55
termometrlarining temperatura 20 K ga o‘zgarganda qarshiligining o‘zgarishi
ko‘rsatilgan.
Qarshilik termometrlari bilan temperatura o‘lchanganda, ularni o‘lchash
qurilmasiga ulash simlari va kontaktlarining qarshiliklari ham o‘lchashlarga xatolik
kiritishi mumkin. Ularning ta’sirini kamaytirish maqsadida turli ulash sxemalari
ishlatiladi.
a) ikki rezistorli qarshilik termometri
b) kichik himoyalovchi qobig‘li
qarshilik termometri
3.7 – rasm. Qarshilik termometrlarining sanoat ishlab chiqargan namunalari
3.8 –rasm. Qarshilik termometrlarining
vaqt xarakteristikasi
3.9 – rasm. Qarshilik
termometrlarini ulash sxemalari
Ikki simli ulash sxemasida sensorning qarshiligi to‘liq ko‘prikli o‘lchash
sxemasi bilan o‘lchanadi. Atrof muhit temperaturasi mo‘’tadil bo‘lganda, uning
ulash simlarining qarshiligiga ko‘rsatgan ta’sirini qarshiligi temperaturaga bog‘liq
bo‘lmagan rezistorlar bilan kompensatsiya qilinishi mumkin. Uch simli ulash
sxemasi ulash simlarini ancha uzaytirishga imkon beradi. Bu sxemada tashqi muhit
temperaturasining ulash simlarining qarshiligiga ko‘rsatgan ta’siri olib tashlangan.
Eng aniq o‘lchash natijasini to‘rt simli ulash sxemasi yordamida olish mumkin. Bu
sxemada sensorga manba berish zanjirlari bilan qarshiligini o‘lchash zanjirlari
ajratib qo‘yilgan va shu yo‘l bilan o‘lchash natijasiga barcha tashqi ta’sirlar olib
tashlangan (3.9 – rasm).