63
Bu impulslarning uzunligi ular sensorni kesib o‘tishga ketgan vaqtdan kichik
bo‘lishi kerak.Chastota – kuchlanish o‘zgartgichida impulslar integrator sxemasida
yig‘ilgan o‘zgarmas tok manba’sini boshqaradi.Integrator chiqishidagi kuchlanish
kirishiga kelgan impulslar orasidagi vaqtga proporsional bo‘ladi.Shuning uchun
vaqt birligida kelgan impulslar soni integratorning chiqish kuchlanishiga
proporsional bo‘ladi.Bu kuchlanish integratorning 4 – terminalidan olinadi.
Kuchlanishda mavjud bo‘lgan pulsatsiyalarni S2 kondensatori tekislaydi,
lekin bu o‘zgartgichni chastota o‘zgarishlariga bo‘lgan reaksiyasini pasaytiradi
O‘zgartgich sxemasidagi elementlar uning A2 chiqishidagi maksimal kuchlanish
kirishidagi impulslar chastotasi 10 kHz bo‘lganda erishilishini ta’minlaydi. C4, R5
+ R6 va S2 elementlar qiymatlarini o‘zgartirish bilan o‘zgartgichning chastota
diapazonini kengaytirish mumkin.
Juda kichik aylanish tezliklarida impulslar chastotasini ko‘paytirish sxemasi
ishlatilib, chastotani o‘lchash bilan birga impulslar uzunligini ham o‘lchash
mumkin.Bu usul juda kichik tezliklarda aylangan o‘qni bir marotaba aylanishi
ichida to‘g‘rilab turish kerak bo‘lganda juda qulay.
3.18 – rasm. Chiqishidagi signali analogli kuchlanish bo‘lgan inkrementli aylanish
tezligi sensori