O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro muxandislik-texnologiya instituti m. I. Maxmudov, I. X. Sidikov




Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/116
Sana04.01.2024
Hajmi5,14 Mb.
#130014
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   116
Bog'liq
M. Maxmudov - Energiya o`lchash asboblari va boshqaruv tizimlari

3.3. Aylanish tezligini o‘lchash 
Texnikada jismlarning aylanish tezligini o‘lchash juda ko‘p uchraydi. 
Jismlarning aylanish tezligini o‘lchash ular bir minutda necha marta aylanganini 
sanashga asoslangan. 
Aylanish tezligini o‘lchash usullaridan biri bu elektr mashinasini motor emas 
generator rejimida ishlatish. Generatorning o‘qi aylantirilsa u elektr kuchlanish 
ishlab chiqaradi va bu kuchlanishning qiymati generator o‘qining aylanish tezligiga 
proporsional bo‘ladi . Bu proporsionallik aylanishlarning ancha keng diapazonida 
qayd etilgan. Motorlarning ko‘p turlari bo‘lgani kabi, generatorlarning turlari ham 
ko‘p bo‘ladi. Elektr energiya ishlab chiqaruvchi generatorlarni aylanish tezligini 
o‘lchash uchun ishlatiladigan generatorlardan farqlash maqsadida oxirgilar 
taxogenerator nomi bilan atalgan. 
Taxogeneratorlarning konstruksiyasi ayni o‘lchash amalini bajarish 
maqsadida yaratilgan bo‘ladi. Taxogeneratorlar bilan bir qatorda aylanish sensori 
sifatida inkremental enkoderlar ham keng rivojlanib kelmoqda. Bu sensorlar 
impulsli signal shodalarini ishlab chiqaradi va signalning chastotasi aylanish 
tezligiga proporsional bo‘ladi. To‘g‘ri burchakli impulslar shodalarining afzalligi 
shundaki, aylanish tezligiga proporsional bo‘lgan ularning chastotasi bevosita 
raqamli sistemaga kiritilishi mumkin. Sanoatda raqamli boshqarish sistemalari 
rivojlanib borayotgani tufayli bu turdagi aylanish tezligi sensorlarga bo‘lgan talab 
oshib borishi tushunarli. Impulslar shodasini bu sensorlar chiqishida muvofiq 
analog signalga o‘zgartirish kerak bo‘ladi. Bu vazifani mahsus integrator 
sxemalari bajaradi. Ular f / U konvertor deb ataladi. Aylanish tezligini o‘lchashga 
mo‘ljallangan inkremental enkoderlar turli sensorlar bilan turli konstruksiyalarda 
yaratilishi mumkin. Enkoderning konstruksiyasi uni ishlatish joyidagi sharoitga, 
o‘rnatish va servis xizmat ko‘rsatish qulayligiga bog‘liq. Enkoderdan chiqqan 
impulslar shodalari elektron usullarida qayta o‘zgartirilishi mumkin. 
Tezlik sensorlarida chastota aniq vaqt birligida kelgan impulslar sonini 
sanash yo‘li bilan aniqlanadi va shu bilan birga impulslar uzunligini o‘lchash ham
tezlikni aniqlashda ishlatiladi. Bu usul tezligi juda kichik bo‘lgan aylanishlarni 
o‘lchashga qulay. Aylanma xarakatlarning tezligini o‘lchash bilan birga aylanish 
burchagini o‘lchash ham ahamiyatga ega. O‘lchashlarning bu turi siljish masofasi 
va burchaklarni o‘lchash bo‘limida ko‘rib chiqiladi. 

Download 5,14 Mb.
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   116




Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro muxandislik-texnologiya instituti m. I. Maxmudov, I. X. Sidikov

Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish