O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek




Download 0,5 Mb.
bet62/135
Sana18.05.2024
Hajmi0,5 Mb.
#242139
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   135
Bog'liq
O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ul

Angliya adabiyoti


Angliya ma’rifatchiligini 3 ta davrga bo‘lish mumkin:



  1. 1688–1730-yil – ilk ma’rifatchilik. (Jurnalistika rivoji, yangi dramatik janrlarni paydo bo‘lishi);

  2. 1730–1750-yillar – ma’rifatchilik romanining paydo bo‘lishi va gullab-yashnashi;

  3. 1750–1790 (89)-yillar – ma’rifatchilik mafkurasida tushkunlik alomatlarini paydo bo‘lishi, sentimentalizm va predromantizmining paydo bo‘lishi.

Angliya ma’rifatchiligining atoqli namoyandalaridan biri Dan- iel Defo (1660–1731). Savdogar oilasida tug‘ildi. Otasi uni Puritan diniy akademiyasiga o‘qishga berdi. Ammo Defo savdo ishiga qiziq- ib umrining oxirigacha yirik tijoratchi bo‘lib qoldi.U jurnalist ham bo‘lgan, satirik pamfletlar, romanlar, traktatlar yozgan. Ko‘p sonli
maqola va pamfletlarida feodal-aristokratlar bilan cherkov reaksiya- sini fosh qiladi.
«Robinzo Kruzo» romani (1719).
Defo davri kitobxonlari adabiyotga, xususan, nasrga shunday ta- lablar qo‘yadilar: hikoya ajabtovur narsalar haqida bo‘lishi, boshqa- lardan ajralib turishi va shu bilan bir qatorda to‘qima bo‘lmasligi kerak. Defo o‘z asarida ana shu 2 talabni bajaradi.Uning romanini hozirda hujjatli nasr namunasi sifatida qabul qilish mumkin bo‘lar edi. Romanni hujjatliligini Robinzonning proobrazi – real odam shotlandiyalik matros Selkirk ekanligi ham tasdiqlaydi. U kimsasiz orolda 4 yil-u 4 oy yashaydi.Romaning birinchi qismidan so‘ng ik- kinchi va uchinchi qismlarini yozadi. Ammo asarning birinchi qismi katta shuhrat qozonadi. Romanning asosiy qismi yolg‘iz insonning kimsasiz orolda yovuz tabiat kuchlari bilan yuzma-yuz olishuviga bag‘ishlangan.
D.Defo adabiyotda birinchilardan bo‘lib yaratuvchanlik mehnati mavzusini ko‘tardi. Mehnat Robinzonni odam bo‘lib qolishiga yor- dam berdi.
Voqealarning sodda, qiziqarli tilda hikoya qilinishi asarning o‘qimishli bo‘lishini ta’minlagan.“Robinzon Kruzo” romani keyingi davr adabiyotiga katta ta’sir o‘tkazdi.

Download 0,5 Mb.
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   135




Download 0,5 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek

Download 0,5 Mb.