• Qadimgi yunon miflari va Homer dostonlari
  • Qadimgi yunon adabiyoti quyidagi davrlarga bo‘linadi




    Download 0,5 Mb.
    bet22/135
    Sana18.05.2024
    Hajmi0,5 Mb.
    #242139
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   135
    Bog'liq
    O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ul

    Qadimgi yunon adabiyoti quyidagi davrlarga bo‘linadi:


    1. Krit-Mikena yoki Egey madaniyati(miloddan oldingi 2 ming yillikdan

    miloddan oldingi XII asrgacha).

    1. Homer davri adabiyoti(m.o. IX-VIII asrlar).

    2. Yunon adabiyotining arxaik davri(m.o. V asr boshlarigacha).

    3. Antik davr – m.o. V-IV asrlar. Ellin polislarining gullab-yas- hnash davri.

    4. Ellinizm davri(ellin jamiyati adabiyoti) – m.o. VI-I asrlar.

    5. Rim imperiyasi davridagi yunon adabiyoti – m.o. I asr oxiri- dan.

    Qadimgi Sharq va Yangi davr Ovrupa adabiyotini bir-biri bilan bog‘lab turuvchi antik davr, yunon adabiyoti o‘z ahamiyati jihatidan jahon adabiyotining bir bo‘lagi hisoblanadi.


    Qadimgi yunon miflari va Homer dostonlari


    Barcha xalqlarning adabiyoti singari Yunon adabiyoti ham og‘zaki xalq ijodi zaminida paydo bo‘lgan. Yunon folkloridan juda kam namunalar saqlanib qolgan bo‘lsa ham, shularga asosan qad- imda yunon xalqining anchagina boy og‘zaki adabiyoti bo‘lganligini aniqlash mumkin. Ibtidoiy jamiyat kishilarining tabiat haqidagi tus- hunchalarini ifoda etuvchi afsona va asotirlar yig‘indisi qadimgi yu- non mifologiyasi tashkil etadi.
    Antik davr madaniyatining, jumladan, yunon mifologiyasining jahon xalqlari taraqqiyotiga ko‘rsatgan ta’siri beqiyosdir. Yunon xalqining miflari umumbashariy madaniyatning asoslaridan biri bo‘lib, u hozirgi zamon kishisining tasavvuri va tafakkuri tarziga chuqur kirib borgan. Mif(yunoncha mythos – rivoyat, hikoya, masal)

    • xalq xalq og‘zaki ijodining eng qadim davrlarida paydo bo‘lgan, voqelik(olam)haqidagi tasavvurlarni konkret obrazlar vositasida aks ettiruvchi rivoyaviy asarlardir. Mifologiya ko‘plab miflardan tashkil topadi. Miflar olam va odam haqidagi hikoyalar bo‘lsa-da, ularni tom ma’noda so‘z san’ati hodisasi deb bo‘lmaydi. Ular qad- imgi odamlar uchun tafakkur shakli bo‘lib, miflar vositasida olam sir-sinoatlari(olamning yoki insonning yaratilishi, quyosh chiqishi va botishi, shimol esishi va momaguldirak sababi va h.)ni bilishga intilganlar. Deylik, yunonlar chaqmoq chaqishini Zevsning, dengiz- dagi dahshatli dovullarni Poseydonning g‘azablangani bilan izohla- ganlar, inson taqdiridagi turfa evrilishlarda ilohlarning aralashuvini ko‘rganlar.

    Qadimgi yunon mifologiyasi yerda hayotning paydo bo‘lishini, tabiatdagi hodisalarning yuz berishi sabablarini tushuntirishga bo‘lgan urinishi sifatida, inson o‘z atrof-muhitidagi o‘rnini aniqlash- ga ojiz bo‘lgan davrda paydo bo‘lgan edi. Miflar yaratilishining o‘zi insonning ijodga va o‘z-o‘zini bilib olishga qo‘ygan ilk qadami edi. Tadrijiy suratda yunon zaminining turfa viloyatlarida vujudga kelgan ayrim asotirlardan qahramonlar va ularga homiylik qilgan ma’budlarning taqdirlari haqida butun boshli turkumlar tarkib top- gan. Yurt kezib yurgan aed – qo‘shiqchilar tomonidan ijro etilgan barcha afsonalar, madhiyalar va qo‘shiqlar zamonlar o‘tishi bilan Homer, Hesiod va boshqa ko‘plab shoirlar tomonidan dostonlarga aylantirilgan. Eramizgacha V asrda yashagan qadimgi buyuk yunon shoir-dramaturglari – Esxil, Sofokl, Yevripidlar o‘z tragediyalarini xudolar va qahramonlar haqidagi qadimgi asotirlar mazmuniga aso- slanib yaratgan edilar.
    Zamonlar o‘tishi bilan olam haqidagi mifologik tasavvurning o‘rnini ilmiy bilimlarga va tabiat hodisalarini o‘rganish natijalariga asoslangan qarashlar egalladi. Ilgari sirli tuyulgan ko‘plab hodisa- lar ilmiy jihatdan asoslab berildi. Biroq shunga qaramay, miflar yo‘qolib ketmadi, ular o‘z hayotini adabiyotda davom ettirdi. Zevs, Prometey, Gerakl va boshqa qadimgi miflarning qahramonlari, turli davr yozuvchilarining asarlarida umrlarini davom ettirdilar.
    Ma’lumki, tarixiy o‘tmishdagi muhim voqealar to‘g‘risidagi qa- hramonlik dostonlari hamma xalqlarda, jumladan, o‘zbek xalqida ham bor. Qadim yunon eposlarining ijrochilari o‘n minglab satr- larni yoddan biladigan quvvai hofizasi noyob odamlar bo‘lgan, ular turkum-turkum dostonlarni avlodlardan avlodlarga olib o‘tib, unga o‘z davrlarining ta’sirini, yuqi va unsurlarini singdirib boyitib, asar- lar bilan birga o‘z san’atlarini ham, usul va an’analarini ham meros qilib qoldirib kelganlar.
    Homer ana shunday ijrochilarning eng so‘nggilaridan, to‘g‘rirog‘i dostonchilikning yangi davrini boshlab bergan xalq dahosi edi. U katta epik merosni saqlabgina qolmay, uni butun antik dunyoning ma’naviy sarchashmasi sifatida poetik tizimga solib, ikki o‘lmas eposni ijod etdi. “Iliada” va “Odisseya” dostonlari yunon adabiyo- tining eng qadimgi yozma yodgorliklari hisoblanadi. Mazkur dos- tonlarning yaratilish vaqti, paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan sharoit haqida hech qanday ma’lumotlar yetib kelmagan. Har ikki doston bilan bog‘liq ana shunday muammolar majmui “Homer masalasi” deb ataladi.
    Homer o‘zi afsonaviy shaxs. Uning tarjimai holidagi deyarli bar- cha faktlar bahsli. Bu nom qadim yunon tilida “ko‘zi ojiz”, “so‘qir” degan ma’noni beradi. Demak, kuychi homerlar ko‘p bo‘lgan. Ammo ulardan biri, haqiqiy Homer butun antik dunyoda mashhur bo‘lib, Homer vatani degan sharafli nom uchun talashgan shahar- lar o‘nlab hisoblanadi. Bir qarashda, bu – umumlashgan bir nom. Ammo voqealari, davri, uslubi, obrazlar dunyosi jihatidan bir-birlar- ining davomi bo‘lgan ikki dostonning har biri 24 qo‘shiqdan iborat,
    bir vazndagi buyuk eposlarning bu nomga qiyos qilinishi hamma ji- hatdan shu qadar tabiiy ediki, Homerning real shaxsligiga hech kim dalil bilan e’tiroz bildirolmadi.
    “Homer masalasi” hali ham tamom hal qilingan emas. Chunki bu eposlarning yaratilishida yagona muallifning mavqeyini kamsi- tuvchilar hali ham bor. Tahrir qilgan, tartibga solgan, goho esa hech qanday Homer bo‘lmagan, bu dostonlar xalq qo‘shiqlari sifatida, badiha tariqasida vujudga kelgan, degan fikrlar ham ilgari surilgan.
