O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek




Download 0,5 Mb.
bet42/135
Sana18.05.2024
Hajmi0,5 Mb.
#242139
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   135
Bog'liq
O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ul

G‘arbiy Ovrupa qahramonlik eposi




Eposning dastlabki namunalari zamonaviy Britaniya hududida yashagan kelt qabilalari tomonidan yaratilgan. V asr boshlarida kelt (irland) qabilalari Rim imperiyasining zaiflashganidan foydalanib, mustaqillikni qo‘lga kiritdilar. Ilk o‘rta asrlarda kelt qabilalari hayoti haqidagi xalq she’riyati negizida qahramonlik eposi shakllandi. Ep- oslarni kuylovchilar 2 guruhga – lirik she’riyatni kuylovchi bardlar va epik she’riyat bilan shug‘ullanuvchi filidlarga bo‘lingan. Filidlar o‘z qissalarini nasrda bayon qilganlar, keyinroq ular “saga”(qissa) nomini olgan. Sagalarning ta’sir kuchini yanada oshirish uchun fi- lidlar she’riy parchalar kiritganlar.
Kelt eposining qahramonlik qissalari ulad qiroli Konxobar va uning jiyani Kuxulinning sarguzashtlariga bag‘ishlangan. Bizga- cha ushbu qissalarning bir nechtasi yetib kelgan bo‘lib, “Usnex o‘g‘illarining quvilishi”, “Mak-Dato cho‘chqasi haqida qissa”, “Kualngendan buqa o‘g‘irlash”, “Kuxulinning Ferdiad bilan jangi”, “Kuxulinning xastaligi”, “Kuxulinning o‘limi” shular jumlasidan.
Qahramonlik eposi bilan bir qatorda maishiy, sarguzasht, fantas- tik mavzularda ham qissalar yaratildi: “Beyli haqida qissa”, “Eta- ynga muhabbat”, “Febelning o‘g‘li Branning suzishi”.
Qadimgi kelt(irland) eposi G‘arb adabiyotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi, undagi syujet, obrazlardan keyingi davr adiblari unumli foydalandilar.
Ingliz o‘rta asrlar adabiyoti. Hozirgi inglizlarning ajdodlari V asrda mamlakatga Ovrupa dan ko‘chib o‘tgan anglo-sakslar bo‘lib, qadimgi adabiy yodgorliklar Britan orollarini normannlar tomoni- dan zabt etilishiga qadar (1066-yil) bo‘lgan muddatda yaratiladi. In- gliz tilidagi adabiyotlar (ingliz adabiyoti degan tushunchaning o‘zi ham), asosan, anglosakslar nasroniylik dinini qabul qilganlaridan
keyin paydo bo‘ldi. O‘sha paytlarda rohiblar xalq ichida yurib qah- ramonlik doston (poema)larini yozib olganlar (ular ichida eng mash- huri VII asrda qog‘ozga tushgan “Beovulf” asaridir). Qahramonlik dostonlaridan tashqari, ilk o‘rta asrlarda adabiyotning boshqa janr- larida ham asarlar (diniy risola va traktatlar, ritsarlikning she’rlari, solnomalar) yaratila boshlandi.
XI-XII asrlarda Angliya hududini hozirgi fransuzlarning ajdod- lari hisoblanmish normannlar bosib oldi. Begona til va madaniyat- ning suqilib kirishi tufayli yuz bergan murakkab vaziyatlar oqibatida bu davrda ingliz adabiyoti uch tilda yaratila boshlandi: diniy adabi- yotlar – lotin tilida, qadimiy solnomalar, rivoyatlar, qadim o‘tmish voqealari – ingliz tilida, she’r va dostonlar – fransuz tilida (ularning ko‘pchilik qismi bizgacha yetib kelgan). Angliya hududi normannlar istibdodidan qutilganidan so‘ng mamlakatda yagona milliy til – in- gliz tili vujudga keldi (XIV asr).
Beovulf” dostonining qo‘lyozmasi X asrga doir bo‘lib, u ingliz tiliga asos bo‘lgan anglosakson tilida yozilgan. “Beovulf” dostoni o‘rta asrlar ilk davrining bizgacha yetib kelgan eng birinchi namuna- si hisoblanadi. Doston Britaniya orollariga ko‘chib o‘tgan majusiy angl va sakslarning rivoyatlari negizida paydo bo‘ldi. Doston aynan mana shu og‘zaki rivoyatlar negizida nasroniylik davrida yozib olingan va asarning muallifi ma’lum emas. “Beovulf” dostonining qo‘lyozmasi Londondagi Britaniya muzeyida saqlanadi.
Doston qadim german rivoyatlari asosida, anglosakslar Britani- yaga ko‘chib o‘tguncha bo‘lgan davrda yaratilgan. Asar voqealari Boltiq dengizi sohillarida bo‘lib o‘tadi.
Ikki qismdan iborat dostonda geatlar1 qabilasi jasur bahodiri Be- ovulfning Daniyani dahshatli dengiz maxluqi Grendeldan qutqarish- dagi qahramonliklari hikoya qilinadi. Beovulf o‘zining o‘n to‘rt rit- sarlari bilan qirol Xrotga yordam berish uchun Daniyadan kelganda, Grendel ularni dengiz qa’riga tortib ketib nobud qiladi. Beovulf un- ing ustidan g‘olib keladi va o‘z vataniga qaytib ketadi. U o‘z yur- tida ellik yil saltanatni boshqaradi va yerlariga olovpurkar ajdaho
bostirib kirganda, uni jangda yengadi, biroq o‘zi ham maxluqning zaharli tishlaridan yaralanib vafot etadi.
Dostonda ertak motivlari mavjud bo‘lib, unda turli maxluqlar va ajdaholar ishtirok etadi, shu bilan birga doston matnida bo‘layotgan hodisalarga Xudoning aralashishi va Injildagi ismlar(Avel, Noy) uchraydi, Grendel esa Kainning avlodidan deyiladi. Bularning bar- chasi muallifga nasroniy dinining ta’siri katta bo‘lganidan dalolat beradi.

Download 0,5 Mb.
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   135




Download 0,5 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek

Download 0,5 Mb.