Pyer Ogyusten Karon Bomarshe (1732–1799)




Download 0,5 Mb.
bet65/135
Sana18.05.2024
Hajmi0,5 Mb.
#242139
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   135
Bog'liq
O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ul

Pyer Ogyusten Karon Bomarshe (1732–1799). Bomarshe haqida Melnxor Grimm (Bomarshe zamondoshi): Volter, Russo va boshqa- lar asarlarining ta’sir kuchi ortiq, ammo ularni xalq kam o‘qirdi. Le- kin Bomarshening “Figaroning uylanishi” va “Sevilyalik sartarosh” asarlarini Fransiyada deyarli barcha bilar edi, degan fikrni bayon et- ganda haq edi.
Bomarshe professional yozuvchi emas. U yozishicha, muhtojlik sabab murojaat qilgan. «Agar ishlarim oshib yotsa, adabiyot bilan shug‘illanib o‘taversin, ammo ishdan bo‘sh bo‘lsam, qo‘limga qa- lam olaman degan edi u.
Bomarshe soatsoz farzandi bo‘lib, o‘zi ham Parijda ko‘zga ko‘ringan soatsozlardan biri edi. Dvoryanlik unvoniga ega bo‘lib (Karon ismini de Bomarshega almashtirgan), yirik Bankir Pari Dyu- vyerne bilan yaqinlashib katta boylikka erishadi. Dyuverne vafotid- an keyin kichik meros masalasida sudlashadi va sud Bomarshe ziyo- niga hukm chiqaradi. U sud sistemasini poraxo‘rligini fosh etuvchi
«Memuar» (xotira)larni yozadi va butun Ovrupa ga taniladi.
Bomarshe dramaturg sifatida «Seviliyalik sartarosh» (1775) va
«Figaroning to‘yi» (1784) komediyalari bilan jahon adabiyotida qoldi. Bosh qahramon Figaro haqidagi trilogiyaning birinchi qismi

  • «Seviliyalik sartarosh» komediyasi hisoblanadi. Asar voqealari Ispaniyada kechadi. Figaro-epchil, aqlli yigit. U turli ishlarni qilib ko‘radi. Nihoyat, Seviliyaga kelib sartaroshlik qiladi. Komediyan- ing har bir sahnasida Figaroning ishbilarmonligi, chaqqon, xalqqa

yaqinligi sezilib turadi. Uning yordamida graf Alpmaviva sevgan qizi Rozinaga uylanadi. Avtor uchinchi tabaqadan chiqqan qahra- monni boshqalardan ustunligini ko‘rsatadi. 9 yildan so‘ng «Figaron- ing to‘yi» komediyasini yozdi. Komediya butun Ovrupaga mashhur bo‘lgan (1785-yilning o‘zida Germaniyada asarining 12 turdagi tar- jimasi amalga oshirildi).
Endi Figaro grafning ishonchli xizmatkori. U uy xizmatchisi Syu- zannani sevadi. Ammo graf Syuzannani o‘ziga tobe qilib olmoqchi. Figaro buni sezib unga qarshi kurash olib boradi. Bu kurash graf va xizmatkor to‘qnashuvi emas, balki ijtimoiy kurash tusini oladi.
Syuzanna, grafiniya va Figarolar graf Almavivani kirdikor- larini fosh qiladi. U sevgilisiga erishish uchun o‘zidagi barcha kuch, tadbirlarni ishga soladi. Asar Figaro va Syuzanna to‘yi bi- lan tugaydi.
Napaleon keyinchalik (inqilobdan keyin) «Figaroning to‘yini»
amalda inqilob deb ataydi.
Trilogiyaning so‘nggi asari -«Jinoyatkor ona» shuhrat qozonma- di. Graf olijanob, rahmdil kishi sifatida, Figaro unga sodiq xizmat- kor sifatida tasvirlanadi.



Download 0,5 Mb.
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   135




Download 0,5 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Pyer Ogyusten Karon Bomarshe (1732–1799)

Download 0,5 Mb.