O‘zbekiston kompozitorlari ijodida bolalar qo‘shiqlari shokarimov O‘ktamjon Ibragim o‘g‘li




Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana05.02.2024
Hajmi0,61 Mb.
#151698
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
o-zbekiston-kompozitorlari-ijodida-bolalar-qo-shiqlari

TADQIQOT NATIJALARI 
60-yillardan boshlab bolalar uchun nashr etilgan qo‘shiqlar to‘plamlari soni sezilarli 
darajada oshdi. O‘quv qo‘llanmalar, xrestomatiyalar, umumta’lim maktablari uchun darsliklar 
paydo bo‘la boshladi, ularda bolalar qo‘shiqlari asosiy o‘quv materiali bo‘lib qoldi. 
O‘zbekistonda bolalar qo‘shiq san’atining rivojiga maxsus tashkil etilgan bayramlar, festivallar, 
tanlovlar, konsertlar katta yordam berdi. “Qo‘shiq bayrami”, “Bolalar musiqasi haftaligi”, 
“San’at bayrami” ko‘rik-tanlovi va boshqalar shular jumlasidandir. O‘zbekiston kompozitorlari 
va bastakorlari uyushmasining bolalar musiqasi sho‘’basida bolalar qo‘shiqlarini targ‘ib ishlari 
faollashdi. Respublika radio va televedinyasida maxsus eshittirishlar, ko‘rsatuvlar, dasturlar 
tayyorlanib, namoyish etila boshlandi. Kompozitorlar bolalar uchun ajoyib she’rlar yaratuvchi 
Uyg‘un, G‘.G‘ulom, A.Raxmat, I.Muslim, P.Mo‘min, Q.Muhammadiy, Z.Diyor, Mirtemir, 
T.To‘la, N.Orifjonov, O‘.Rashid, H.Qayum, Q.Hikmat va boshqa shoirlar bilan ijodiy aloqalar 
o‘rnatdilar. Bolalar qo‘shiqlari sohasida faol ish olib borgan kompozitorlar qatoriga 
S.Hayitboyev, T.Toshmatov, S.Varelas, A.Berlin, S.Abramova, E.Shvarts, Sh.Yormatov, 
K.Kenjayev kabi bir qator iqtidorli mualliflar kelib qo‘shildilar. O‘sha davrda O‘zbekiston 
kompozitorlari uchun yangi sahifa ochildi. 