    Homerni ikki dostonning yagona muallifi sifatida tan olishda fanga eposlarning o‘zidagi yaxlit badiiy butunlik, noyob iqtidorga xos ijodiy individuallik, yuksak badiiy vositalarning betakrorligi yordam berdi.
    Har ikki doston syujeti Troya urushi, ya’ni yunonlarning Troya (yoki Ilion) shahriga yurishi haqidagi afsonalardan olingan. Ularga ko‘ra Troya shahzodasi Paris Sparta shohi Menelay saroyida mehm- on bo‘ladi. Lekin u Menelayning bir talay boyliklarini va malika Yelenani o‘g‘irlab ketadi. Bundan g‘azablangan Menelay va uka- si, Miken podshosi Agamemnon barcha yunon viloyatlaridan katta qo‘shin to‘playdi va Troyaga yurish qiladi. Biroq o‘n yil davomida Agamemnon qo‘shini Troya shahri darvozasi oldida samarasiz jang olib boradi. Faqat ayyorlik yo‘li bilan – yog‘och ot ichida yashir- ingan holda shaharga kirib uni kulini ko‘kka sovuradilar. Yelena Menelayga qaytariladi. Lekin yunon jangchilarining ortga qaytishi oson kechmaydi. Ularning ko‘pi yo‘lda yoki qaytganidan so‘ng halok bo‘ladilar, ba’zilari uyga qaytguncha dengizlarda sarson-sar- gardon kezadi. Ana shu voqealar asos bo‘lgan afsonalar yunon mi- fologiyasining Troya turkumiga asos bo‘lgan. Biroq, bu turkumga kirgan afsonalar to‘liq emas, balki ikkita kichik voqeasigina hikoya qilinadi. Agar “Iliada”da troya urushining o‘ninchi yilidagi bir hodisa tasvirlangan bo‘lsa, “Odisseya” dostonida ham shu holatni ko‘ramiz. Asarda Odisseyning urushdan qaytishi, o‘zga yurtlarda sarson-sargardon bo‘lishi va nihoyat o‘ninchi yili vataniga qaytib kelishi haqida hikoya qilinadi.
    Homer dostonlarini, ayniqsa “Iliada”ni o‘qiganda, shunday katta miqyosli ma’lumotlarning ajoyib mahorat bilan puxta kompozitsiya qilinganligini ko‘ramiz. Ko‘p qavatli syujet chiziqlari, barcha mavzu va motivlar, barcha personajlarning taqdirlari bosh g‘oyaga xizmat qilib, ma’nodor yakun topadi. Dostonning tuguni, fojeaning badiiy yechimi, barcha badiiy vositalar bosh mavzu va bosh qahramon ob- razi atrofida birlashgan jips tizimni tashkil etadi.
    Yunon xalqining yashash tarzi, xislat va fazilatlarini ifoda etgan “Iliada” va “Odisseya” dostonlari qadim zamonlardanoq mo‘tabar kitoblarga aylangan: baxshilar ularni turli bayramlarda ijro etganlar, o‘quvchilar ularni o‘qib savod chiqarganlar. Homer dostonlarining adabiy usullari yunon shoirlari uchun o‘zgarmas namuna sifatida xizmat qilgan. Ko‘plab jahon tillariga tarjima qilingan “Iliada” va “Odisseya” dostonlari olimlar, adiblar va muhlislar diqqatini ham- on o‘zlariga jalb etib, ularni ko‘plab ilmiy tadqiqotlar o‘tkazishga, go‘zallik namunalaridan ibrat olishga undaydi. Jumladan, XX asrn- ing buyuk irland yozuvchisi Jeyms Joys “Uliss” (Odisseyning ik- kinchi nomi) romanini yozishda “Odisseya” dostoni tizimidan foy- dalangan.
    Qadimgi yunonlar nazarida Homer qatorida turadigan ikkinchi ulug‘ shoir Hesiod (m.o.VIII-VII asrlar) hisoblangan. Hesiod- ning hayotiga doir ma’lumotlar kam bo‘lsada, tarix sahifalarida saqlanib qolgan. U qadimgi yunon adabiyotidagi hayoti haqida aniq ma’lumotlar yetib kelgan birinchi ijodkor sanaladi. Uning otasi Kichik Osiyoning Kim degan yerida tug‘ilgan, keyinchalik Yunon- istonning asosan dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi Beotiya viloy- atiga ko‘chib o‘tgan. Shoir o‘zi haqidagi ba’zi bir ma’lumotlarni qadimgi yunon adabiyotidagi didaktik eposning birinchi namu- nasi bo‘lgan “Mehnat va kunlar” dostonida keltiradi, ya’ni u otasi kabi yoshligidan dehqonchilik bilan shug‘ullangan, shu bilan birga Yevbeya orolida o‘tkazilgan rapsod(baxshi)lar musobaqasida qa- tnashib, faxrli sovrinni qo‘lga kiritgan. Hesiod qadimgi yunonlar nazarida Homer bilan bir safda turuvchi ulug‘ shoir bo‘lgan.
