|
Plavt ijodi. Plavt (tax. m.o. 250–184-y)
|
bet | 34/135 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 0,5 Mb. | | #242139 |
Bog'liq O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulPlavt ijodi. Plavt (tax. m.o. 250–184-y) Rimning ulug‘ komedi- yanavisi Tit Makk Plavt Italiyaning Umbriya viloyatida tug‘iladi. Uning hayotiga doir ma’lumotlar juda oz. Kambag‘al oilada dun- yoga kelgan shoir, yoshligida Rimga kelgan va teatrda sahna ish- chisi bo‘lib ishni boshlab, keyinchalik o‘z kuchini akterlik maho- rati bo‘yicha sinab ko‘rgan. Sayyor teatr bilan Yunoniston safarida bo‘lib, yunon tilini o‘zlashtirgan va yunon mualliflarining pyesalari- ni lotin tiliga o‘girgan, shundan so‘ng o‘zi ham komediyalar yozish- ga kirishgan. U o‘zining aksariyat asarlarida bizgacha yetib kel- magan yunon komediyalarining syujet va obrazlaridan foydalangan, ularni Rim hayotidan olingan voqealar hamda detallar bilan boyit- gan. Plavt o‘zidan oldin ijod qilgan shoirlarning(Andronik, Neviy, Enniy) usullarini davom ettirib, o‘z ijodida muttasil yangi yunon komediyasi vakillarining(Felimon, Difil, Menandr) asarlarini Rim sahnasiga moslashtirish bilan shug‘ullangan. Yunon komediyalarini Rim jamiyatining keng ommasi didiga moslashtirish maqsadida u kontaminatsiya usulidan keng foydalanib, mazmun jihatidan bir-bi- riga yaqin ikkita pyesani birlashtirib yuboradi va yo‘l-yo‘lakay asar to‘qimasiga o‘zidan qiziq-qiziq iboralar, maroqli hodisalar kiritib, dramatik xolatlarning keskin, voqealarning o‘ynoqi bo‘lishiga eri- shadi.
Plavt komediyalaridagi voqealar yunon shaharlarida bo‘lib o‘tib, ismlari ham yunoncha bo‘lsada, Rim tomoshabini o‘zini, urf-odat- larini va axloqini har doim tanigan. Qadim zamonlarda yuzdan ortiq komediyani Plavt nomi bilan bog‘lab kelganlar. Ammo miloddan
oldingi I asrda Rim olimi Varron shulardan faqat yigirma bittasini Plavt qo‘li bilan yozganligini aniqlaydi.
Plavt komediyalari juda kulgili, ular qiziqarli sahnalar, hazillar, zukko va quvnoq iboralarga boy bo‘lib, asarlarining qahramonlari boylar va kambag‘allar, qullar va savdogarlar bo‘lgan. Ularning har biri o‘z xarakteri va o‘ziga xos hulq-atvoriga ega edi.
Plavtning eng o‘tkir va maroqli asarlari “Maqtanchoq jangchi”, “Xumcha”, “Psevdol( “Aldamchi qul”)” komediyalaridir. Plavt o‘z faoliyatini faqatgina komediya doirasi bilan chegaralagan va eng muhimi, asarlarining deyarli hammasi bizga qadar yetib kelgan bi- rinchi Rim komediyanavis shoiridir. Uning she’riyat bobidagi ma- horati yuksak tahsinga sazovor. Shoirning asarlarida hech qachon bir vazndagi o‘lchov uchramaydi. Sahna sirlarini nihoyatda chuqur bilish ham Plavtning muhim fazilatlaridandir.
“Xumcha” komediyasidan ruhlangan XVII asr fransuz dramatur- gi Molyer “Xasis” komediyasini yaratdi. “Xumcha” komediyasining qahramoni xasis Yevklion obraziga o‘xshash personajlarni ko‘plab yozuvchilarning asarlarida uchratish mumkin – fransuz yozuvchisi Balzakda( “Gobsek”), ingliz yozuvchisi Ch.Dikkensda( “Nasrdagi Rojdestvo qo‘shig‘i”dagi Skruj), rus yozuvchisi Gogolda( “O‘lik jonlar”dagi Plyushkin), o‘zbek adiblaridan S.Ayniyning Qori Ish- kambasi, A.Qodiriyning “Mehrobdan chayon” romani qahramon- laridan biri Solih maxdum, S.Ahmadning “Ufq” romanidagi Orif oqsoqollar shular jumlasidandir.
|
| |