Ezop (Akadroz)(tax. mil.av. VI asr)




Download 0,5 Mb.
bet23/135
Sana18.05.2024
Hajmi0,5 Mb.
#242139
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   135
Bog'liq
O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ul

Ezop (Akadroz)(tax. mil.av. VI asr) Masalchilikning otasi deb hisoblangan yarim afsonaviy Ezop – miloddan oldingi VI asrda yashagan. Rivoyatlarga qaraganda, aslida u frigiyalik qul bo‘lib, keyinchalik ozod qilingan. Lidiya shohi Krez saroyida xizmatda bo‘lgan, Delfada yerli xalq bilan bo‘lgan janjalda qoyadan uloqtirib o‘ldirilgan. Antik davrda ma’lum bo‘lgan deyarli barcha masallarn- ing syujeti Ezopniki deb hisoblangan. Ular miloddan avvalgi V-IV asrlardan boshlab to‘planib, yozib olingan va “Ezop masallari” ki- tobiga kiritilgan. Milodiy X-XVasrlardagi qo‘lyozmalarda 300 dan ortiq shunday masal saqlanib qolgan.
Aksariyat syujetlari Shumer og‘zaki va yozma adabiyotiga borib taqaluvchi Yaqin Sharq masallariga yaqin turuvchi Ezopning nasriy masallari g‘oyaviy jihatdan tushkunlik va umidsizlik ruhida yozil- gan, personajlari (asosan, hayvonlar) o‘ta shartli. Voqealar ixcham bayon qilinib, pand-nasihat bilan yakunlangan, tili sodda, jonli til- ga yaqin. Masalchining ismi bilan yashirin ma’nosi bo‘lgan fikrlar ezop tili deb atala boshlagan. Ovrupa masalchiligi syujetining aso- sini Ezop masallari tashkil etgan. Ezopning ta’sirini keyingi davr masalchilarining deyarli barchasida, jumladan, fransuz yozuvchisi Lafonten(XVII asr), nemis adibi Lessing(XVIII asr), rus masalnavisi
Krilovda sezish mumkin. Dehqon bilan o‘g‘illari”, “Bog‘bon bilan o‘g‘illari”, “O‘g‘ri bilan onasi”, “Yolg‘onchi cho‘pon” masallardagi syujet va motivlarni o‘zbek xalq ertaklari(“Birlashgan o‘zar” ertagi),
A. Navoiyning “Hayrat ul abror” asaridagi “Yolg‘onchi cho‘pon”
hikoyatida uchratish mumkin.
Qadimgi Yunonistonda she’riyatning oddiy turlari hisoblangan yamb va elegiya bilan birga VII-VI asrlarda monodik ya’ni, yakkax- on lirika ham taraqqiy etgan. She’riyatning bu turi xalq adabiyoti va musiqaning ta’siri ostida paydo bo‘lgan. Kichik Osiyoning g‘arbiy qirg‘og‘idagi Lesbos orolida tug‘ilib o‘sgan ikki ulug‘ shoir – Alkey va Sapfo o‘zlari ixtiro etgan turli-tuman vaznlar bilan monodik liri- kani yuksak san’at darajasiga ko‘targanlar.

Download 0,5 Mb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   135




Download 0,5 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ezop (Akadroz)(tax. mil.av. VI asr)

Download 0,5 Mb.