Bir-biringni asra, O‘zbegim” (S.To‘ychiyeva she’ri), 
“Sen mening vatanimsan” (X.Davron she’ri), 30 dan ortiq qo‘shiqlari Respublika tanlovlarida
davlat tadbirlarida keng ijro etib kelinmoqda. 


 
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
327 
Muhammad Otajonov bolalar uchun ko‘plab xor qo‘shiqlarini yaratdi. Turli shoirlarning 
she’rlariga “Assalom”, “Beozor musicha”, “Chumchuq”, “Onajon”, “Kulishlaring”, “Oltin 
vodiy”, “Bola aziz”, “Polvonman” va boshqalar. Buxoro shahrida o‘tkazilgan Respublika bolalar 
xor jamoalarining ko‘rik-tanlovida, O‘zbekiston xalq artisti, dirijyor Shermat Yormatov 
rahbarligida 5000 ta bolalardan iborat qo‘shma xor ijrosida Muhammad Otajonovning 
“O‘zbekistonim” (Qambar ota so‘zi) va “Navro‘zjon” (Z.Mo‘minova so‘zi) qo‘shiqlari ikkinchi 
darajali sovringa sazovor bo‘ldi. 

Download 0,61 Mb.
1   2   3   4   5   6




Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston kompozitorlari ijodida bolalar qo‘shiqlari shokarimov O‘ktamjon Ibragim o‘g‘li

Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish