49
Aksincha, sensor fizik kattalikning bir turini elektr kattalikka o‘zgartirishi
uchun qo‘shimcha energiya manba’i talab bo‘lsa, biz
passiv sensor bilan ishlagan
bo‘lamiz. Rezistiv sensor (potensiometr, NTC/PTC rezistorlar, tenzorezistorlar) ,
fotorezistor, sig‘im sensorlari (o‘zgaruvchan sig‘im va yassi sig‘imlar), induktiv
sensorlar (o‘zakli induktiv g‘altak) va magnit sensorlar (magnit rezistor) passiv
sensorlar kategoriyasini tashkil qiladi.
O‘lchashlarda qo‘llaniladigan sensorlarda o‘z ifodasini topgan eng muhim
fizikaviy effektlar (hodisalar) ro‘yxati 1-jadvalda keltirilgan.
1-jadval
Fizikaviy effekt
Effektni ishlatish sohalari
Qarshilikning o‘zgarishi
potensiometrdan proporsional olish ;
rezistiv
materialning
uzunligini
o‘zgartish ;
rezistiv
materialning
diametrini
o‘zgartirish;
magnit maydoni ta’sirida o‘zgartirish;
isitish ta’sirida o‘zgartirish;
umumiy radiatsiya ta’sirida o‘zgarish;
radioaktiv nurlar ta’sirida o‘zgarish.
Sig‘imning o‘zgarishi
plastinalar
orasidagi
masofani
o‘zgartirish bilan;
plastinalar
yuzasining
maydonini
o‘zgartirish bilan;
dielektrik ta’sirida.
Pezo- elektrik effekt
uzunlikning o‘zgarishi;
shaklning o‘zgarishi.
Induktivlikning o‘zgarishi
induktiv g‘altakning magnit o‘zagining
o‘rni o‘zgarishi;
magnit o‘zakdagi nomagnit tirqish
kengligining o‘zgarishi .
Magnitostriksiya effekti
uzunlikning o‘zgarishi
Maydon effekti; Xoll effekti
magnit maydonning o‘zgarishi
Elektrodinamik effekt harakat;
maydon o‘zgarishi.
Termo-elektrik effekt
temperaturaning o‘zgarishi
Foto – elektrik effekt
umumiy radiatsiya
Sensorlarning ishlash prinsipiga asos bo‘lgan fizikaviy hodisa bilan birga
aniq sensor qanday kattalikni o‘lchash uchun ishlatilishi ham ahamiyatga ega.
2-jadvalda passiv sensorlar va 3-jadvalda aktiv sensorlar va muvofiq
o‘lchanadigan kattaliklar ro‘yhati keltirilgan.
2-jadval