III-BOB.NOELEKTRIK KATTALIKLARNI ELEKTR




Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/116
Sana04.01.2024
Hajmi5,14 Mb.
#130014
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   116
Bog'liq
M. Maxmudov - Energiya o`lchash asboblari va boshqaruv tizimlari

III-BOB.NOELEKTRIK KATTALIKLARNI ELEKTR 
O‘LCHASH USULLARIDA ANIQLASH 
3.1. Sensor texnologiyalari 
Sensor texnologiyalari iborasi o‘lchashlar va o‘lchangan kattalik qiymatlarini 
o‘zgartirishlarga nisbatan ko‘p hollarda kodlangan signallarga bog‘langan holda 
ishlatiladi. Noelektr va elektr kattaliklarni aniqlash vositalari “pick – up” (olib- 
uzatish) – “sensor” deb ataladi.
Sensor” tushunchasi o‘lchash qurilmasining o‘lchanadigan kattalikning 
qiymatini sezib olib, o‘lchash qurilmasining kirishiga uzatadigan alohida va 
mustaqil qismini bildiradi. 
Biz sensor bu sezgir element bo‘lib, fizik kattalikni bevosita sezib, elektr 
kattalikka o‘zgartirib beradigan qurilma, o‘lchash sensori deb bilardik. Integral 
elektronikaning jadalli rivojlanishi o‘lchash sensori va o‘lchangan kattalik 
qiymatlarini qayta ishlash qurilmasi orasidagi chegarani o‘rnatishni ancha 
mushkullashtirib qo‘ydi. Shu kundagi tushunchada sensor bu o‘lchash sensori, 
interfeys elektronikasi bo‘lishi doim talab etilmaydigan, displeydan tashkil topgan 
yagona o‘lchash qurilmasi deb tushiniladi. Sensorlar turli fizik kattaliklarni sezish 
uchun yaratilgan. Ularda fizik kattalik qiymatining vaqt mobaynida o‘zgarishi 
elektr kattalikning o‘zgarishiga o‘zgartiriladi. Ko‘p hollarda, sensorning chiqish 
kattaligi kuchlanish yoki tok bo‘ladi. Lekin, sensorning chiqishidan kuchlanish 
chastotasi yoki qarshilikning o‘zgarishlarini ham olishimiz mumkin. Sensorning 
ishlash prinsipi 3.1 – rasmda keltirilgan. 
 
3.1 – rasm. Sensorning ishlash prinsipi 
Agar sensor o‘lchash sensori bilan birga olingan signal xatoliklarini 
to‘g‘rilash, linearizatsiya qilish , o‘lchash natijasini hisoblash va tashqi ta’sir 
natijalarini olib tashlash amallarini bajaradigan mikrokontroller bilan butlangan 
bo‘lsa, bunday sensor “ aqlli sensor”, ”intelligent sensor” yoki “smart sensor – 
uddaburon sensor” deb ataladi.
“sensor” iborasining rivojlanishini ko‘rsatadi. 
Noelektr ►noelektr konversiyasi
sensor iborasining tor ma’nodagi 
tushunchasi 
Noelektr ►elektr konversiyasi
pick up ( olib uzatuvchi , datchik ) 


48 
Signilni muvofiqlashtirish, uni olib, 
displeyga chiqarish
sensor iborasining keng ma’nodagi 
tushunchasi 
Sensor + analog/raqam o‘zgartgichi
raqamli sensor 
Raqamli sensor + mikrokontroller
intelligent sensor ( uddaburon sensor )
Mexanik kattaliklarni elektr usullarda o‘lchashning quyidagi afzalliklari bor: 
- Kattalikning o‘lchangan qiymatlari uzoq masofaga uzatilishi mumkin; 
- O‘lchash yeri bilan natijani nazorat qilish joylari boshqa bo‘lishi mumkin; 
- Ko‘p sonli sensorlardan olingan o‘lchash natijalari markazlashgan holda 
qayta ishlanishi mumkin ( kompyuterda); 
- O‘lchash usullari sodda va qimmat emas; 
- O‘lchangan kattalik qiymatlari elektron sxemalarda muvofiqlantirilishi 
mumkin. 
O‘lchangan kattaliklar elektron sxemalarda muvofiqlashtirilishi bilan birga 
boshqa - akustik yoki mexanik kattaliklarga qayta o‘zgartirilishi mumkin. 
Zamonaviy o‘zgargich qurilmalari aktor deb ataladi. Sanoatdagi texnik 
jarayonni nazorat qilish uchun sensor, signallarni muvofiqlashtirish sxemalari 
va aktorlar kerak bo‘ladi (3.2 – rasm ). 
3.2- rasm. Texnik jarayonning ifodasi 

Download 5,14 Mb.
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   116




Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish