|
O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek
|
bet | 60/135 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 0,5 Mb. | | #242139 |
Bog'liq O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulRasin (1639–1699). 1667-yilda «Andromaxa» tragediyasi sahna- ga qo‘yiladi. Kornel tragediyalarining qahramonlari o‘z xarakterlari
g‘oyalari bilan tomoshabinni asir etgan bo‘lsa, Rasin tragediyada insonlar qanday bo‘lsa, shundayligicha (Kornel qanday bo‘lishi haq- ida) tasvirlaydi.
Rasin 1658-yilda Parijga keladi. 1664-yilda «Fivaida» tragediyasi shuhrat keltirmaydi. 1665-yilda yozilgan «Aleksandr» tragediyasi,
«Britanik» – hokimiyatni suiste’mol qilish, despotizm asorati haqi- dagi tragediyalar bo‘lib, ularda Rim tarixi – Neron hukmronligi davri tasvirlandi.
1677-yilda «Fedre» tragediyasi yaratildi. Asarning syujeti qadim- gi yunon mifidan olingan. (Evripidda «Ipolit») 1670-yilda Kornel va Rasin bir syujetda ikki asar – «Tit va Berenika», «Berinika» tragedi- yalarini yaratadilar. Bu musobaqada Rasin pyesasi ustun chiqadi.
«Berenika» tragediyasida Rasin shaxsiy manfaat va ijtimoiy burch bir-biriga zid kelmasligi va monarxiya tuzumining gumanizmiga zid ekanligini ko‘rsatadi. Saroy intrigalari natijasida Rasinning eng
yaxshi tragediyasi – «Fedra» muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Bundan so‘ng yozuvchi dramaturgiyani tashlaydi. 12 yildan so‘ng qizlar pan- sionini boshlig‘i De Montenoi xonim iltimosi bilan «Esfir» tragedi- yasini yaratadi. 1661-yil so‘nggi asari – «Ataliya»ni yaratadi.Uning so‘nggi asari Lyudovik XIV ni g‘azablantirdi va yozuvchi hayotining so‘nggi yillari osoyishta o‘tmadi. 1699-yili vafot etadi.
«Andromaxa» (1667) ppyesaning syujeti antik mifologiyadan olingan. Asarning bosh qahramoni Troya pahlavoni Gektorning xotini Andromaxadir. Uning yosh o‘g‘li (Astianaks)bilan Gektorni o‘ldirgan Axillesning o‘g‘li Pirr qo‘liga asir tushish voqealari tas- virlanadi. Pirrda Andromaxa muhabbat uyg‘otadi. Shoh Meneay va qizi Germiska Pirr Andromaxaga uylanishini eshitib, undan o‘ch olishni Orestga topshiradi. Nikoh rasmiyati o‘tkazilayotgan bir paytda Orest Pirrni o‘ldiradi. Bundan so‘ng Germiono ham o‘zini halok etadi.
Rasin qadimgi syujetni olib, unga yangi ma’no kiritdi. Shoh, Pirr, Germiono va Orest obrazlari orqali davlat manfaatlarini unit- gan, egoist hokimiyatni tanqid qildi. Burch va istak (his) orasidagi kurash tasvirlanadi. Fedra Tezeyning xotini, Ippolit uning o‘gay o‘g‘li bo‘ladi. Fedra Ipolitni sevib qoladi. Evripiddan farqli, Rasin asarga enaga obrazini kiritgan. Qahramonlarni ichki kurashini aniq ifodalaydi. Tragediyada qahramonlar sodir etadigan kichik xatolar, hatto jinoyat haqidagi o‘ylar ham o‘z jazosini oladi.
Kardinal Mazarini yaqinlari Rasin ustidan kulmoqchi bo‘lib, shoir Pradonga xuddi ana shu mavzuda pyesa yozishni talab etadi. Pra- don pyesasi kuni teatr odam bilan to‘ladi. Rasinning «Fedrasi» kuni esa bo‘m-bo‘sh bo‘ladi. Rasin bundan qattiq achchiqlanib, bundan buyon pyesa yozmaslikka ahd qiladi.