 
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
325 
Yetuk kompozitor Komil Kenjayev ham bolalar uchun 100 ga yaqin turli shoirlarning 
she’rlari qo‘shiqlar: “O‘zbekiston bolalarimiz”, “Yoshlar qo‘shig‘i”, “Kelajak bizniki”, “Biz 
tinchlik uchun”, “Ukamizni boqamiz”, “Bizlar xat yozishamiz”, “Kimki bo‘lsa yig‘loqi”, 
“Beshga teng birinchi”, “Fizkultura-tanga rohat”. 
Shu yillarning boshida bolalar qo‘shiqlarida zamonaviy usullar paydo bo‘la boshladi. 
Ushbu jarayon ayniqsa kompozitorlar N.Norxo‘djayev, Sh.Yormatov kabilarda namoyon 
bo‘ladi. Kompozitorlar bolalar uchun vokal xor syuitalari va kantatalar yarata boshlaydilar. Har 
bir kompozitorlar xalq qo‘shiqlariga, folklorga murojaat qiladilar. Asar ohanglarida ritmik 
talaffus, kuychanlik xarakter bilan hamohang bo‘ladi. 
Nadim Norxo‘jayevning ijodida qo‘shiq ustuvor ahamiyat kasb etadi. U zamondosh 
shoirlar bilan hamkorlikda, turli mavzularda, 130 dan ortiq estrada, 100 dan ortiq bog‘cha 
bolalari va maktab o‘quvchilariga qo‘shiqlar yaratdi. Bastakorning bolalar uchun 1975 yilda 
yozgan «Hakkalar» (N.Orifjonov so‘zi) ilk estrada qo‘shig‘i endigina tashkil topgan «Paxtaoy» 
nomli bolalar estrada-vokal cholg‘u ansambli ijrosida mashhur bo‘lib ketdi. Bundan ilhomlangan 
kompozitor bolalar va o‘spirinlar uchun ko‘plab qo‘shiqlar yaratdi. «Yaxshi bola», «Oltin 
paxtam, oppog‘im», «Salom bergan bolalar», «Yulduzlarmiz, yulduzlar», «Xoh o‘qishda, xoh 
ishda», « Gullar manim kulganim», «Bog‘cha opa, bo‘lmang xafa», «Kitob qo‘limda», «Bobo 
xo‘roz», «Xumo qushi», «Varragim», «Olmalar» (P.Mo‘min so‘zlari); «Gijinglagan 
toychog‘im», «Sayyoraxon», «Kichik chegarachi» (M.Abdushukurova so‘zlari) shular jumladan, 
O‘sha paytdagi O‘zbekiston teleradiokompaniyasi qoshidagi «Bulbulcha» bolalar xori 
uchun ham ko‘pgina qo‘shiq yaratib berdi. Ular orasida: «Eng maza, eh maza», «Yod olamiz, 
shodlanamiz», «O‘ynasangchi, tipratikan» (P.Mo‘min so‘zi), jo‘rsiz xor uchun 7 qismli, shoir 
A.Muxtor so‘ziga bolalar xori uchun «Hafta» kantatasi; shoir E.Vohidov so‘ziga «Daraxtlar 
suhbati» xor syuitasi yoki o‘zbek xalq qo‘shiqlarini xor uchun qayta ishlagan: «Pashsha g‘ing-
g‘ing», «Bozor bayrami», «Chuchvara qaynaydi», 1993 yilda R.Tolib so‘ziga kichkintoylar 
uchun yozgan to‘plamga quyidagi qo‘shiqlar kiritildi: «Halima va Salima», «Birinchi qor», 
«Toshbaqa», «Shalola», «Qilichmi, to‘qmoq», «Bir, ikki, uch...», «Shamoljon», «Dangasa», 
«Soat qo‘shig‘i». Bularning hammasi bolalarni ma’naviy-estetik tarbiyalashda muhim rol 
o‘ynamoqda. 
Kompozitor Shermat Yormatovning ijodida ham qo‘shiq janri ustuvor bo‘lib, o‘tgan 
yillar davomida ko‘plab shoirlar bilan hamkorlikda turli mavzularda o‘zi rahbarlik qilgan 
jamoalarga, yakka xonandalarga atab qo‘shiqlar, syuita, kantatalar yaratdi. Misol sifatida 
ayrimlarini eslatib o‘tamiz: jo‘rsiz (akapella) va jo‘rli xor qo‘shiqlari - “Qor yog‘ar” (B.Isroil 
so‘zi), “Qari chumchuq chaqimchi” (A.Obidjon so‘zi), “Yalpiz” (Yu.Shomansur so‘zi), 
“Dorboz” (T.Bahromov so‘zi), “Maysa” (R.Tolipov so‘zi), “Salom, maktab” va “Ona tuproq” 
(P.Mo‘min so‘zlari), “Keldi navro‘z” (A.Isoqov so‘zi), “Ona tilim” (D.Sarimsoqov so‘zi), 
“Islom bobo” (M.Rahmon so‘zi), “Oy Vatanim” va “Zamonim, o zamonim” (Qambar Ota 
so‘zlari), “Ko‘ylak” (Mirmuhsin so‘zi), “Qo‘zichoq” (D.Abdurahmonov so‘zi), “Sog‘lom avlod 
qo‘shig‘i” (S.Barno so‘zi), “Dadamlarga o‘xshasam”, “Temir-tersak”, “O‘ynadik hech 
to‘ymadik”, “Ikki qo‘ymang, o‘qituvchim” va “Bugun yana besh oldim» (P.Mo‘min so‘zlari), 
“Onajonim” (H.Muhammad so‘zi), “Eng chiroyli oy” (T.Ayupanov so‘zi), “Gul fasli”, 
“Barmoqlarim” 
(M.Muhamedov 
so‘zi),
“Nurli avlod” (X.Rahimov so‘zi), “Mehnat qo‘shig‘i” (M.Zayniddinova so‘zi), “Umidjon 
polvon” (R.Shukurov so‘zi), “Xo‘rozim” va “Oymomajon rom bo‘ldi” (Q.Muhammadiy so‘zi), 



Download 0,61 Mb.
1   2   3   4   5   6




Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston kompozitorlari ijodida bolalar qo‘shiqlari shokarimov O‘ktamjon Ibragim o‘g‘li

Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish