51
sensorlar)
Induktiv elektromagnit sensorlar
aylanish tezligi / tezlanish / tebranishlar
/ oqim
Elektroximik elektrodlar
pH – ko‘rsatgichi / redoks potensial
Sensorlarning kommutatsiya qilish yoki o‘lchash chegaralarini ko‘rsatish
kabi qo‘shimcha funksiyalari ham grafik belgilarida ifodalanishi mumkin. Ba’zi
sxemalarda sensorlarning funksional vazifasini aniqroq aks ettirish uchun ular
o‘zgartgich belgilari bilan ham ko‘rsatiladi (3.3 – rasm).
Temperatura
Bosim
Chastota
Kuchlanish
Aylanish
tezligi
kuchlanish
kuchlanish
kuchlanish
tok
chastota
3.3 – rasm. Kattalik o‘zgartgichlarining shartli belgilari
Shartli belgilardagi diagonal chiziq ma’lum noelektr kattalikni elektr
kattalikka va, aksincha, elektr kattalikni noelektr kattalikka hamda analog signalni
raqamli va raqamli signalni analog signalga o‘zgartirilishini ko‘rsatadi.
Barcha sensor turlari va ularning ishlash prinsiplarini ko‘rsatish vazifasi
ushbu kitobning maqsadlariga kirmagan.
3.2. Temperaturani o‘lchash
Temperatura termodinamik o‘zgaruvchi kattalik bo‘lib, jismlarning issiqlik
holatini aks ettiradi. Reproduktiv (qayta tiklanuvchi) jarayonlar uning qiymatini
belgilashga asos bo‘lgan. Suvning muzlash va qaynash nuqtalari “°S” Selsiy
temperatura shkalasini yaratishga asos bo‘lgan. Suvning muzlash nuqtasi 0 °S,
qaynash nuqtasi esa 100 °S etib belgilab olingan. Bu shkala yuz gradusli
temperatura shkalasi yoki Selsiy shkalasi deb ataladi.
Jismlarning temperaturaga bog‘liq bo‘lgan hususiyatlari temperaturani
o‘lchash uchun ishlatiladi. Jismlarning issiqlikdan kengayishi suyuqlik va bimetall
termometrlarining ishlashiga, elektr qarshiligining temperaturaga bog‘liqligi elektr
termometrlarning, radiatsiya esa pirometrlarning ishlashiga asos qilib olingan.
Metall yoki yarimo‘tkazgich materialidan yaratilgan qarshilik sensorlari va
termojuftlar ishlash prinsipi temperaturani elektr kattalikka o‘zgartirishga
asoslangan sensorlarning eng keng tarqalgani va muhimidir.
Temperaturani o‘lchash uchun ishlatiladigan asboblar elektron blok va
sensordan iborat bo‘ladi. Uning shkalasi temperatura birliklarida kalibrlangan
bo‘ladi. Temperaturani o‘lchash uchun asbobni ishga tushirib, sensorni
temperaturani o‘lchash yeriga kiritilsa bas, natija asbobning displeyida paydo
bo‘ladi. Sensor temperaturasi boshqa bo‘lgan yerga kiritilishi bilan asbob
displeyida natija o‘zgara boshlaydi. Bu asbobning sezgirligiga bog‘liq. 3.4 –
rasmda shunday temperaturani o‘lchash asboblaridan biri keltirilgan.