• Dante Aligeri(1265–1321)
  • Franchesko Petrarka (1304 – 1374)
  • O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek




    Download 0,5 Mb.
    bet48/135
    Sana18.05.2024
    Hajmi0,5 Mb.
    #242139
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   135
    Bog'liq
    O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ul

    Tayanch so‘z va iboralar: Renessans, gumanistlar, Antik adabiy merosi , Dante Aligeri ,” Ilohiy komediya”, Petrarka, Bokkachcho, “Dekameron”, Rable, “Gargantyua va Pantagryuel”.
    Ovrupa o‘rta asrlar tamaddunining yakunlanishi insoniyat tarixi- da Uyg‘onish(yoki ilm-fanda qabul qilingan, fransuz atamasi Renes- sans) nomini olgan ajoyib davr bilan bog‘liq. Uyg‘onish antik yoki o‘rta asrlarga nisbatan ancha qisqa muddat davom etgan bo‘lsa-da, fan va madaniyatda erishilgan ulkan yutuqlar uni alohida bir bosqich sifatida e’tirof etish imkonini beradi.
    XIV asrning o‘rtalarida Italiyada, XV asrning ikkinchi yarmida Fransiya, Angliya, Ispaniya, Germaniya va Niderlandiyada katta iqtisodiy, ijtimoiy o‘zgarishlar yuz berdi. Ovrupa ning turli mam- lakatlarida yuz bergan bu protsessni italyanlar – Kvinkvechento, fransuzlar – Renessans, nemislar – Reformatsiya, umuman olganda Uyg‘onish deb ataganlar. O‘rta asrlar feodalizmi sharoitida shakllana boshlagan kapitalistik munosabatlar G‘arbiy Ovrupa da Renessans (Uyg‘onish) harakatining paydo bo‘lishiga asos bo‘ldi. Madaniyat tarixida Renessans nomi bilan yuritiladigan ushbu harakat dastlab
    Italiyada (XIV) va keyinchalik Ovrupa ning boshqa mamlakatlarida
    ham yuzaga keladi.
    Ishlab chiqarish shakllarining yangi kurtaklari–manufakturaga o‘tish, buyuk geografik kashfiyotlar (Ovrupa uchun Amerikaning kashf etilishi, Hindistonga dengiz yo‘lining ochilishi) va dunyo miqyosida savdo-sotiqning rivojlanishi absolyutizmning g‘alabasi natijasida feodal tarqoqlikka chek qo‘yilib, milliy davlatlarning pay- do bo‘lishi, buyuk dehqonlar urushi va xalq qo‘zg‘olonlari – bular ijtimoiy hayot va ijtimoiy tushunchada qator yangiliklar tug‘diradi.
    Antik madaniyat ta’sirida Italiyada san’at mislsiz darajada yuk- saldi. Italiya, Fransiya, Angliya, Ispaniya va Germaniyada yangi zamon adabiyoti vujudga keldi.
    Uyg‘onish davri madaniyatining ahamiyati uning feodal tuzumi va cherkovga qarshi g‘oyaviy kurash olib borishi bilan belgilanadi. Shaxs erkinligi va uni cherkov sirtmog‘idan ozod etish hamda dun- yoviy madaniyat yaratish uchun o‘z bilim va kuchlarini sarf etgan bu titanlar – o‘zlarini gumanistlar (lotincha – humanis ya’ni insoniylik) deb atadilar.
    Inson shaxsini ulug‘lash, kishi ongini dinning sarqitlaridan to- zalash, tabiat va jamiyatni inson manfaatlariga xizmat ettirish uyg‘onish davrining muhim xususiyatlari hisoblanadi.
