• UDK: 69.04 Mualliflar
  • Taqrizchilar
  • O‘zbekiston r e s p u b L i k a s I o L i y va o‘rta m a X s u s t a ’ L i m V a z I r L i g I toshkent arxitektura qurilish instituti




    Download 4.03 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/57
    Sana28.09.2023
    Hajmi4.03 Mb.
    #85362
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57
    Bog'liq
    Qurilish mashinalari.
    1 Davlatimizning yosh avlodni tarbiyalash va sog’lig’ini himoya , Farg‘ona politexnika instituti Yengil sanoat va to’qimachilik fakulteti, 1. Elektr tokning inson organizmiga ta’siri, Медиа силлабус Кундузги 1-курс, Chiniqtirish jurnali yoz mavsumi 2022YIL, exel diagramma, 2 5199924133697163449, \'ishlanma, 96 Мева сабзавотларни сақлаш усуллари (2), 97 Қишлоқ хўжалиги экинлари зарарли организмларига қарши кураш, Kuritish jarayoni ob’ektini avtomatlashtirish, BMI rejalari, Баённома, Abduvahobova Durdona Web dasturlash HTML CSS, Lotin tili va tibbiy farmatsevtik terminologiya asoslari. Israilova M.N



    O‘ZBEKISTON R E S P U B L I K A S I O L I Y VA O‘RTA M A X S U S
    T A ’ L I M V A Z I R L I G I
     
    TOSHKENT ARXITEKTURA QURILISH INSTITUTI 
    [N.Bozorboyev], Xushnazarov Baxodir Toshkenbayevich,
    Sulaymanov Sunnatulla, Yusupov Xamza Ibadovich,
    Xushnazarov Olim Baxodirovich, Ilyasov Allanazar Torexanovich 
     
    QURILISH MASHINALARI 
    5340200 - “ Bino va inshootlar qurilishi“, 5111000 - “Kasb ta’limi (Bino va 
    inshootlar qurilishi), 5340700 - “Gidrotexnika qurilishi (daryo inshootlari va 
    gidroelektrostansiyalar qurilishi)” ta’lim yo‘nalishlari uchun 
    o‘quv qo‘llanma 
    Toshkent-2015 



    UDK: 69.04 
    Mualliflar: [N.Bozorboyev], B.Xushnazarov, S.Sulaymanov,
    X.Yusupov, O.Xushnazarov, A.Ilyasov. 
    “Qurilish mashinalari” o‘quv qo‘llanma. 
    O‘quv qo‘llanmada bino va inshootlarni barpo etishda foydalaniladigan 
    qurilish mashinalari va mexanizmlarini qo‘llash sohalari, tuzilishi va ulardan oqilona 
    foydalanish hamda mashinalarning texnikaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichari bayon etilgan. 
    Qo‘llanma 5340200 - “ Bino va inshootlar qurilishi”, 5111000 - “Kasb ta’limi”
    (Bino va inshootlar qurilishi), 5340700 - “Gidrotexnika qurilishi (daryo inshootlari 
    va gidroelektrostansiyalar qurilishi)” ta’lim yo‘nalishi talabalariga mo‘ljallangan. 
    Bundan tashqari, qurilish sohasi bo‘yicha ta’lim olayotgan magistrlar, kadrlarni 
    malakasini oshirish va qayta tayyorlash kursi tinglovchilari, muhandislar va kasb-
    hunar kollejlar talabalari ham foydalanishlari mumkin. 
    Taqrizchilar: t.f.n., dots. Lesov Q. — TTYMI. 
    t.f.n., dots. Pirmatov R.X.  TAQI. 
     
     
     
     
     
     
    O‘
    zbеkistоn Rеspublikаsi Оliy vа o‘rtа mахsus tа’lim vаzirligining 2015-yil,
    2-fevral
    dаgi 32-sоnli buyrug‘igа аsоsаn o‘quv qo‘llanma sifаtidа nаshr etishgа 
    ruхsаt bеrildi (grif № 32-121).
    © TAQI-2015 



    KIRISH 
    Birinchi chaqiriq O‘zbekistan Respublikasi Oliy Majlisining IX-sessiyasida 
    mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimovning «Barkamol avlod - O‘zbekiston 
    taraqqiyotining poydevori» mavzusidagi ma’ruzasi va shu sessiyada qabul qilingan 
    O‘zbekistan Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni hamda «Kadrlar 
    tayyorlash Milliy dasturi» mamlakatimizdagi barcha ta’lim muassasalari oldiga katta 
    vazifalar qo‘ydi. Ana shu vazifalardan biri halqaro andozalar talablari darajasidagi, 
    fan va texnikaning eng so‘nggi yutuqlaridan xabardor bo‘lgan, raqobatbardosh,
    qurilish sohasida mukammal bilim, malaka, uquvga ega va yuksak ma’naviy 
    saviyadagi oliy ma’lumotli kadrlarni tayyorlashdir. 
    Milliy g‘oyamizni mohiyatini ifodalovchi “ozod va obod vatan, erkin va 
    faravon hayot” barpo qilmoqlik, barcha sohalarda, shu jumladan, qurilish sohasida 
    ham katta rejalar hamda islohotlarni amalga oshirishni taqozo etadi. Shu bois xam 
    2001 yil 26 aprelda O‘zbekistan Respublikasida arxitektura va qurilishni yanada 
    takomillashtirish sohasida Prezident I.A.Karimovning maxsus farmoni e’lon qilindi. 
    Farmon maqsad va vazifalarini ro‘yopga chiqarish, qurilish sohasida yuqori malakali 
    mutaxassis kadrlar tayyorlash yuzasidan ta’lim xizmati ko‘rsatuvchi tashkilotlaridan
    g‘oyat ma’suliyatli, sharafli va dolzarb masalalarni hal etilsh talablarini qo‘ydi. 
    Mustaqil yurtimizni bugungi kunini ulkan sanoat korxonalari, turli muhandislik 
    inshootlari, madaniy va maishiy binolari qurilishlarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Shu 
    bois mamlakatimizda bino va inshootlar qurilishi yil sain jadal sur’atlarda rivojlanib 
    bormoqda.Tabiiyki, ulkan qurilishlarning sifat va son jihatidan tabora rivojlanib 
    borishi zamonaviy qurilish texnologiyalariga hamda ularni amalga oshirishda 
    foydalaniladigan qurilish mashinalariga bo‘lgan talabni kuchaytirmoqda. Qurilish 
    texnologiyalarini amalga oshirish bilan bog‘liq sarf-harajatlarni sezilarli qismini 
    qurilish mashinalaridan foydalanish harajatlari tashkil etadi.Shuning uchun qurilish 
    mashinalarini to‘g‘ri tanlash va ulardan oqilona foydalanish ishlab chiqarish 
    harajatlarini kamaytiradi, ish sifatini oshiradi, mehnat sharoitini yaxshilaydi hamda 
    qurilish ob’etini bitirib ekspluatatsiyaga topshish muddatini qisqartiradi. Qurilish 
    mashinalarini to‘g‘ri tanlash va ulardan oqilona foydalanish esa asosan inson omiliga 



