O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek




Download 0,5 Mb.
bet50/135
Sana18.05.2024
Hajmi0,5 Mb.
#242139
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   135
Bog'liq
O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ul

Fransuz Uyg‘onish adabiyoti


Fransuz Uyg‘onish adabiyoti o‘z rivojlanishida Italiyaga xos xu- susiyatlarga ega bo‘lish bilan birgalikda, farqli tomonlari ham ma- vjud edi.


Fransuz burjuaziyasi bir qadar ortda bo‘lgani sababli gumanis- tik xarakatda faol ijtirok eta olmadi. Fransuz Uyg‘onishiga Italiyan- ing ta’siri katta bo‘ldi. Qirol Fransisk I davrida Italiya renessans madaniyati faol import qilindi. Qirol (1515–1547) Leonardo da Vin- chi, Andrea del Sarto, Benvenuto Chellinilarni o‘z saroyiga taklif qildi. Dante, Petrarka va Bokkachcholarning asarlari tarjima qilindi. Fransuz gumanistik harakatining atoqli arboblaridan biri qi- rol Fransisk I ning singlisi Margarita Navarrskaya (1492–1549) edi. Italyan, yunon, lotin tillarini yaxshi o‘zlashtirgan, ma’rifatli ayol bo‘lgan Margarita ko‘plab she’r va novellalar yaratgan. Un- ing mashhur asari “Geptameron” novellalar to‘plami edi. Margarita Navarrskaya homiyligida faoliyat yuritgan to‘garakda shoir Klemen
Maro, yozuvchi Bonaventura Deperelar faol ishtirok etdilar.
Fransua Rable (1494–1553). “Gargantyua va Pantagryuel”ning muallifi Fransua Rable uyg‘onish davridagi eng yirik fransuz yozu- vchilaridan biridir.
Fransuz gumanizmining yirik namoyondasi bo‘lgan yozuvchi Shinonda tavallud topgan. Yoshlik yillarida monastirda diniy bilim-
lar bilan bir qatorda qadimiy yozuvlar va huquqqa oid risolalarni o‘rgandi. Ma’lum bo‘lmagan sababga ko‘ra, monastirdan ketib, meditsinani o‘rgana boshlagan va 1532-yili Lion gospitalining vra- chi lavozimida ishlay boshlagan.Parij yepiskopi, kardinal Jan dyu Belle, qirol Fransisk I qo‘lida xizmat qilgan va 1553-yili Parijda va- fot etgan.
Fransua Rable tibbiyot, huquqshunoslik, arxeologiyaga oid bir qator ilmiy asarlar muallifi. Yozuvchi sifatida “Gargantyua va Panta- gryuel” romani bilan shuhrat qozondi. Romanni yozishga 1532-yili Lionda chop etilgan “Gargantyuaning buyuk va bebaho xronikasi” nomli xalq kitobi turtki bo‘ldi.
Shu yili Rablening “Buyuk dev Gargantyuaning o‘g‘li, dipsod- lar qiroli shavkatli Pantagryuelning dahshatli ishlari va qahramon- liklari” kitobi yozildi.
Yozuvchi xalq kitobidagi sxemani saqlab qolib, undan ko‘plab obrazlar va syujet motivlarini oldi. Shu bilan birgalikda epopeyaga Pantagryuelning do‘sti va hamrohi Panurg obrazini olib kirdi.
