• Servantes (1547–1616y.).
  • O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek




    Download 0,5 Mb.
    bet51/135
    Sana18.05.2024
    Hajmi0,5 Mb.
    #242139
    1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   135
    Bog'liq
    O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ul

    Ispan adabiyoti




    Ispaniya Uyg‘onishi (shuningdek, 1580–1640-yy. ispan qirollari qo‘l ostida bo‘lgan Portugaliya) o‘ziga xos xususiyati bilan ajralib turadi. XV asrning ikkinchi yarmida bu yerda kapitalistik munosa- batlar shakllana boshladi, sanoat va tashqi savdo aloqalari o‘sdi, feo- dal munosabatlar inqirozga yuz tutdi.
    Ispan ma’rifatparvarligi va gumanizmining o‘ziga xos tomonlari quyidagilarda namoyon bo‘ladi:

    • rekonkista harakatining Ispaniyani turli viloyatlarida turli davr- larda bo‘lishi oqibatida mustaqillikka erishgan ispan viloyatlarida qonunlar, urf-odatlar turlicha bo‘lishiga olib keldi. Qaytarib olingan yerlarda va bu yerda barpo bo‘lgan shaharlarda dehqonlar va shaha- rlar bir-biridan farq qiluvchi huquq va erkinlikka ega bo‘ldilar. Nati- jada turli viloyatlar bilan qirollik o‘rtasida ziddiyatlar paydo bo‘ldi.

    • XVI asrda Ispan sanoati keskin qisqardi. Buning asosiy sababi Amerikaning ochilishi va mamlakatga oltinning ko‘plab keltirilishi bo‘ldi. Ispanlar uchun o‘zida ishlab chiqarishdan ko‘ra chetdan tovar olib kelish qulay edi. Dehqonchilikka ham putur yetib, yer katta feo- dallarning qo‘liga o‘ta boshladi. Ko‘plab dehqonlar baxt izlab yangi yerlarga keta boshladilar.

    Ispan absolyutizmi (ayniqsa, qirol Karl I davrida) dunyo hokimli- giga intilar ekan, bunda uni harbiy kuch va katolik cherkovi qo‘llab- quvvatlar edi. Lekin Ispaniya XVII asrning ikkichi yarmida Ovrupa ning ikkinchi darajali davlatiga aylanib qoldi. Ispaniya Uyg‘onishi quyidagi davrlarga bo‘linadi:

    • Ilk Uyg‘onish davri (1475–1550-y.);

    • Rivojlangan Uyg‘onish davri (1550-XVII asrning boshlari). Ispan Renessans she’riyatida lirika va epik doston turlari rivoj-

    landi. XVI asrning 30-yillarida shoirlar Boskan va Gosilaso dela-Ve- lar italyan poetik formalarini (kansona, elegiya, eklog, noma, sonet) ispan adabiyotiga olib kirdilar.
    Servantes (1547–1616y.). Barcha zamonlar va barcha xalqlar ad- abiyotining eng ulug‘ asari deya e’tirof etilgan “Don Kixot” roma- nining muallifi Migel de Servantes Saavedra Ispaniyaning Alkala de Enares shahrida tabib oilasida tug‘ilgan. Universitetni tamomlagach, papaning Ispaniyadagi elchisi kardinal Akvaviva xizmatiga kira- di. Kardinalning o‘limidan keyin Italiyadagi ispan armiyasi safiga qo‘shiladi va 1571-yili Lepanto jangida ishtirok etib, qahramonlik namunalarini ko‘rsatadi, chap qo‘lidan yaralanadi. 1574-yili Ispani- yaga qaytayotib Jazoir korsar(qaroqchi)lari qo‘liga tushib qolib, 5 yil asirlikda bo‘ladi. Vataniga qaytgach, teatr uchun pyesalar, badav- lat odamlarga bag‘ishlab she’rlar yoza boshladi. 1597-1603-yillarda qamoqda, hayotining oxirgi 15 yili moddiy qiyinchiliklarda o‘tdi.
    1605-yili “Ayyor Idalgo Lamanchlik Don Kixot” dohiyona ro- manining birinchi qismi chop etilgan bo‘lsa, 1616-yili romanning ikkinchi qismi yozib tugatildi. Adibning “Ibratli novellalar” (1613) nomli hajviy hikoyalari, podachilar hayotidan yozilgan “Galateya” romani va “Persiles ham Sigizmunda” kabi asarlari ham dunyo o‘quvchilarining diqqat markazida turadi.
    Mana to‘rt yuz yildirki, har bir zamon va har qaysi makonda “Lamanchlik Don Kixot” xilma-xil tushuntiriladi, har bir xalq, har bir kitobxon uni o‘z dunyoqarashi va saviyasiga qarab baholaydi, talqin etadi. Roman haqida minglab ilmiy kitoblar yozilgan, yuzlab taqlidiy asarlar yaratilgan, uning asosida ko‘pdan ko‘p baletlar, op- eralar, drama va kinofilmlar, musiqiy asarlar, haykal va rangtasvir asarlari yaratilgan.
    Antik klassik va Uyg‘onish davri adabiyoti bilan yaqindan tan- ishish, harbiy xizmat va urushlarda qatnashish, Jazoirdagi besh yillik tutqunlik hamda boshqa ko‘p muhtojlik va mashaqqatlar Servantes dunyoqarashining gumanistik xarakterda shakllanishiga va uning yirik realist yozuvchi bo‘lib yetishishiga ta’sir qildi. Servantesning
    adabiy dahosi uning «Don Kixot» asarida yorqin ifodalangan.
    «Don Kixot» romanining yaratilishi ispan madaniy hayotida juda katta voqea bo‘ladi. Asarning muqaddimasida Servantes «ritsar ro- manlarini sidirg‘asiga fosh etish» va ularning «qulay deb turgan iste- hkomini ag‘darish»ni asosiy g‘oyaviy maqsad qilib ko‘yadi.«Don Kixot», garchi o‘rta asr ritsar romanlariga parodiya sifatida yara- tilsa ham, lekin uning mazmuni nihoyatda keng bo‘lib, butun feo- dal jamiyati va uning urf-odatlariga qaqshatqich zarba bergan ochiq satiraga aylanadi. Asar yozilgan paytda ham, undan avvalgi 5–6 asr mobaynida ham Ovrupa xalqlari adabiyotida ritsarlar hayotiga bag‘ishlangan roman, dostonlarga qiziqish katta bo‘lgan. Xalq ora- sida ritsarlar hayotiga, jangovar qahramonliklarga, jasoratga to‘la hayotga intilish, ehtiyoj kuchli edi.
    Ovrupa romantizmining yirik namoyandalari Gyugo, Bayron va boshqa yozuvchilar ham bu o‘lmas asarga yuqori baho berganlar. Servantes va uning «Don Kixot» romani haqida ko‘plab qimmatli fikrlarni bayon qilgan kishilardan biri Genrix Geyne edi. U Servan- tesni Shekspir, Gyote qatoriga qo‘ydi.Servantes o‘rta asr ritsar ro- manlariga qaqshatqich zarba beribgina qolmasdan, yangi tipdagi re- alistik romanchilikka asos soldi. Xalqning turmushini yaxshi bilish, gumanistik g‘oyalarni targ‘ib qilish uchun unga keng imkoniyatlar yaratdi, ijodining kamol topishiga yordam berdi. Bunday yutuqqa u asarining tanqidiy yo‘nalishi bilangina emas, uning badiiy qimmati tufayli ham erishdi.



    Download 0,5 Mb.
    1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   135




    Download 0,5 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek

    Download 0,5 Mb.