|
O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro muxandislik-texnologiya instituti m. I. Maxmudov, I. X. SidikovBog'liq M. Maxmudov - Energiya o`lchash asboblari va boshqaruv tizimlariTo`g`rilik - o`lchash natijalaridagi muntazam xatoliklarning nolga
yaqinligini bildiruvchi sifat mezoni.
Mos keluvchanlik - bir xil sharoitlardagi o`lchashlarning natijalarini bir-
biriga yaqinligini bildiruvchi sifat mezoni. Odatda, o`lchashlarning mos
keluvchanligi tasodifiy xatoliklarning ta`sirini ifodalaydi.
Qaytaruvchanlik - ushbu mezon har xil sharoitlarda (turli vaqtda, har xil
joylarda, turli usullarda va vositalarda) bajarilgan o`lchashlarning natijalarini bir-
biriga yaqinligini bildiradi.
O`lchash xatoligi - o`lchash natijasini chinakam (haqiqiy) qiymatdan
chetlashuvini (og`ishuvini) ifodalovchi o`lchashning sifat mezoni.
O`lchash xatoliklari, ularning tabaqalanishi
O`lchash xatoliklari turli sabablarga ko`ra turlicha ko`rinishda namoyon
bo`lishi mumkin. Bu sabablar qatoriga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:
– o`lchash vositasidan foydalanishda uni sozlashdan yoki sozlash darajasini
siljishidan kelib chiquvchi sabablar;
– o`lchash ob`ektini o`lchash joyiga (pozisiyasiga) o`rnatishdan kelib chiquvchi
sabablar;
– o`lchash vositalarining zanjirida o`lchash ma`lumotini olish, saqlash,
o`zgartirish va tavsiya etish bilan bog`liq sabablar;
– o`lchash vositasi va ob`ektiga nisbatan tashqi ta`sirlar (temperatura yoki
bosimning o`zgarishi, elektr va magnit maydonlarining ta`siri, turli tebranishlar
va hokazolar) dan kelib chiquvchi sabablar;
– o`lchash ob`ektining xususiyatlaridan kelib chiquvchi sabablar;
– operatorning malakasi va holatiga bog`liq sabablar va shu kabilar.
O`lchash xatoliklarini kelib chiqish sabablarini tahlil qilishda eng avvalo
o`lchash natijasiga salmoqli ta`sir etuvchilarini aniqlash lozim bo`ladi.
O`lchash xatoliklari u yoki bu xususiyatiga ko`ra quyida keltirilgan turlarga
bo`linadi:
I. O`lchash xatoliklari ifodalanishiga qarab quyidagi turlarga bo`linadi:
59
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro muxandislik-texnologiya instituti m. I. Maxmudov, I. X. Sidikov
|