33
Xususiy energiya sarfi o`lchash asbobining
tizimiga va konstruktiv
ishlanishiga bog`liq bo`lib, ayniqsa, kichik quvvatli zanjirlarda o`lchashlarni
bajarishda juda muhimdir.
Ishonchliligi (chidamliligi) – o`lchash vositasining ma`lum o`lchash
sharoitida, belgilangan vaqt mobaynida o`z metrologik xususiyatlarini
(ko`rsatkichlarini) saqlashidir. Bu ko`rsatkichlarni
chegaradan chiqib ketishi
asbobni layoqatligi pasayib ketganligidan dalolat beradi. O`lchash asbobining
ishonchliligi, odatda, buzilmasdan ishlash ehtimolligi
bilan baholanadi va
taxminan quyidagicha topiladi.
= n / n
um
,
bu yerda
n- ishonchlilikka sinalgan asboblar soni;
n
um
- umumiy (ko`p seriyali) ishlab chiqarilgan asboblar soni.
O`lchash asboblarining klassifikasiyasi.Quyidagi jadvalda hozirda
ishlatilib kelinayotgan va chiqarilayotgan o`lchash
asboblarining guruhlari
keltirilgan. Odatda, o`lchash asboblarining nomida ushbu guruh va modifikasiya
tartib raqamlari berilgan bo`ladi:
1.5-jadval