12 yildan so‘ng Montenon xonimining talabiga ko‘ra (Lyudovik XIVning xotini ) Pansion qizlari uchun «Esfir» pyesasini yozadi. 1690-yili Rasinning so‘nggi tragediyasi – «Ataliya» yaratiladi.Rasin ijodi davomida antik adabiyot mualliflariga murojaat etadi, ulardan o‘rganadi, zavqlanadi. U asarlarida Kornel kabi «yetuk» qahramon- larni emas, balki (ijtimoiy jihatdan ham, psixologik jihatdan ham)
o‘rta tabaqa odamlarini, ularning ojiz tomonlarini aks ettiradi. Rasin umrini kambag‘alchilikda tugatdi.
Fransuz milliy teatrining asoschisi, buyuk komediograf Jan Ba- tist Molyer (1622–1673). Parijda savdogar oilasida tug‘ildi. O‘z familiyasi Pokler. Otasi Molyerni o‘z ishini davom ettirishini istaydi. 1643-yil teatr gruppasini yig‘adi va unga «Yaltiroq teatr» deb nom qo‘yadi. Gruppa uzoq faoliyat olib bormaydi. Sababi mablag‘ning yo‘qligi, yangi pyesalar va iste’dodli aktyorlarning yetishmasligi edi. Do‘stlari bilan ko‘chib yuruvchi Provinsiya komendiantlar gruppa-
siga qo‘shiladi va o‘zi ham pyesalar yozishga kirishdi.
1655-yilda Lionda birinchi pyesalaridan biri «Telba»ni sahnaga
qo‘yadi.
Avvaliga mustaqil badiiy ijod haqida o‘ylamagan, o‘z grup- pasining repertuari kambag‘illigi uchun qo‘liga qalam olib Italiya farslarini fransuz muhitiga moslashtirgan Molyer, bor-bora original, mustaqil asrlar yarata boshlaydi. Fransiyaning buyuk komediyagrafi shunday dunyoga keladi.
1658-yilda truppa Parijda qirol oldida spektakl qo‘yishadi. Trup- pani Parijda qolishiga ruhsat berishadi. (Pti Burbon Teatrida – xaftada 3-marta). Truppa 1660-yilda Pale Royal teatridan joy oladi.Bino teatr talablariga javob bermaydi. Hatto bir asrdan so‘ng ham Volter «Fran- siyada yaxshi pyesalar bor, yaxshi teatr binolari esa Italiyada» – de- gan edi.
Molyer Parijdagi 14 yillik hayoti davomida 30 dan ortiq pyesa yozadi. U 52 yoshida, betob bo‘lishiga qaramay, «Yolg‘on kasal» py- esasida bosh rolni ijro etib, teatrda vafot etadi.
Molyer fransuz xalq farsi traditsiyasi bilan Rim komediyalarin- ing eng yaxshi namunalarini tanqidiy o‘zlashtirish asosida fransuz klassik komediyasini yaratadi. U klassitsizm nazariyotchilarining tragediyani «yuqori», komediyani «tuban» janr deb ko‘rsatishlariga qarshi chiqadi.
U teatrni «jamiyat oynasi» deb ataydi. “Tartyuf” asariga yozilgan so‘z boshida Molyer teatrning tarbiyaviy ahamiyatiga yuksak baho beradi. Komediyaning vazifasi kishilarni kuldirib turib, ulardagi
nuqsonlarni tuzatishdan iboratdir. Bu ikki vazifadan birining ado etilmasligi komediyaning ta’sir kuchini yo‘qqa chiqaradi. Molyer komediyalarida uch birlik qonuniga hamma vaqt ham amal qilaver- maydi.
1659-yilda birinchi original asari «Kulgili norzaninlar» ni yarat- di. Bunda yozuvchi o‘z zamonasi ayollarini peretsioz adabiyotga juda ham mukkasidan ketganligini kulgiga oladi. Molyer «Tartyuf»,
«Don Juan», «Mizontrop», «Hasis», «Dvoreyanlikdagi meshchan»,
«Zo‘raki tabib» kabi asarlari uni nomini mashhur qiladi. Uning eng mashhur asari – «Tartyuf» 1664-yilda yaratilgan. Molyer komedi- yalarini o‘qimagan kishilarga ham Tartyuf ismi yaxshi tanish bo‘lib, u ikkiyuzlamachilik timsoli sanaladi.Asar o‘sha davr sharoitidan kelib chiqib, bir necha marta qayta ishlangan. Bu komediyada Molyer yuqori tabaqa vakillari ichida avj olgan riyokorlik va munofiqlik si- fatlarini Tartyuf obrazi orqali ochib bergan. Asar savdogar Organning Tartyuf bilan ibodatxonada tanishuvi, uyiga olib ketishi voqealari bi- lan boshlanadi. Organning o‘g‘li Damis, Xizmatkor qiz Dorina, qizi Mariannalar bu odamni firibgar ekanligini sezishadi. Ammo otasi ularga so‘z bermaydi. O‘g‘lini uyidan quvib, mol-mulkini Tortyufga xat qilib beradi. Asar oxirida Organ Tartyufni soxta taqvodor ekanini biladi va uyidan haydaydi, ammo bu uy unga tegishli ekanligini ay- tadi va Organni quvib chiqarish maqsadida sud chinovnigini aytib keladi. Biroq kutilmaganda «odil monax» buyrug‘i bilan aldoqchin- ing o‘zi qamoqqa olinadi.
