34
1.5.O`lchashlarning sifat mezonlari.
Har bir narsaning sifati bo`lganligi kabi o`lchashlarning ham sifati va uning
mezonlari mavjud. Bu mezonlar o`lchashlardagi asosiy tavsiflarni ifodalaydi. Bu
mezonlar qatoriga quyidagilar kiritilgan:
Aniqlik - bu mezon o`lchash natijalarini kattalikning chinakam qiymatiga
yaqinliligini ifodalaydi. Miqdor jihatdan aniqlik nisbiy xatolik moduliga teskari
tarzda baholanadi. Masalan, agar o`lchash xatoligi 10
-3
bo`lsa, uning aniqligi 10
3
bo`ladi yoki boshqacha aytganda, qanchalik aniqlik yuqori darajada bo`lsa,
shunchalik, o`lchash natijasidagi muntazam va tasodifiy xatoliklar ulushi kam
bo`ladi.
Ishonchlilik - o`lchash natijalariga ishonch darajasini belgilovchi mezon
hisoblanadi. O`lchash natijalariga nisbatan ishonchlilikni ehtimollar nazariyasi va
matematik statistika qonunlari asosida aniqlanadi. Bu esa konkret holat uchun
xatoligi berilgan chegaralarda talab etilgan ishonchlilikdagi natijalarni olishni
ta`minlovchi o`lchash usuli va vositalarini tanlash imkonini beradi.