    Uyg‘onish davrining xususiyatlaridan yana biri antik madaniyat- ga bo‘dgan munosabatda namoyon bo‘ladi. Gumanistlar o‘zlarining ilg‘or fikrlarini asoslash va kelajakka ishonch bilan qadam tashlash uchun antik davr ulug‘ siymolari ijodiga murojaat qiladilar. Ular rim va grek adabiyoti janrlarining turli uslub shakllarigagina emas, balki ularning tarixiy manbalari, g‘oyaviy mazmuniga ham diqqatlarini qaratdilar. Italyan olim va yozuvchilari, jumladan birinchi guman- ist Bokachcho unutib yuborilgan qadimgi qo‘lyozmalarni qidirib topishga kirishdilar.
    Uyg‘onish davrining yana bir xususiyati shundaki, guman- istik adabiyotning rivoj topishi va uning realistik mazmunda bo‘lganligidadir. Gumanistlar antik manbalardan tenglik va adolat
    uchun kurash g‘oyalarini oldilar. Antik adabiyotning bunday xu- susiyatlaridan ta’sirlanish F.Rablening “Gargantyua va Pantagryul”, M.Servantesning “Don Kixot”, V.Shekspir va Q.Marloning tragedi- yalarida yaqqol gavdalanadi. Xalq turmushidan olingan tematik obraz va folklor motivlari Bokachcho va M.Novarskaya ijodida yaqqol ko‘zga tashlanadi.
    Uyg‘onish davri vakillari yangi gumanistik ideallar uchun kurash- da antik meros bilan bir qatorda ikkinchi zo‘r manba – xalq ijodidan ham foydalanganlar. Xalq yaratgan asarlarning mazmuni, obrazlar sistemasi, shakli, jamiyat hayotining turli tomonlarini xalq nuqtai nazaridan baholashi bilan gumanistlarga katta ta’sir etgan. Tenglik, adolat, vijdon erkinligi g‘oyalari va hayotni sevish, dunyo lazzatlar- idan foydalana olishni gumanistik yozuvchilar faqat folklordagina topadilar. Uyg‘onish davrining eng buyuk gumanist yozuvchilari Bokachcho, Ramble, Servantes va Shekspir ana shu tuganmas man- badan to‘la foydalanganlar.
    Ovrupa mamlakatlari gumanizmi va realistik san’atining shak- llanishida antik va xalq elementlari bilan bir qatorda italyan guman- izmi va adabiyoti ham katta rol o‘ynagan. Uyg‘onish davri avval Ital- iyada XVI asrda boshlangan bo‘lib, Fransiya, Germaniya, Ispaniya, Angliya va boshqa mamlakatlarda san’at va adabiyotning rivojlan- ishida antik meros, xalq ijodi bilan bir qatorda italyan gumanizmi, Petrarka va Bokkachcholarning roli ham nihoyatda katta bo‘lgan. Antik madaniy meros bilan qiziqish, xalq ijodidan foydalanishning o‘zi ham boshqa Ovrupa mamlakatlarida italyan gumanizmi ta’siri ostida boshlangan edi.
    Ovrupa Uyg‘onish harakatining ilk vatani – Italiyada kapitalis- tik sanoatning dastlabki shakli – manufaktura yuzaga keladi. Mam- lakatning bir qancha shaharlarida savdo-sotiq tez sur’atlar bilan rivojlanadi. Venetsiya va Genuya savdo bilan mashhur bo‘lgan bir vaqtda Florensiya sanoat va bank ishlari bilan shuhrat qozonadi. Bu yerda jun va ipakchilik sanoati avj oladi. Ishchilar bir korxonaga birlashtiriladi va ularni ekspluatatsiya qilish kuchayadi. Binobarin,
    bu davr dastlabki kapital to‘plash davri edi. Italiyada shahar-respub- lika tartiblarining g‘alaba qilishi, hunarmandchilikning va savdo- sotiqning tez rivojlanishi Renessans harakatining hammadan oldin shu mamlakatda yuzaga kelishiga zamin hozirladi.