1534-yili yozuvchi o‘zining “Pantagryuelning otasi buyuk Gar- gantyuaning dahshatli hayoti” nomli asarini e’lon qildi. Roman epopeyaning birinchi kitobi sifatida yozilgan bo‘lib, yozuvchi manbadan ba’zi motivlarini(Gargantyua va uning ota-onasi bahay- batligini, uning ulkan otda yurishini, Notr-Dam ibodatxonasidan qo‘ng‘iroqlarni o‘g‘irlashini) ishlatgan holda, asosan, o‘z ijodiy fantaziyasiga tayandi.Asarda eski tarbiya usullari tanqid qilinadi va unga gumanistik pedagogika qarama-qarshi qo‘yiladi. O‘g‘irlangan qo‘ng‘iroqlarni qaytarib berishni so‘rab nutq so‘zlagan magistr Ianotus de Bragmardoning nutqi – “sarbonnachilar”ning baland- parvoz ritorikasiga parodiyadir. Shundan so‘ng Pikrokolning bosq- inchilik rejalari – feodallar, qirollar va feodallar urushlari tanqid qilinadi, satira ostiga olinadi. Urush fonida jismoniy va ma’naviy sog‘lomlik, hayotga ishonch ramzi sifatida ruhoniy monax Jan og‘a paydo bo‘ladi. Roman Janning rejasi asosida barpo etilgan Telem
abbatligining ochilishi bilan yakunlanadi. Bu yerga odil va oqil, madaniyatli, ozod shaxslar to‘planadilar.
“Pantagryuelning qahramonona hayoti haqidagi 3-kitob” 1546- yili paydo bo‘ldi. U oldingi kitoblardan anchayin farq qiladi, chunki bu paytga kelib qirol Fransisk I ning siyosati o‘zgargan edi. Reak- siya g‘alaba qozondi. Erkin fikrlovchilar va kalvinistlar ta’qib ostiga olingan edilar. Kitobda Pantagryuel tomonidan zabt etilgan dipsodlar mamlakatidagi tinch, osoyishta hayot ko‘rsatilgan, ya’ni unda zamo- naning bosqinchilik siyosatiga antitezani ko‘rish mumkin. Shundan keyin o‘z mulklarida uch yillik daromadni ikki hafta ichida sarf qilib yuborgan Panurgning sarguzashtlari hikoya qilinadi. So‘ngra har qa- nday voqealarga yakun yasaladi va asosiy o‘ringa botanika, tibbiyot, huquq haqidagi suhbat va mulohazalar chiqadi. Bu suhbat va mulo- hazalarga Panurgning uylanish yoki uylanmaslik haqidagi ikkilan- ishlari sabab bo‘ladi. Bu suhbatlar jarayonida Panurg aqlli gap ayta olmaydigan turli “faylasuf”lar, barcha masalalarni suyak tashlab hal qiluvchi sudya Bridua bilan uchrashadi.
1548-yili 4-kitob yozilib, to‘rt yildan keyin esa uning kengay- tirilgan varianti paydo bo‘ldi.Romanda Panurgning Xitoyga safari haqida hikoya qilinadi. Yo‘lda sayyohlar Prokuratsiya (sudboz- sudlashishni yaxshi ko‘ruvchi), Karemprenan(katolik ro‘zadorlar), Kolbasa, Papefiglar(papaga fig ko‘rsatuvchilar), Papimanlar(“papa tarafdorlari”), messer Gaster(“oshqozon”) kabi orollarda bo‘ladilar. Kitobda diniy fanatizmni qo‘llab-quvvatlovchi, ya’ni qirol siyosati tanqid ostiga olinadi.
1564-yili, ya’ni Rablening o‘limidan 10 yil keyin 5-kitob nashr etildi. Roman yozuvchi qo‘lyozmalari asosida do‘stlari tomonidan nashrga tayyorlangan bo‘lib, unda Panurg sayohatining nihoyaga yetishi haqida hikoya qilinadi.
Rable o‘z romani bilan badiiy realizmni yanada kengaytirdi va chuqurlashtirdi, fransuz tilini rivojlantirishda katta xizmat ko‘rsatdi. “Gargantyua va Pantagryuel” fransuz Renessansining eng de- mokratik asari hisoblanadi. Adibning keyingi davr yozuvchilariga
ko‘rsatgan ta’siri beqiyosdir. Molyer, Lafonten, Lesaj, Volter, Bal- zak, A.Frans, R.Rollan uning asarlaridan ilhomlanganlar, ijodiga murojaat qilganlar.



Download 0,5 Mb.
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   135




Download 0,5 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek

Download 0,5 Mb.