43
2.8 – rasm. Tok va kuchlanishni bir vaqtda o‘lchash
Birinchi (a ) sxemada kuchlanish o‘lchash ob’ekti bo‘lgan rezistordan
bevosita olinadi. Ampermetr o‘lchagan tok I
M
o‘lchangan ob’ekt orqali oqib
o‘tgan tok I
R
va voltmetr orqali oqib o‘tgan I
error
toklarining yig‘indisini tashkil
qiladi. Voltmetrning ichki qarshiligi qancha katta bo‘lsa, tokni o‘lchash xatoligi
shuncha kam bo‘ladi.
Ikkinchi ( b ) sxemada voltmetr orqali oqib o‘tgan tok qiymati o‘lchanmaydi,
lekin ampermetrdan tok oqib o‘tib, hosil qilgan kuchlanish tushuvi ob’ektdagi
kuchlanish bilan birga voltmetrda o‘lchanadi.
Agar o‘lchash aniqligini ta’minlash uchun xatolik e’tiborga olinadigan bo‘lsa,
birinchi sxemani tanlagan ma’qul, chunki voltmetrning qarshiligi aniq bo‘ladi,
ampermetrning ichki qarshiligi ko‘p hollarda noma’lum bo‘ladi. Bundan tashqari
tashqi muhitning harorati ampermetrga nisbatan voltmetrga kamroq ta’sir
ko‘rsatadi.