«Tartyuf» komediyasi klassitsizm xarakteralar komediyasining tipik namunasi bo‘lib, Tartyufning ikkiyuzlamachiligi, Garponning hasisligi («Hasis») kabi mutlaq hirsdir.Yozuvchining diqqati inson xarakterini ochish emas, balki ilgaridan belgilab qo‘yilgan Tartyuf xarakterining bir nuqtasini ko‘rsatishga qaratilgan. Bu klassitsizm teatrining asosiy belgilaridan biri edi.
1665-yilda yaratilgan «Don Juan» komediyasi (ikki hafta ichida yozilgan) ham taqiqlanadi. Don Juan Tartyuf singari munofiq va ax- loqiy jihatdan buzilgan dvoryan edi.
«Don Juan» Molyerning klassitsizm qoidalari qobig‘ini yorib chiqqan yirik realistik asari. Buni turmushning keng tasvirlanishida, uch birlikka rioya etmaslikda, qahramonlar xarakterining rivojlanib borishida ko‘rishimiz mumkin, klassitsizm qoidasiga binoan, ko- mediya she’riy yo‘l bilan emas, balki prozada yozilishi kerak edi. Don Juan obrazining jahon adabiyotida yuzdan ortiq varianti bor.
«Dvoryanlikdagi meshchan» (1670) pyesasida Jurden obrazi orqali aristokratiya hayotiga taqlid qilib dvoryanlikka suqilib kiruv- chi meshchan masxara qilinadi. U o‘ziga musiqa, raqs, qilichbozlik, falsafa bo‘yicha muallimlar yollaydi. Jurden aristokrat doirasidan chiqqan Dorant kabi kishilar bilan aloqa qilinayotgani uchun faxr- lanadi. Dorant uchun u «sog‘im sigir»ga aylanib qolgan edi.Yosh yigit Kleant Judenni qizi Lyusilni sevadi. Ammo ota yigitni dvoryan emasligi uchun qizini bermaydi. Komediya oxirida Kleant turkcha kiyinib, o‘zini turk sultonining o‘g‘li deb tanishtiradi va Jurdenni bo- plab laqillatadi.
asr fransuz adabiyotining yirik vakili, mashhur masalchi shoir Jan Lafonten (1621–1695)dir. Lafontenning adabiy faoliyati kech boshlanadi. U o‘ttiz uch yoshida Terensiyning «Evnux» ko- mediyasini qayta ishlaydi. Bu pyesa avtorning bundan so‘nggi tanili- shi va o‘sishiga zamin yaratadi. Lafonten ijodining dastlabki davrida aristokratik pretsioz adabiyoti ta’sirida bo‘ladi. Yunon mifologiya- sidan foydalanib yaratgan «Adonis» (1658) dostonida Adonisning ma’buda Veneraga bo‘lgan muhabbatini tasvirlaydi.
Lafonten o‘z masallari bilan katta shuhrat qozondi. Masal janri mutlaq hokimiyat, shuningdek, aristokratik reaksiyaga karshi keng demokratik guruhlarning noroziligini qulay va tushunarli qilib bayon etish quroli edi. Lafontenning xalqchillik g‘oyalari faqat uning ma- sallaridagina ochiq namoyon bo‘ladi. Shoir masallarining birinchi olti kitobi 1668-yilda, ikkinchi besh kitobi 1678–1679-yillarda nashr etiladi.Lafontenning masallari o‘zining demokratik ruhi va satirik kuchining o‘tkirligi bilan shoir ijodining cho’qqisi hisoblanadi. Ezop davridan beri masal quyi tabaqalarning manfaatlarini ifodalab kel- gan edi. Shuning uchun ham klassitsizm estetikasi masalni badiiy
adabiyotning quyi turlariga kiritib keldi. Lafontenning klassitsizm estetikasining adabiy me’yorlari doirasidan chiqib, original asar yaratishdagi mahoratini «O‘tinchi va o‘lim» masalida yaqqol ko‘rish mumkin. Lafonten antik davr masalchisi Ezopdagi bir syujetdan foy- dalangan. (Og‘ir mehnat va turmush mashaqqatidan tinkasi qurigan o‘tinchi dehqon bu dunyo bilan xayrlashmoq maqsadida o‘z oldiga Azroilni chaqiradi. Azroil o‘tinchidan nimani istashini so‘raganda, undan qo‘rqib ketgan dehqon bir bog‘lam o‘tinni ko‘rsatib, uni yelkasiga olib qo‘yishni iltimos qiladi).
Lafonten bu masalda oddiy insonning mashaqqatlarni yengish uc- hun zo‘r ishonch bilan yashashini ochiq-oydin tasvirlaydi. Dehqon- ning qashshoqlanishiga sabab bo‘lgan ijtimoiy illatlar, o‘rab olgan muhitning yaramasligini ifodalash bu masalning asosiy g‘oyasini tashkil etadi.
Yozuvchining dastlabki kitobida aristokratiyaning mag‘rurligini masxara qilgan «Dub va qamish», burjuaziyaning qo‘rqoqligini ko‘rsatgan «Kalamushlar kengashi», saroy tekinxo‘rlarini qoralagan
«Pashsha bilan chumoli», adolatsiz sudni tanqid qilgan «Maymun- lar sudida tulkiga qarshi shikoyat bilan chiquvchi bo‘ri», masallari diqqatga sazovordir. Ijtimoiy ziddiyatlar inson tabiatida azaldan ma- vjud bo‘lgan kamchiliklar deb ko‘rsatiladi (“Bo‘ri bilan qo‘zichoq”).
«Yirtqich hayvonlar o‘lati» masalida ham yomonlik va zulm man- bai-saroy, qirol va uning yordamchilari qoralanadi. Ularning hayoti zo‘ravonlikka, kambag‘allarni eksplutatsiya qilishga asoslangan, shuning uchun hukmdorlardan yaxshilik, shafqat kutish mumkin emas, degan xulosa masalning asosiy g‘oyasini ifodalaydi.
Shoirning ikkinchi to‘plamiga kirgan masallarida sotsial satira ke- skinlashadi. Pul hukmronligi va uning halokatli ta’sirini («Etikdo‘z va ulgurji savdogar»), sudning sotqinligini («Mushuk, laycha va quyon») qirollik hukumati va din ahllarining yovuzliklarini («Ar- slon, bo‘ri va tulki», «Ona arslonni ko‘mish marosimi», «Ruhoniy va murda») masallarida katta badiiy kuch bilan aks ettiradi.
Lafontenning dastlabki masallari tasviriga xos kinoya va kuzatu- vchilik o‘rnini, endi, 70-yillarning oxiriga kelib, konkret sotsial sat-
irik va realistik tasvir egallaydi. Hayvonlarning allegorik figurasi o‘rniga inson obrazi paydo bo‘ladi. («Dunaylik dehqon», «Savdogar, dvoryan, cho‘pon va shoh o‘g‘li»).
Lafonten antik dunyo, o‘rta asrlar va Uyg‘onish davri masalchilik traditsiyalarini o‘rganib, ularga favqulodda realistik xarakter va sat- irik ruh kiritadi, bu janrni yangi badiiy yuksaklikka ko‘taradi. Uning masallari soddaligi va o‘z davri ijtimoiy hayotini keng qamrab olishi, mehnatkash omma manfaatlarini qizg‘in himoya qilib chiqishi bilan qimmatlidir. XVII asr fransuz adabiyoti va, xususan, masalchilik jan- rining rivojlanishiga katta hissa qo‘shdi.
Xullas, klassitsizm XVII asr G‘arbiy Ovrupa madaniyatining muhim bosqichi sifatida jahon adabiyoti tarixida o‘z o‘rniga ega. Mazkur yo‘nalish doirasida ijod qilgan yozuvchilar asarlarining ak- sariyati hozirgi kunda ham g‘oyaviy mazmun va badiiy qimmatini saqlab kelmoqda.
|
| |