37
II -BOB. ELEKTR O‘LCHASHLAR
2.1. Kuchlanishni o‘lchash
O‘zgarmas kuchlanishni o‘lchash. O‘zgarmas kuchlanishni o‘zgarmas
magnit maydonida harakatlanuvchi sim ramkali magnitoelektrik
asbobi bilan
bevosita o‘lchash mumkin. Bunda faqat kuchlanishning qutblariga ahamiyat berilsa
bas. Magnitoelektrik asbobning o‘zi nisbatan kichik bo‘lgan
kuchlanishlarni
o‘lchash uchun mo‘ljallangan. Kattaroq kuchlanishlarni o‘lchash uchun
kuchlanishni ketma- ket ulangan qarshiliklardan yig‘ilgan kuchlanish bo‘luvchisida
pasaytirish zarur bo‘ladi.
2.1 – rasmda rezistorlar yordamida asbobning kuchlanishni o‘lchash
diapazonini
kengaytirish sxemasi ko‘rsatilgan.
2.1 –rasm. Kuchlanishni o‘lchash diapazonini kegaytirish (o‘lchash
mexanizmining to‘liq og‘ish kuchlanishi 60 mV)
Juda katta kirish qarshiligiga ega bo‘lgan voltmetrda elektrometrik sxemada
yig‘ilgan operasion kuchaytirgich ishlatilgan. Bunday sxema 2.2. –
rasmda
keltirilgan.
Bu sxemada o‘lchanadigan kuchlanish umumiy qarshiligi R
6
+ R
7
+ R
8
+ R
9
=
10
MΩ bo‘lgan rezistorlarga beriladi. Kuchaytirgichning kirish qarshiligi tanlangan
diapazonga bog‘liq emas. Kuchlanish bo‘luvchisini tashkil qilgan rezistorlar
kuchlanish diapazonini 100
mV, 10
V va 100
V bo‘lishini ta’minlaydi.
O‘lchanadigan
signal R
1
rezistor va S
1
kondensatorda yig‘ilgan past chastotali
filtrdan o‘tib, operasion kuchaytirgichning (OA) FET (field effect transistor)
kirishlariga
tushadi.
Bunday
maydon
effektli
trazistorlarda
yig‘ilgan
kuchaytirgichning kirish sxemasi uning juda katta kirish qarshiligini ta’minlaydi.
Keltirilgan elektrometrik sxemaning kuchaytirish koeffisienti A
U
= R
3
/R
1
= 100 ga
teng.
R
5
trimmeri ( qarshiligi o‘zgaruvchan rezistor) yordamida o‘lchash
mexanizmini to‘liq og‘diruvchi 100
μA tok o‘rnatiladi.
Kuchaytirgichning nol
nuqtasi (kirishidagi kuchlanish nol bo‘lganda) R
4
rezistori yordamida
siljish kuchlanishini o‘zgartirish bilan o‘rnatiladi. Barcha diapazonlarda
kuchaytirgichning kirish qarshiligi R
in
=10
MΩ ga teng.