    Mamlakat madaniy hayotida misli ko‘rilmagan yangiliklar yuz bera boshlaydi. XIII-XVI asrlar mobaynida Italiya shaharlarida 22 universitet ochiladi; ularda ilohiyot ilmi emas, balki huquqshunos- lik, meditsina fanlari o‘rgatiladi. Antik tarix, adabiyot va san’atni o‘rganish dunyoviy fanlarning rivojiga, shubhasiz, jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu o‘zgarishlar XV-XVI asrlarda buyuk geografik kash- fiyotlarni keltirib chiqaradi. Matematika, fizika, astronomiya fanlari sohasida erishilgan qator yutuqlar Uyg‘onish davrida faqat gumani- tar bilimlar emas, balki tibbiyot fanlarining ham rivojlanganligidan darak beradi.
    Italiya Uyg‘onish davri adabiyoti – dunyoni insonparvarlik nuqtaiy nazaridan talqin qilish, insonning o‘zini Parvardigor yarat- gan eng oliy va mahbub jonzot sifatida tasdiqlashi, odamzodning kuch-qudratiga ishonch, hurfikrlilik, xurofotlarga nafrat omili sifa- tida dunyoga keldi. Bu davr italyan adabiyotining atoqli namoyan- dalari Franchesko Petrarka va Jovanni Bokkachcholardir. Petrarka lotin tilini o‘rta asrlarda paydo bo‘lgan vulgar so‘z qatlamlaridan tozalagan bo‘lsa, Bokkachcho nasrda adabiy tilning yaratuvchisi bo‘ldi.
    Italiyadagi Uyg‘onish davrining eng gullab-yashnagan vaqti XVI asrning birinchi yarmiga to‘g‘ri keladi. Yagona italyan adabiy tilin- ing shakllanish jarayoni aynan shu davrda yakunlandi.
    Uyg‘onish davrida italyan tasviriy san’atida ham jiddiy burilish sodir bo‘ladi. Shaharlarning taraqqiy etishi natijasida arxitektura, haykaltaroshlik va rassomlik san’ati, badiiy adabiyot kamol topadi. Italyan gumanist yozuvchilari klerikal ruhdagi adabiyotdan foy- dalanib, diniy syujetlarni real voqelikka bog‘lashga intiladilar. Yangi tematikaga murojaat etish badiiy tasvir usullarini ham o‘zgartiradi. Bu hol, shubhasiz, o‘rta asr adabiyotidagi allegorizmdan realizmga
    qarab yo‘l ochadi. Garchi yangi zamonning birinchi shoiri Dante ijo- dida hali simvolistik tasvirlar mavjud bo‘lsa ham, lekin u asta-sekin kamayib boradi. Dastlabki gumanistlar – Petrarka va Bokachcho asarlarida mavhum simvolik iboralar ikkinchi o‘ringa qo‘yilib, real- izm esa birinchi o‘ringa chiqariladi, voqelikni tipik ravishda, xarak- terli detallar bilan aks ettirishga kirishiladi.
    Italiya Uyg‘onish davri adabiyotini o‘rganish florensiyalik mash- hur shoir Dante Aligeri(1265–1321) ijodidan boshlanadi. U ikki katta davr oralig‘ida yashab ijod qildi. Dante o‘rta asrlarning so‘nggi va shu bilan birga yangi zamonning eng avvalgi shoiri edi.
    Dante XIII-XIV asrlarda Italiyaning asosiy madaniy markazi bo‘lgan Florensiyada tug‘ildi. U she’riyatga erta kirib keldi va ijodin- ing ilk davrida provans shoirlari ta’sirida asarlar yaratdi. She’riyatda fors tili hukmron bo‘lgan bir muhitda Alisher Navoiy o‘zbek tilida ijod qilganday, Dante ham o‘z ona tili – italyan tilida ijod qilgan.
    Dante sevgilisi Beatrichega bag‘ishlab “Yangi hayot” she’riy to‘plamini (1283–1292) chop ettirdi va unga 30 ta sonet(o‘n to‘rtlik) va kanson(qo‘shiq) kiritdi. Shoir to‘plamda Florensiya go‘zali Bea- triche Portinarining o‘lmas she’riy obrazini yaratdi. She’rlar xro- nologik tartibda joylashtirilib, ularning mazmuni nasriy hikoyalar, falsafiy izohlar bilan sharhlangan.
    Shoir to‘qqiz yoshligida ilk bora o‘zi bilan tengdosh bo‘lgan Beatricheni uchratib, yoqtirib qoladi. To‘qqiz yildan so‘ng ular yana uchrashadilar, qizning ochiq chehra bilan ta’zim qilishi shoirni hayajonga soladi. Shu kuni u tush ko‘radi va uni birinchi sonetida tasvirlaydi. “Yangi hayot” to‘plami G‘arbiy Ovrupa adabiyotidagi birinchi avtobiografik qissa bo‘lib, unda shoir sevgan qalbning nozik ruhiy kechinmalarini ustalik bilan tahlil qila olgan.
    Dante Beatrichening vafotidan so‘ng ilmiy-falsafiy masala- lar bilan shug‘ullanadi. 1305-yili u roman tilshunosligi bo‘yicha dastlabki tadqiqot hisoblanuvchi – “Xalq nutqi haqida” risolasini, 1307–1308-yillari o‘zining mashhur “Ziyorat” traktatini yaratadi.
    “Ilohiy komediya” – Danteni butun dunyoga ma’lumu-mashhur
    qilgan, italyan she’riyatining buyuk durdonalaridan bo‘lib, shoirning o‘zi asarni “Komediya”(o‘rta asrlarda qayg‘u, g‘am bilan boshlanu- vchi, xursandchilik bilan yakunlanuvchi har qanday asar komediya deb atalgan) deb nomlagan. “Ilohiy komediya”ga kirgan dostonlar “Do‘zax”, “Arosat (A’rof)” va “Jannat” deb atalgan.
    Dante tasvirlagan “Do‘zax” (asarning birinchi qismi) yer marka- ziga voronka shaklida o‘yib tushirilgan joy bo‘lib, unda 9 pog‘onali chuqurlik bor. Gunohkor jonlar shu pog‘onali chuqurlarda azob chekadilar. Pastki pog‘onaga tusha borgan sari jon qattiqroq azo- blanadi. Muhimi shu yerdaki, Dante o‘zining siyosiy muholiflarini do‘zahga tashlaydi, ayniqsa, xristian dini ruhoniylarini qattiq qora- laydi va ularni do‘zaxning so‘nggi pog‘onalariga joylashtiradi.
    Dantening tasviricha, “A’rof” (poemaning ikkinchi qismi) yer kurrasiga qarama-qarshi joylashgan. Yer bilan uni katta okean ajratib turadi. Okean o‘rtasidagi orolda baland tog‘ bor. Tog‘ yetti pog‘onali bo‘lib, ulardan o‘tib borayotganida aybdorning bittadan gunohi yu- viladi, 7 pog‘onadan ko‘tarilganda 7 gunoh (mag‘rurlik, ichi qora- lik, g‘azab, umidsizlanish, tamagirlik, mechkaylik, buzg‘unchilik) yo‘qoladi va u jannatga chiqadi. “Jannat” ham 9 qavatga bo‘linadi, jon qancha yuqori pog‘onaga ko‘tarilsa, u go‘yo xudoning shuncha ko‘p marhamatiga muyassar bo‘ladi.
    Dante tabiat hodisalari tasviriga alohida ahamiyat beradi. “Do‘zax” dagi qayg‘uni aks ettirgan bo‘yoq va zulmat “A’rof”da ochiq va moviy osmon bilan almashadi. Dante “Jannat” dagi bog‘larni o‘z vatanidagi yashnagan go‘zal bog‘lar bilan taqqoslaydi. Dantening “Ilohiy komediya” sining kompozitsiyasi puxta ishlan- gan. Asar tuzilishida uchlik (poemaning uch qismdan tashkil topishi, uch yirtqich hayvon, iblisning uch yuzliligi, hatto she’rlarning ter- sina – uch misrali ekanligi) troitsa haqidagi xristian ideyasi simvoli sifatida ko‘rinsa ham, lekin asarning yaratilishida antik adabiyot
    manbalari asosiy rol o‘ynaydi.