    Yunon qahramonlik eposi o‘z ichiga didaktik elementlarni ham qamrab olgan, jumladan, Homer dostonlaridagi Nestorning o‘git va nasihatlari didaktik poeziyaga misol bo‘la oladi. Biroq, Hesiod- ning “Mehnat va kunlar” dostoni inson mehnatining ulug‘vorligi, adolatning barqarorligi va mehnat ahlining tirikchiligi yo‘lida uchraydigan boshqa turli-tuman masalalar haqida inisi Persga qarata aytilgan pand-nasihatlar tarzida yozilgan birinchi didaktik asardir.
    “Mehnat va kunlar” dostonining ijodkori hayotning jamiki boy- liklari faqat mehnat tufayli bunyod etilganligini asarning boshidan oxiriga qadar qayta-qayta takrorlaydi. Doston o‘zining zamonaviy mazmuni, ajoyib realistik lavhalari bilan yunon adabiyoti tarixida favqulotda muhim o‘rinni egalladi.
    Mazkur asarda Hesiod mustahkam oila xususidagi qarashlarni ham bayon etadi. Unga ko‘ra er kishi ishq-muhabbat ehtiroslaridan o‘zini tiyishi, o‘ttiz yoshga to‘lganda yosh qizga uylanishi lozim deb maslahat beradi. Chunki yosh qizlarni nozik axloq qoidalariga o‘rgatish oson kechadi. Hesiod oilada o‘g‘il bittadan ko‘p bo‘lsa to- morqani taqsimlashda muammolar paydo bo‘lishidan ogohlantiradi. “Mehnat va kunlar” dostonidan tashqari yana ikkita doston – “Teo- goniya” va “Ayollar jadvali” asarlari Hesiod nomi bilan bog‘lanadi. “Teogoniya” (“Ma’budlarning paydo bo‘lishi”) dostonida qadim-
    gi yunonlarning Xaos va yerdan paydo bo‘lgan koinot, Uran(Osmon), Kron va Zevs boshqargan turli ma’budlarning kelib chiqishi haqida- gi tushunchalari, mifologik e’tiqodlari bayon qilinadi. Muallifning ta’kidlashicha, Zevs taxtni ko‘plab jinoyatlar sodir etgan otasidan tortib oladi va hokimiyatini mustahkamlash uchun Kronning qarin- doshlari bo‘lgan titanlarga qarshi mashaqqatli kurash olib boradi. Ti- tanlar va dahshatli maxluq Tifoyga qarshi olib borilgan janglarning bayoni, Samoda va yerda odil tartib o‘rnatgan qudratli hamda dono hukmdor Zevsni ulug‘lash asarning kulminatsiyasini tashkil qiladi.
    “Ayollar jadvali” ham mazmun jihatidan “Teogoniya” dostoniga ancha yaqin bo‘lib – asar biror ma’buddan atoqli qahramon farzand ko‘rgan ayollarga bag‘ishlangan. Dostondan turli hajmdagi parcha-
    lar saqlanib qolgan bo‘lib, ahamiyatli jihati shundaki, ularda Homer dostonlarida uchramaydigan, lekin keyingi davrlarda xor lirikasi va tragediyalarda keng foydalanilgan miflar keltirilgan.
    M.o. VI asrda didaktik epos negizida falsafiy doston janri shak- llandi va Hesiodning “Teogoniya” asari an’analari shoir-faylasuflar Ksenofan(tax. m.o. 565 – 470 y.), Parmenid(m.o. VI asr oxiri – V asr boshlari), Empedokl(tax. 495 – 435 y.) tomonidan davom ettirildi.
    Antik davr tanqidchiligi Hesiod bayon uslubiga xos quruqlikni inkor etmagan holda dostonlarning tarbiyaviy ahamiyatiga yuksak baho berganlar. Tarixchi Gerodot (m.av. V asr) ikki daho shoir – He- siod va Homer ellinlarga ma’bud va ma’budalarning kelib chiqish tarixini bayon qilish bilan birga ularning ismlariga epitetlar bilan ta’rif berganini ta’kidlagan edi.

    Download 0,5 Mb.
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   135




    Download 0,5 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qadimgi yunon adabiyoti quyidagi davrlarga bo‘linadi

    Download 0,5 Mb.