O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro muxandislik-texnologiya instituti m. I. Maxmudov, I. X. Sidikov




Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/116
Sana04.01.2024
Hajmi5,14 Mb.
#130014
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   116
Bog'liq
M. Maxmudov - Energiya o`lchash asboblari va boshqaruv tizimlari

3.3.1. Uch fazali taxogeneratorlar 
Uch fazali taxogenerator laminat plastinadan yig‘ilgan rotor va mis simdan 
o‘ralgan uch fazali statordan tashkil topgan. Aylanadigan rotor -bu alyuminiy –
nikel- kobalt qotishmasidan ishlab chiqarilgan doimiy magnit. Doimiy magnit 
aylanib, stator o‘ramlarida kuchlanish yaratadi. Stator o‘ramlarining joylashish 
tartibi har birida hosil bo‘lgan kuchlanish bir- biridan 120 ºga farq qilib, uchta 


59 
fazani tashkil qiladi. Uchta fazali stator o‘ramlari bir- biri bilan yulduz sxemasida 
ulanadi. 3.12 – rasmda taxogeneratorning tuzilishi ko‘rsatilgan. 
 
3.11 –rasm. Uch fazali taxogeneratorni tuzilish prinsipi
Taxogenerator chiqishidagi o‘zgaruvchan kuchlanishni o‘zgarmas tok 
signaliga o‘zgartirish uchun uning yuklama tomoniga uch fazali to‘g‘rilagich 
ulanadi ( 3.12 – rasm ). 
3.12 –rasm. Uch fazali o‘zgaruvchan tok taxogeneratorining tuzilishi va ishlash 
prinsipi 
Uch fazali taxogeneratorlarning maksimal aylanish tezligi 10 000 rpm dan oshadi. 
Elektr kontaktlari va ishqalanadigan shchyotkalari bo‘lmagani tufayli bu 
taxogeneratorlarga texnik hizmat ko‘rsatishning hojati yo‘q. Rotordagi permanent 
(doimiy) magnit hosil qilgan aylanuvchi magnit maydon stator o‘ramlarida 
aylanish tezligiga proporsional bo‘lgan kuchlanish hosil qiladi, taxogeneratorda 
boshqa quvvat manba’siga ehtiyoj yo‘q. Taxogenerator chiqishidagi to‘g‘rilangan 
kuchlanishning qiymati faqat rotorning aylanish tezligiga bog‘liq, aylanish 
yo‘nalishidan qat’iy nazar. 
Misol: TD 3 Thalheim uch fazali taxogeneratori tavsifi 
Uch fazali taxogenerator unga ulangan uch 
fazali to‘g‘rilagich ko‘prigi bilan. 
Yuklama yo‘q 
bo‘lgandagi 
chiqish 
kuchlanishi 
o‘zgarmas kuchlanish 30 V ± 3 % 
(1000 rpm da) 
Chiziqlilik xatosi
1 % 


60 
Chiziqlilik 
xatosining 
kamaytirilgan 
qiymatlari 
± 0,1 % 100 rpm ≤ n ≥ 1000 rpm 
Aylanish yo‘nalishi 
revers ( ikki tomonga ) 
Chiqish signalining qutbi
aylanish yo‘nalishiga bog‘liq emas 
Maksimal tezligi
8000 rpm 
3.13 – rasm. TD 3 Thalheim taxogeneratorining xarakteristikalari.Mahsus 
turlarining chiqish kuchlanishlari to‘g‘rilagichsiz 3 x 22,5 V ga teng. 
Uch fazali taxogeneratorlar to‘g‘rilagichlari bilan aylanish tezligini o‘lchash 
bilan birga chiqish signalidan aylanish yo‘nalishini aniqlash zarur bo‘lsa, bu 
vazifani bajara olmaydi. Bu vazifani bajarish uchun taxogenerator ishlab 
chiqaruvchilari mahsus qutb o‘zgartgichlarini yaratganlar. Bu qurilma 
taxogenerator aylanish yo‘nalishini o‘zgartirganda chiqishidagi o‘zgarmas 
kuchlanishning qutbini o‘zgartiradi. Lekin bunday taxogeneratorlarning aylanish 
tezligi chegaralangan, chunki aylanish yo‘nalishini aniqlash signali hosil bo‘lishiga
ma’lum vaqt sarflanadi, buning uchun rotor kam deganda chorak aylanaga 
burilishi kerak bo‘ladi. Taxogenerator xarakteristikalarining boshlanish qismida 
chiziqlilikdan chekinishni ko‘rishimiz mumkin (3.13-rasm). 
Xarakteristikadagi bu nochiziqlikni elektron sxemalar yordamida kamaytirib 
, ideal xarakteristikaga erishish mumkin. Xarakteristikadagi nochiziqlilik ayniqsa 
kichik, 1 rpm dan kam, tezliklarda namoyon bo‘ladi. 

Download 5,14 Mb.
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   116




Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro muxandislik-texnologiya instituti m. I. Maxmudov, I. X. Sidikov

Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish