|
O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek
|
bet | 52/135 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 0,5 Mb. | | #242139 |
Bog'liq O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ul Angliyada Uyg‘onish adabiyoti
Angliyada gumanistik madaniyat yaratish uchun kurash XV asrda boshlangan bo‘lsa-da, Oq va Qizil gul feodal urushlari uning taraqqiyotini deyarli bir asr orqaga surdi. Gumanistik g‘oyalarning markazi avval Oksford, keyin Kembrij universitetlarida edi. Tyudor- lar sulolasidan bo‘lgan Genrix VII va Genrix VIII lar davrida mutlaq hokimyat kuchaydi. Mamlakatni qirolicha Yelizaveta (1558–1603)
boshqargan yillarda Angliya iqtisodiyoti tez sur’atlar bilan rivojlan- gan. 1588-yili ispanlarning Buyuk Armadasini tor-mor qilgan Angli- ya uchun dengiz yo‘llarining barchasi osonlik bilan ochila boshladi. Ilk ingliz Uyg‘onish davrining namoyandasi Tomas Mor (1478– 1535) edi. Uning eng mashhur kitobi “Yangi Utopiya oroli haqida” (1516-y.) asaridir. “Utopiyada” yozuvchi o‘z davridagi jamiyat haq-
ida tanqidiy fikrlar bildirgan.
T.Mordan keyin utopiya mavzusida bir qator asarlar yaratildi.T.Kamponellaning “Quyosh shahri”, F.Bekonning “Yangi Atlantida”, Garingtonning “Okean”, E.Kabening “Ikariyaga sayo- hat” asarlari shular jumlasidandir.
Genri Govard Sarri ,asosan, sonet janrida ijod qildi. Petrarka sonetlaridagi Laura syujetlarining qahramoni Jeraldining o‘ziga xos proobrazi bo‘lib xizmat qildi. Genri Sarri ingliz adabiyotiga oq she’rni olib kirdi, “Eneida”ni ingliz tiliga tarjima qildi. Keyinchalik K.Marlo va U.Shekspir ham o‘z tragediyalarida oq she’rdan foyda- landilar. XVI asrda Angliyada dramaturgiya gullab yashnadi. Ingliz teatri xalq manfaatlarini ifoda qilganligi sababli, xalq orasida katta shuhrat qozondi. Asr oxiriga kelib Angliyada 20 dan ortiq teatr ma- vjud edi. Bu davrda Kristofer Marlo tragediya janrida samarali ijod qildi.
Uyg‘onish davrida Angliyada dunyoviy mazmundagi realistik, milliy xarakterdagi boy adabiyot yaratiladi. Bu davrda antik avtor- larning turli asarlari bilan bir qatorda italyan, fransuz, ispan va ne- mis tillaridagi qator asarlar ingliz tiliga tarjima qilinadi.
Kristofer Marlo (1564–1593) kenterberilik etikdo‘zning o‘g‘li bo‘lib, Kembrij universitetida ta’lim olgan, lotin, grek tillari, adabiy- oti va turli fanlarni astoydil o‘rgangan tom ma’nodagi gumanist edi. U 1587-yili Londonga keladi va faoliyatini dramalar yaratish bilan boshlaydi. Shu yiliyoq “Sohibqiron Temur” tragediyasini yaratadi, pyesaning muvaffaqiyati nihoyatda katta bo‘lganidan ikkinchi qis- mini ham yozadi. Birin-ketin dramaturg “Doktor Faustning fojiali tarixi», “Maltalik yahudiy”, “Eduard II”, “Parij qirg‘ini” va “Karf-
agen qirolichasi Didona” tragediyalarini yaratib, ingliz dramatik san’atida burilish yasaydi. Katta talant egasi bo‘lgan Marlo Yeliza- veta tuzumi uchun xavfli edi. 1593-yili u maxfiy politsiya agentlari tomonidan o‘ldiriladi. Ingliz Uyg‘onish davri tragediyasining asos- chisi Marlo ijodi erksevarlik va demokratiya ruhi bilan sug‘orilgan edi. Uning “Sohibqiron Temur” asari Amir Temur haqidagi birinchi badiiy asar hisoblanadi. Umuman, ingliz dramasi, shu jumladan, Shekspir ham Marlodan ko‘p narsani o‘rgandi. Lir, Makbet, Ko- riolan, afinalik Timon obrazlarining prototiplari Marlo qahramon- laridir. Undan tashqari, pyesa kompozitsiyasini tuzish, voqealarni taqsimlash, tragediyalarda oq she’rni qo‘llash kabi badiiy usullarni italyan adabiyotidan o‘rganib, ingliz dramasida birinchi qo‘llagan va shu yo‘l bilan dramatik poeziyaning ta’sirchanligini oshirgan Marlo Shekspirgacha bo‘lgan dramaturgiyaning yirik vakilidir.
|
| |