• 2.2. Tokni o‘lchash
  • O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro muxandislik-texnologiya instituti m. I. Maxmudov, I. X. Sidikov




    Download 5,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet31/116
    Sana04.01.2024
    Hajmi5,14 Mb.
    #130014
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   116
    Bog'liq
    M. Maxmudov - Energiya o`lchash asboblari va boshqaruv tizimlari

     
    2.4 – rasm.  Impulsli o‘zgaruvchan kuchlanishlarning shakl faktorlari 
    To‘g‘rilagichlar o‘lchash zanjirlariga nochiziqlik kiritadi. Bunday holat kichik 
    qiymatlardagi o‘zgaruvchan kuchlanishlarni o‘lchashda natijaga ancha xatolik 
    kiritadi. Bundan tashqari kuchlanishning chastotasi ham qo‘shimcha xatolik 
    kiritishi mumkin. Multimetrlarda o‘zgarmas va o‘zgaruvchan kuchlanishlarni 
    o‘lchash uchun alohida shkalalar mavjud bo‘ladi va o‘zgaruvchan kuchlanishning 
    chegara chastotasi belgilanadi.
    Nochiziqli o‘zgaruvchan kuchlanishlarni o‘lchash uchun termoo‘zgartgichli 
    o‘lchash asboblari ham ishlatiladi. Bunda o‘zgaruvchan kuchlanishning ta’sir 
    etuvchi qiymati bevosita o‘lchanadi. Bunday o‘lchash prinsip 2.5 – rasmda 
    keltirilgan. O‘zgaruvchan yoki aralash shakldagi kuchlanish muvofiqlashtirilgan 
    kuchaytirgich orqali isitish elementiga beriladi. Kuchlanish hosil qilgan issiqlik 
    termoo‘zgartgich yordamida muvofiq kuchlanishga o‘zgartiriladi. Bu kuchlanish 
    boshqaruv modulida o‘zgarmas kuchlanish bilan solishtiriladi. O‘zgarmas 
    kuchlanish ham ikkinchi isitish elementiga berilib, uning harorati ham o‘lchanadi. 
    Boshqaruv moduli ikki harorat farqini aniqlab, unga muvofiq signal yaratadi. Bu 
    signal isitish elementiga berilgan kuchlanishni boshqaradi va shu yo‘l bilan
    solishtirish zanjiridagi haroratni o‘lchash zanjiridagi harorat bilan tenglashtiradi. 
    Shunda o‘lchash va solishtirish zanjirlarida hosil bo‘lgan issiqlik quvvatlari 
    muvofiqlashadi. 
    O‘zgarmas kuchlanishning qiymati U_ o‘zgaruvchan 
    kuchlanishning ta’sir etuvchi (r.m.s.) qiymati U~ ga teng bo‘ladi. 
    2.5 – rasm. Issiqlik o‘zgartgichi yordamida o‘zgaruvchan kuchlanishni o‘lchash 


    41 
    2.2. Tokni o‘lchash 
    Tokni magnitoelektrik mexanizmli o‘lchash asbobi bilan o‘lchansa mexanizm 
    o‘zgarmas tokni to‘g‘ri ko‘rsatadi. O‘zgaruvchan tokni shu turdagi asbobda 
    o‘lchansa, o‘lchash mexanizmi tokning o‘rtacha arifmetik qiymatini ko‘rsatadi. 
    Shuning uchun albatta to‘g‘rilagich ishlatilishi kerak. O‘zgaruvchan tok uchun 
    asbobning shkalasi tokning r.m.s. (effektiv) qiymatlarida graduatsiyalanadi, 
    chunki o‘lchash mexanizmi o‘zgaruvchan tokning effektiv qiymatini o‘lchaydi. 
    Shunda tok sinusoidal shaklda bo‘lishi shart. Multimetrlarda o‘zgarmas va 
    o‘zgaruvchan toklar uchun odatda yagona shkala ishlatiladi. Tokning chastotasiga 
    ham albatta chegara qo‘yiladi. O‘lchash mexanizmiga rezistorlarni parallel ulash 
    yo‘li bilan asbobning tokni o‘lchash diapazonini o‘zgartirish mumkin. Bunday 
    rezistorlar metrologiyada “shunt rezistorlari” yoki “shuntlar” deb ataladi. 
    Multimetrlarda o‘lchash mexanizmiga ulangan bir necha shuntlar doim mavjud 
    bo‘ladi. Faqat eng kichik tok qiymati – o‘lchash mexanizmining nominal toki –
    50 μA bevosita unga beriladi. 
    Multimetrlarda o‘lchash diapazoni shunt va qo‘shimcha qarshiliklarni turli 
    kombinatsiyada ulash bilan o‘zgartiriladi. 2.6 – rasmda shunday zanjirlar 
    ko‘rsatilgan. Bunday zanjirlarni hisoblash, o‘lchash mexanizmiga parallel ulangan 
    shunt rezistorlari bilan birga ketma-ket ulanadigan qo‘shimcha qarshiliklar ham 
    ulanishi zarur bo‘lgani sababli, ma’lum mushkullik tug‘diradi. 

    Download 5,14 Mb.
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   116




    Download 5,14 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro muxandislik-texnologiya instituti m. I. Maxmudov, I. X. Sidikov

    Download 5,14 Mb.
    Pdf ko'rish