    bog‘liqdir, ya’ni qurilish ishlarini bajaruvchi mutaxassislarni qurilish masinalarini 
    tanlash, ulardan foydalanishga oid bilimi, ko‘nikmasi va uquviga bog‘liqdir.
    “Qurilish mashinalari” bo‘yicha o‘quv qo‘llanma fan o‘quv dasturi asosida 
    yozilgan bo‘lib, oliy o‘quv yurtlarining «Bino va inshootlar qurilishi» bakalavriat 
    ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalarga mo‘ljallangan. Ushbu o‘quv 
    qo‘llanmaga sanoat va fuqaro qurilishida ishlatiladigan qurilish mashinalarining 
    vazifalari, ularni tasnifi, tuzilishi, ishlash tamoyillari, asosiy ko‘rsatgichlarini hisobi 
    hamda ulardan foydalanish xavfsizligi bo‘yicha ma’lumotlar, rasmlar, sxemalar 
    kiritilgan.Qurilish mashinalarini tuzilishini o‘ziga xos xususiyatlari va texnikaviy – 
    iqtisodiy, foydalanish ko‘rsatkichlarini hisolash tartibi bayon etilgan. 
    Ishlab chiqarishni, shu jumladan qurilishni mexanizatsiyalashtirish darajasi 
    bino va inshootlar qurilishidagi masinalar vositasida bajariladigan ishlar yig‘indisi 
    sonini bino va inshootni qurib topshirish uchun bajarish kerak bo‘lgan umumiy ishlar 
    yig‘ndisi soniga nisbatini foizi bilan aniqlanadi. Ma’lumki, qurilishdagi operatsion 
    texnologiyalar asosiy va yordamchi operatsiyalardan tashkil topgan. Shuning uchun 
    mexanizatsiyalashtirish darajasi qurilishdagi operatsion texnologiyalarni asosiy va 
    yordamchi operatsiyalarni mashinalar vositasida amalga oshirilgandagina yuqori 
    bo‘ladi. Qurilishda qo‘l kuchida bajariladigan ishlarning hajmi uncha katta bo‘lmasa 
    ham ular ko‘p ishchi kuchini band qiladi. Qurilish montaj ishlarini 
    mexanizatsiyalashtirish darajasi ko‘p jihatdan mayda va tarqoq ishlarni 
    mexanizatsiyalashtirishga bog‘liq. Qurilish montaj ishlari hajmi, ishchi kuchini 
    oshirish hisobiga emas, balki mexanizatsiyalashtirish hisobiga ko‘paytirish kerak.
    O‘quv qo‘llanma o‘zbek tilida lotin alifbosida yaratilgan dastlabki kitob, ayrim 
    kamchiliklardan holi emas, uning sifatini yaxshilash yuzasidan bildiriladigan barcha 
    fikr-mulohazalarni mualliflar minnatdorchilik bilan qabul qiladilar. 
    Bino va inshootlar qurilishi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tayyorlanayotgan 
    bakalavrlar qurilish ishlarini mexanizatsiyalashtirish vositalarini tanlash va ulardan 
    yuqori samara bilan oqilona foydalana olish usullarini bilishi hamda qurilish ishlab 
    chiqarish amaliyotiga joriy eta olish malakasiga, uquviga
    ega bo‘lishlari kerak. 



    “Qurilish mashinalari” fani “Nazariy mexanika”, “Materiallar qarshiligi”, 
    “Suyuqlik va gaz mexanikasi”, “Elektrotexnika” va boshqa umumtexnika fanlari 
    bilan o‘zaro bog‘langan hamda talabalarni mazkur fanlar bo‘yicha olgan bilim, 
    ko‘nikma va uquvlari asosida o‘rganiladi. Ushbu fan “Qurilish ishlab chiqarishi 
    texnologiyasi”, “Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi”, “Hayot faoliyati 
    havfsizligi”, “Qurilishni tashkil etish” va boshqa fanlarni mukammal o‘zlashtirishga 
    xizmat qiladi. 




    Download 4.03 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57




    Download 4.03 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston r e s p u b L i k a s I o L i y va o‘rta m a X s u s t a ’ L i m V a z I r L i g I toshkent arxitektura qurilish instituti

    Download 4.03 Mb.
    Pdf ko'rish