O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek




Download 0,5 Mb.
bet53/135
Sana18.05.2024
Hajmi0,5 Mb.
#242139
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   135
Bog'liq
O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ul

Vilyam Shekspir (1564–1616). Vilyam Shekspir 1564-yilda Angliyaning Stretford shaharchasida qo‘lqopsoz kosib Jon Shek- spir oilasida dunyoga kelgan. U dastlabki ma’lumotni “Grammatika maktabi”da olib, lotin tilini o‘rganadi va qadimgi Rim shoirlarining asarlarini katta qiziqish bilan o‘qiydi.
1587-yili London teatriga ishga kirib, sahna xizmatchisidan re- jissyorgacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tgan. Aynan shu davrdan Shek- spirning ijodiy faoliyati boshlangan. Dastlab pyesalarni qayta ishlab sahnalashtirish bilan shug‘ullangan bo‘lsa, keyinroq o‘zi dramatik asarlar yoza boshladi va tez orada dramaturg sifatida nom qozondi. 1599-yilda Shekspir “Globus” teatriga qabul qilindi va o‘zining eng sara asarlarini ushbu teatrda sahnalashtirgan.
Shekspirning adabiy faoliyati uch davrga bo‘linadi. Hammasi bo‘lib u ikki poema, 154 sonet va 37 pyesa yaratdi. Shekspirning adabiy faoliyati “Venera va Adonis”, “Lukretsiya” poemalari va qa- tor sonetlar yozishdan boshlangan. Har ikki poemaning syujeti antik davr tarixi va mifologiyasidan olingan bo‘lsa ham, ularda Uyg‘onish davri ruhi aks etgan. “Venera va Adonis” (1593) poemasida kishining his-tuyg‘ulari va tabiat manzaralari real tasvirlangan. Kitobda mu-
habbat va go‘zallik ma’budasi Veneraning ko‘rkam yigit Adonisga muhabbati aks ettiriladi. Biroq yigit Veneraning ehtirosli sevgisiga e’tibor bermaydi. Uning istaklarini rad qiladi. Ovga mehr qo‘ygan Adonis Veneraning ogohlantirishlariga quloq solmaydi. Natijada bir kuni ov qilib yurgan vaqtida uni yovvoyi to‘ng‘iz yorib halok etadi. Veneraning hayotga bo‘lgan ehtirosi poemaning markaziy mavzusi- dir. Bu ma’buda tabiat ramzi hisoblanadi. Yam-yashil dalalar, go‘zal o‘tloqlar, qushlarning yoqimli sayrashlari Veneraning hayotbaxsh intilishlari bilan uyg‘unlashib ketadi. Adonisning o‘limi uning tabi- atga zid xatti-harakatlarining oqibati deb qaraladi, poemada bu du- nyo quvonchi o‘rta asr tarkidunyochiligiga qarshi qo‘yiladi.
Shekspir 1609-yilda 154 sonetdan iborat to‘plamini nashr ettirdi. Uning ilk sonetlarida Italiya Uyg‘onish davri poeziyasining dast- labki vakili Petrarkaning ta’siri ko‘rinsa ham, lekin Shekspir ijodiy evolyutsiyasi davomida bu janrning shartli belgilari doirasini yorib chiqib, sonetlarni yangi mazmun bilan boyitdi. Shekspir sonetlari zamondosh Renessans shoirlari Sidney va Spenser sonetlaridan farq qiladi. Chunki ularning lirik ijodida umumlashtiruvchi holat yo‘q edi. Shekspirning lirik qahramoni o‘ziga xos xususiyatlari bilan nam- oyon bo‘luvchi takrorlanmas hayotiy obrazlardir. Shoir Uyg‘onish davri kishilarining asosiy xususiyatlari – sevgi va do‘stlik, ularning xushchaqchaq hayotga intilishlari, fikr va his-tuyg‘ularini aks etti- radi.
“shirin so‘z” deb ataganlar. To‘plamning 66-sonetida lirik ha- rorat tovushlar garmoniyasi orqali to‘la ochiladi. Bir o‘rinda nafrat, qiziqqonlik, ikkinchi holda vazminlik hukmron. Uning ba’zi sonet- larida dramatik va lirik holat uyg‘unligi namoyon bo‘ladi.
Shekspir merosini olimlar uch davrga bo‘lib o‘rganadilar. Birin- chi davrga adibning 1591–1601-yillarda yozgan “Venera va Adonis” (1593), “Lukretsiya” poemalari (1594), 154 sonet (1609) va tarixiy xronikalari kiradi.
Dramaturgning XVI asr tarixchisi Xolenshadning “Angliya, Shot- landiya va Irlandiya xronikalari” (1377) dan olingan ma’lumotlar
asosida yozilgan 10 ta dramasi tarixiy xronikalar deb atalgan turku- mini tashkil etadi.
