Ichki urushlar davrida Rim adabiyoti




Download 0,5 Mb.
bet35/135
Sana18.05.2024
Hajmi0,5 Mb.
#242139
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   135
Bog'liq
O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ul

Ichki urushlar davrida Rim adabiyoti


Eramizdan oldingi II asrning o‘rtalaridan boshlab, Rim jamiyat-


ida keskin sinfiy ziddiyatlar paydo bo‘la boshlaydi.
Uzluksiz urushlar vaqtida qo‘lga kiritilgan behisob qullarni shafqatsiz ekspluatatsiya qilish natijasida quldorlar bilan qul- lar o‘rtasidagi qarama-qarshiliklarni tobora kuchaytirib, nihoyat, Rim imperiyasining turli yerlarida, jumladan Sitsiliya, Kichik
Osiyo va boshqa viloyatlarda dahshatli qullar qo‘zg‘olonining ko‘tarilishiga sabab bo‘ladi. Spartak rahbarligida boshlanib, so‘ngra Italiya tuprog‘ining hamma yerlariga yoyilgan va to‘rt yil (74–71) davomida butun Rim davlatini zilzilaga keltirgan qullar isyoni bu qo‘zg‘olonlarning eng yirigi edi.
60 yilda davrning yirik sarkardalari Pompey, Yuliy Sezar hamda Krass o‘rtalarida birinchi uchlik ittifoqi-triumvirat tuziladi. Ora- dan ko‘p vaqt o‘tmay, yakka hukmronlikka intilgan Pompey bilan Sezar o‘rtalarida yangi grajdan urushi boshlanib, raqibi ustidan g‘alaba qozongan Sezar ulug‘ davlatning yagona hokimi darajasiga ko‘tariladi. Biroq Sezarning tantanasi faqatgina besh yil (49–44) davom etadi. Respublikachilar til biriktirib, uni o‘ldiradailar.
Sezarning eng yaqin sarkardasi Antoniy bilan asrandi o‘g‘li Ok- tavian o‘rtalarida uning o‘rnini egallash uchun keskin kurash bosh- lanadi. Qariyb o‘n yil davom etgan yangi grajdan urushi, nihoyat, eramizdan oldingi 31 yilda Oktavianning g‘alabasi bilan tugaydi.
Rimda respublika tuzumining yemirilishiga va imperatorlik idora usulining barpo etilishiga sabab bo‘lgan yuz yillik ijtimoiy kurash- ning muhim voqealari shulardan iborat. Keskin sinfiy kurashlar fal- safada, adabiyotda va, nihoyat, notiqlik san’atida o‘zining yorqin ifodasini topadi.
Sitseron (m.av 106–43). O‘zining otashnafasligi bilan Demosfen darajasida turadigan va antik dunyoning ikkinchi ulug‘ so‘z ustasi sifatida tanilgan notiq Mark Tulliy Sitserondir. Rim so‘z ustalari orasida ikki xil notiqlik usuli keng tarqaladi; bulardan biri – Osiyo usuli, ikkinchisi – attika usulidir. Osiyo usuliga ergashuvchi notiqlar so‘zning hayajonli, jimjimador bo‘lishiga, jumlalarning ohangdorli- giga katta e’tibor beradilar; attikachilar esa yunon so‘z san’atining yirik vakili Lisiy hamda ulug‘ tarixchi Fukidid singari jumlalarni qisqa tuzishga, so‘zlarning sodda bo‘lishiga intiladilar.
Sitseron o‘zining salkam qirq yil davom etgan ijtimoiy va ad- abiy faoliyati mobaynida turli-tuman mavzularga bag‘ishlab behad ko‘p asarlar yozgan. Shulardan bir qanchalarining nom-nishonsiz
yo‘qolib ketganligiga qaramay, bizga qadar yetib kelganlarining o‘zi ham antik dunyoda o‘tgan har qanday yozuvchining asaridan ziyo- daroqdir. Sitseronning asosiy kasbi – notiqlik. Shuning uchun ras- miy yig‘inlarda sud majlislarida so‘zlagan nutqlari uning ijodida eng muhim o‘rin tutadi. Ma’lumotlarga qaraganda, qadimgi zamonlarda Sitseronning 150 ga yaqin nutqi nashr etilgan bo‘lsa, bizga qadar sh- ulardan 58 tasi yetib kelgan. Bulardan tashqari, falsafiy mavzularga yozilgan 12 ta asar, notiqlik nazariyasi va tarixiga doir 7 ta risola va 800 ga yaqin maktub asrlar osha bizgacha yetib kelgan.
Sitseron so‘z san’ati nazariyasiga atab yozgan asarlar orasida “Orator haqida”, “Brut” va “Orator” mazmunda ham, shaklda ham eng qimmatbaho asarlar hisoblanadi. Mazkur asarlarning har birida Sitseron notiqlik san’atining eng yirik masalalaridan tortib mayda- chuyda qonun-qoidalariga qadar diqqat bilan birma-bir ko‘zdan kechiradi. Sitseronning aytishicha, notiq shunchaki so‘zamol, sud ishlarining ikir-chikir qonunlarigacha biladigan qonunparast emas, balki bekamu ko‘st davlat arbobi bo‘lmog‘i darkor. Shu sababli bu kasbga intilgan har bir odam faqatgina ritorika ilmiga taalluqli ibti- doiy bilimlarni o‘rganish va o‘zining tabiiy iste’dodiga ishonish bilan cheklanib qolmasdan, muttasil mutolaa qilmog‘i, beto‘xtov madani- yat cho‘qqilariga intilmog‘i lozim. Tinglovchilarning ruhiga chuqur ta’sir ko‘rsatishning eng birinchi vositasi sifatida yozuvchi ham- madan burun axloq, mantiq, psixologiya fanlarini har tomonlama mukammal o‘rganishni va, umuman, mavjud falsafiy ta’limotlardan keng xabardor bo‘lishi tavsiya etadi.
Nutq uslubi haqida Sitseron “Kimki jo‘n narsalar haqida oddiygi- na, kundalik voqealar haqida – o‘rta-miyona, ulug‘ hodisalar haqida

  • shavq-zavq bilan gapirsa – shu odam so‘z san’atining chinakam ustasidir” degan fikrni bildiradi.

Rim respublikasining so‘nggi yillari, zamonasining atoqli davlat arboblari, muallifning yor-do‘stlari, shaxsiy hayoti, tabiati, sevinch va tashvishlari haqida qimmatbaho ma’lumotlar beradigan man- balardan yana biri – Sitseronning maktublaridir.
Sitseron lotin tili va, xususan, lotin nasrining rivojiga kuchli ta’sir o‘tkazadi. Ovrupa madaniyatining rivoji va ravnaq topishi yo‘lida ko‘rsatgan xizmatlari jihatidan boshqa Rim yozuvchilari Sitseronga tenglasha olmaydi.
Uyg‘onish davriga kelganda Sitseron merosiga murojaat juda ham ortib ketadi: ulug‘ gumanistlar o‘zlarining falsafiy va adabiy faoliyatlarida lotin tilining benuqson namunasi sifatida, faqatgina, Sitseron uslubiga ergashadilar. XVIII asrning ma’rifatparvarlari Volter, Didro, Monteskye va boshqalarning ijodida ham Sitseron- ning ta’siri kuchli bo‘lgan.

Download 0,5 Mb.
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   135




Download 0,5 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ichki urushlar davrida Rim adabiyoti

Download 0,5 Mb.