    “Ilohiy komediya” nafaqat Dantening, shuningdek, butun o‘rta asrlar g‘arb she’riyatining eng nodir asaridir. Osiyoda “Ramayana”
    va “Shohnoma”, “Go‘ro‘g‘li” va “Xamsa” kabi buyuk asarlar dunyo madaniyati va she’riyatida qanday ahamiyat kasb etgan bo‘lsa, “Ilo- hiy komediya” Ovrupa va jahon madaniyati va she’riyatida shunday ahamiyat kasb etdi.
    Buyuk italyan shoiri Franchesko Petrarka (1304 – 1374)ning ijodi ilk Uyg‘onish davriga to‘g‘ri keladi. Uning ota-onasi Floren- siyalik bo‘lib, Dante kabi Oq gvelflar partiyasi tarafdorlari bo‘lgan va shahardan quvg‘in qilinishgan. Aretsso shahrida tug‘ilgan Pe- trarka, huquqshunoslikni Italiya universtetlarida o‘rgandi, biroq yurist bo‘lib ishlamadi. Antik madaniyat, uning tarixiga qiziqqan bo‘lajak shoir, lotin tilini mukammal o‘rgandi. U o‘z hayotini qad- imgi davr olimlari, rimlik shoir va faylasuflarning qo‘lyozmalarini tadqiq etishga bag‘ishlashga qaror qildi. Kutubxonalarga kirib ish- lash imkoniyatini unga ruhoniy rutbasi berar edi. Kardinal Jovanni Kolonni bilan birga Ovrupa ning ko‘plab mamlakatlari va shahar- larida bo‘lgan Petrarka, bir necha yil Fransiyaning janubida yashadi va o‘zining sevimli mashg‘uloti bilan shug‘ullandi. 1342-yili Rimda unga dafna daraxti yaproqlaridan shuhrat chambari taqdim etildi. Bu milliy shoirga bo‘lgan yuksak ehtirom edi. 1327-yilning 6-aprelida Avinon shahrida uning hayotidagi muhim voqealardan biri sodir bo‘ldi. Bu yerda u ilk bora Laura bilan uchrashdi. Go‘zal xonimning qiyofasi bir umrga qalbiga muhrlandi. Shoir unga bag‘ishlab ko‘plab she’rlar, sonetlar bitdi. Lauraga bag‘ishlangan she’rlari ikki qism: “Madonna Lauraning hayoti” va “Madonna Lauraning o‘limi” dan iborat bo‘lgan “Qo‘shiqlar kitobi” (1358) to‘plamida jamlagan.
    “Afrika” epik dostoni va buyuk rimliklar hayotiga bag‘ishlangan “Mashhur kishilar haqida” asari Petrarkaning qalamiga mansub. Shoir tiriklik chog‘laridayoq Italiya adabiy dunyosining yetakchi- siga aylandi.
    Biroq Petrarka jahon adabiyoti tarixida, avvalo, sonetlar muallifi
    sifatida nom qozondi.
    Sonet janri XIII asrda italyan she’riyatida paydo bo‘ldi. Dan- tening Beatrichega bag‘ishlangan she’rlari sonet shaklida yozilgan
    bo‘lsa-da, bu janrni XIV asrda Petrarka yuqori pog‘onaga ko‘tardi. Ovrupa dagi ko‘plab mamlakat shoirlari uning an’analarini davom ettirdilar.
    Sonet janri o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ular quyidagilar- dan iborat: sonet o‘n to‘rt misradan iborat bo‘lishi kerak. Ular to‘rt bandga bo‘linadi: ikkita birinchi va ikkinchi bandlar to‘rt qatorli bo‘lib, katrena deb ataladi, uchinchi va to‘rtinchi bandlar uch qatorli tersetlardan iborat. Petrarkaning sonetlari aynan shu tarzda qurilgan:

    Download 0,5 Mb.
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   135




    Download 0,5 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek

    Download 0,5 Mb.