Shekspirning “Richard III” (1592), “Genrix IV” (1600), “Gen- rix V” (1599) tarixiy dramalari xronika janrining yuksak namunalari sanaladi Shuningdek, Shekspir bu davrda o‘zining “Tit Andronik” (1594), “Romeo va Juletta” (1595), “Yuliy Sezar” (1599) fojealarini, “Qiyiq qizning quyilishi” (1594), “Yoz oqshomidagi tush” (15994– 1595), “Venetsiyalik savdogar” (1595), “Vindzorlik nozaninlar” (1597), “Yo‘q narsadan bir talay g‘avg‘o” (1598–1599), “Bu sizga yoqadimi?” (1599–1600), “O‘n ikkinchi kecha yoki turfa hangoma- lar” (1690) nomli komediyalarini ham yaratgan.
Adib ijodining ikkinchi davriga uning 1601–1608-yillarda yarat- gan mashhur sahna asrlari kiradi. Ular “Hamlet” (1600–1601), “Otello” (1604), “Qirol Lir” (1605–1606), “Makbet” (1606), “An- toniy va Kleopatra” (1607), “Koriolan” (1608), “Afinalik Timon” (1608) fojialaridir.
Shekspir ijodining uchinchi davriga mansub asar “Perikl” (Peri- clus) 1608–1612-yillarda yozilgan, “Sembelin” (1609–1610), “Qish ertagi” (1610–1611), “Bo‘ron” (1611) tragikomediyalari hisobla- nadi.
Shekspir tragediyalarining eng mashhuri “Hamlet” tragediyasi hisoblanadi. Tragediyada tasvirlangan O‘rta asr Daniyasi shartli, ramziy ma’noga ega bo‘lib, Daniya orqali butun Angliya, qirol sa- royi, ingliz aristokratiyasi tasvirlanadi. Dramaturg o‘z davri ruhini chuqur anglab yetgan va uni san’at vositalari orqali ifodalay olgan. Shekspir o‘z zamonasi oldinga surgan masalalar, voqea va xarakter- larni yuksak ijtimoiy-falsafiy umumlashtirishlar darajasiga ko‘tardi, kichik davlatda bo‘lib o‘tgan shaxsiy masala orqali Renessansning so‘nggi davrlarida Ovrupa mamlakatlarining hammasida ro‘y be- rayotgan ijtimoiy-siyosiy krizis, umumjahon tarixiy ahamiyatiga ega bo‘lgan ziddiyatlar, asrlar davom etgan ijtimoiy-iqtisodiy fo- matsiyalar almashishi jarayonini ifoda ettirgan. Albatta, tragediyan- ing mazmuni to‘g‘ridan-to‘g‘ri bu jarayonni tasvirlamaydi, ammo
personajlarning psixologiyasi, fikr-tuyg‘ulari, xatti-harakatlarida chuqur ma’no bor, pyesada ana shu ulkan o‘zgarishlarning kishilar ongiga qanday ta’sir etayotganligi badiiy vositalar orqali aks ettiril- gan. Hamlet uchun masala qirolning qatl etilishi, o‘ch olishda emas, balki nima uchun shunday bo‘ldi, insonning burchi, yashashning ma’nosi nimadan iborat ekanligini anglab yetishida.
Shekspir “Hamlet”i shoh asar deb tanilishining sababi unda jami- yatning eng katta muammolari – tarix, davlat, siyosat, falsafa, axloq, odob, estetika, din masalalarini qamrab, bularning hammasini san’at tili bilan insonning ruhiy kechinmalari orqali berilishidir.
Dunyo adabiyoti tarixida hali hech qaysi asar haqida shunchal- ik ko‘p va shunchalik qarama-qarshi tadqiqot yaratilgan emas (1877–1935-yillar orasida ikki mingdan ortiq kitob va maqolalar yozilgan).
Shekspir asarlari XX asrning 30–40 yillaridan boshlab, taniqli o‘zbek adiblari tomonidan ona tilimizga tarjima qilina boshlan- gan. Ayniqsa uning asarlari G‘.G‘ulom, M.Shayxzoda, Uyg‘un, B.Boyqobilov, J.Kamol tomonidan mahorat bilan o‘zbek tiliga o‘girilgan.
Demak, Uyg‘onish davrida Ovrupa madaniyati, ilm-fani, san’ati beqiyos darajada rivojlandi va yuksaldi. Antik merosni o‘zlashtirgan Uyg‘onish davri vakillari poetik prinsplarni shakllana boshlagan milliy adabiyotlar nuqtaiy nazaridan idrok qildilar. Adabiyot va jamiyat munosabatlari, so‘z san’atining ijtimoiy hayotdagi o‘rni va vazifalari yangicha talqin qilinib nasroniy cherkovining adabiyot- ga ta’siri susaya bordi. Aynan shu davrda “Adabiy til” tushunchasi paydo bo‘ldi va uning umumxalq tili bilan munosabati masalasiga oydinlik kiritildi, badiiy ijodning individual tabiati, san’atkorning ijodiy erkinligi e’tirof etildi, poeziya mavjudligining asosi sifatida inson – ijodkor markazga qo‘yildi. Natijada jahon adabiyoti tarixida muhim bosqich sanalgan Uyg‘onish adabiyoti keyingi davrlar ad- abiyotiga ijobiy ta’sirini o‘tkazdi.

Download 0,5 Mb.
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   135




Download 0,5 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek

Download 0,5 Mb.