O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek




Download 0,5 Mb.
bet56/135
Sana18.05.2024
Hajmi0,5 Mb.
#242139
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   135
Bog'liq
O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ul

Lyudovik XIV (1643–1715) zamonasida absolyutizm mustahka- mlanadi. Anarxiyaga chek qo‘yish, juz’iy narsalarni umumiylikka bo‘ysundirish absolyutizm himoyachilari ilgari surgan muhim ma- salalardandir. Siyosatdagi singari adabiyotda ham qatiqqo‘llik bilan ish tutiladi. Barcha ijodiy jarayonlar ma’lum qoidaga itoat ettiriladi. Klassitsizm yozuvchilari absolyut hokimiyat mamlakat milliy birligi manfaatlariga mos keladi, deb uni mustahkamlash g‘oyasini qo‘llaydilar. Ular qirollik siyosati bilan hisoblashishga majbur bo‘lganliklaridan qisman saroyga bog‘liq ham edilar. Lekin bulardan qat’iy nazar, ular ijodida davlat manfaatlarini ko‘zlash hamma vaqt birinchi o‘rinda turadi. Shuning uchun klassitsizm nazariyachilari va yozuvchilari mamlakat xalqi ruhini aks ettiruvchi adabiyot yarat- ishga intiladilar. Bu badiiy ijodning shakllanishida davrning ilg‘or ratsionalistik falsafasi, xususan, Dekartning “haqiqatini anglash uchun yagona mezon aql-idrokdir”, degan qarashlari katta ta’sir ko‘rsatadi. Shunga binoan, ular idrokni san’atga ham to‘g‘ri yo‘l belgilab beruvchi birdan-bir mezon deb hisoblab, uni his-tuyg‘uga
qarshi qo‘yadilar.
Fransiyada klassitsizm adabiy yo‘nalish sifatida to‘la qaror topib, adabiy jarayonda yyyetakchi mavqe egallagan bo‘lib, fran- suz klassitsizmi Ovrupa dagi boshqa xalqlar adabiyotlariga jiddiy ta’sir ko‘rsatgan. Fransiyada klassitsizm madaniyatining gullab-yas- hnashiga asos bo‘lgan qator omillar mavjud edi. Klassitsizm dav- lat va millat manfaatlariga to‘la mos edi. Mazkur sharoitda klassit- sizm hukumat tan olgan rasmiy va chin ma’noda yyyetakchi badiiy metod bo‘lib qoldi. Fransuz klassitsizmining gullab-yashnashiga asos bo‘lgan yana bir muhim omil Dekart ta’limoti bo‘lib, u XVII asr fransuz falsafiy tafakkurining cho‘qqisi hisoblanadi. Dekart fal- safada ratsionalizm oqimining asoschisi, unga ko‘ra, haqiqatning bosh mezoni va manbai ongdir. Ya’ni Dekart haqiqat manbai bor-



21 Quronov D, Mamajonov Z, Sheralieva M. Adabiyotshunoslik lug‘ati. – Toshkent: Akademnashr, 2010. -B.136.
liqda yoki tajribada emas, balki tafakkur qurilmalarida deb biladi. Shundan kelib chiqqan holda klassitsizmning asosiy tamoyillari bel- gilanadi. Ularga ko‘ra, san’at aql tomonidan qat’iy tartibga solinishi kerak, badiiy asar aqlga muvofiq va aniq tahlilga imkon beradigan tarzda qurilishi lozim, san’at asarining kuchi tafakkur qudrati va mantig‘i bilan belgilanadi.
Olamga xos muayyan qonuniyat asosidagi tartibot san’atda ham bo‘lishi lozim deb bilgan klassitsizm nazariyotchilari badiiy ijodda belgilangan qoidalarga og‘ishmay amal qilishni talab etadi.
Klassitsizm yozuvchilari mutlaq hokimiyat mamlakat milliy birligi manfaatlariga mos keladi deb, uni mustahkamlash g‘oyasini qo‘llaydilar.
Ular mualliflar tabiatga taqlid qilish kerak degan prinsipni ilgari surdilar. Lekin voqelikni «qo‘pol» tomonlariga emas, balki faqat go‘zal tabiatga taqlid qilishga chaqiradi. Klassitsizmda qahramonlar xarakteri umumiy va biryoqlamadir.
Klassitsizm nazariyasi bo‘yicha butun adabiy janrlar «yuksak» (tragediya, epos, qasida) va «tuban» (komediya, satira, epigramma) janrlarga bo‘linadi.
«Yuksak» janrlarda davlat ishlari, qirol va hukmron tabaqa va- killarining harakatlari tantanali uslubda tasvirlanishi kerak. «Tuban» janrlarda esa uchinchi toifa vakillarining kundalik turmushi kulgili manzaralarda aks ettirilishi lozim. Klassitsist yozuvchilar asar tilin- ing aniq, obrazlarning ratsional, kompozitsiyasining pishiq, uslub- ning qo‘pol iboralardan holi bo‘lishiga katta e’tibor beradilar. Biroq go‘zallikni idrok qilishda yagona mezon sifatida iste’dodga ortiqcha baho beradilar. Qahramonlarning oldindan belgilab qo‘yilgan sxema va logik qonunlarga ko‘ra «yaxshi» va «yomon»ga ajratilishi nati- jasida xarakterlarning hayotiyligi chegaralab qo‘yilgan.
Klassitsizmda muhim o‘rin egallagan drama janrida 3 birlik qo-
nuniga rioya etish talab etiladi:

  1. zamon (voqea bir kunda bo‘lishi kerak) birligi;

  2. makon (hodisalar bir joy, bir binoda bo‘lishi kerak) birligi;

  3. harakat (yagona syujet yo‘li) birligi.

Klassitsizm antik adabiyotga taqlid qilish asosida kelib chiqqan yo‘nalish hisoblanadi. “Gumanistlar qadimgi grek va Rim madani- yatini o‘rganish va uning ilg‘or g‘oyalarini targ‘ib etishda jiddiy ish qildilar. Biroq ularning antik san’at haqidagi nazariyalarida bir qa- tor nuqsonlar mavjud edi. Bunga sabab o‘rta asrlar adabiyotidagi milliy xususiyatlarni e’tiborga olmaslikdir. Shuning uchun klass- itsizm Fransiyadan boshqa mamlakatlarda o‘z rivoji uchun zamin topolmadi”22.
Klassitsist yozuvchilar Rim va grek san’atining yuqori bosq- ichiga ko‘tarilgan davrda yaratilgan asarlariga ergashib, o‘sha davr adabiyotining namunalari va qoidalarini o‘zgarmas, hamma davr uchun bir xilda xizmat qiluvchi va o‘rnak bo‘luvchi ijoddan iborat, deb ulug‘lab, ularning nazariy qarashlari va amaliy yutuqlarini qa- bul qildilar. Biroq, mavhum g‘oyalarni ideallashtirish, davrning real hayotidan uzoqlashib, xalq turmushidan ajralib qolish, janrlarni qat- tiq logik qonunlarga bo‘ysundirish klassitsizm adabiyotini cheklab qo‘ygan edi.



Download 0,5 Mb.
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   135




Download 0,5 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek

Download 0,5 Mb.