O`lchash asboblarining metrologik tavsiflari




Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/116
Sana04.01.2024
Hajmi5,14 Mb.
#130014
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   116
Bog'liq
M. Maxmudov - Energiya o`lchash asboblari va boshqaruv tizimlari

O`lchash asboblarining metrologik tavsiflari. Odatda o`lchash asbobi 
olinadigan natijaga kirituvchi xatoligini oldindan belgilash uchun xatolikning 
me`yorlangan qiymatidan foydalaniladi. Xatolikning me`yorlangan qiymati 
deganda berilgan o`lchash vositasiga tegishli bo`lgan xatolikni tushunamiz. 
Alohida olingan o`lchash vositasining xatoligi har xil, muntazam va tasodifiy 
xatoliklarining ulushi esa turlicha bo`lishi mumkin. Ammo, yaxlit olib qaralganda 
o`lchash vositasining umumiy xatoligi me`yorlangan qiymatdan ortib ketmasligi 
kerak. Har bir o`lchash asbobining xatoliklarini chegarasi va ta`sir etuvchi 
koeffisientlar haqidagi ma`lumotlar asbobning pasportida keltirilgan bo`ladi. 
O`lchash asboblari ko`pincha yo`l qo`yilishi mumkin bo`lgan xatoligi 
bo`yicha klasslarga bo`linadi. Masalan: elektromexanik turidagi ko`rsatuvchi 
asboblarda standart bo`yicha quyidagi aniqliklar ishlatiladi: 

a.k
 

0,02; 0,05; 0,1; 0,2; 0,5; 1; 1,5; 2,5; 4

 
Odatda, asboblarning aniqlik klasslari asbobning shkalasida beriladi va 
ularning keltirilgan xatoligini bildirib, quyidagicha bog`langan bo`ladi 

a.k
=

k max

k
;


a.k
 =

k max

k
=

/A
x max 
Agar o`lchash asbobining shkalasidagi aniqlik klassi aylana bilan 
chegaralangan bo`lsa, masalan 1,5, u holda bu asbobning xatoligi shkala oxirida 
1,5 % ga tengligini bildiradi. 
Agar o`lchash asbobining aniqlik klassi chiziqchasiz bo`lsa, u holda aniqlik 
klassi raqami keltirilgan xatolikning qiymatini bildiradi. Lekin bir narsani 
unutmaslik lozim, agar asbob, masalan ampermetr keltirilgan xatolik bo`yicha 0,5 
klass aniqligiga ega bo`lsa, uning barcha o`lchash diapazoni oralig`idagi xatoliklari 
±0,5% dan ortmaydi deyishlik xato bo`ladi. Chunki, bu turdagi asboblarda 
shkalaning boshlanishiga yaqinlashgan sari o`lchash xatoligi ortib boraveradi. Shu 
sababdan bunday asboblarda shkalaning boshlang`ich bo`laklarida o`lchash tavsiya 
etilmaydi. 
Agar asbobning shkalasida aniqlik klassi yonbosh kasr chizig`i bilan 
berilgan bo`lsa, masalan, 0,02/0,01 u holda asbobning shkalasining oxiridagi 
xatoligi ±0,02 % shkalaning boshida esa ±0,01 % ekanligini bildiradi. 

Download 5,14 Mb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   116




Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O`lchash asboblarining metrologik tavsiflari

Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish