O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek




Download 0,5 Mb.
bet73/135
Sana18.05.2024
Hajmi0,5 Mb.
#242139
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   135
Bog'liq
O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ul

Nemis romantizmi


Germaniyada qo‘shni Fransiyada bo‘layotgan voqealarni zo‘r qiziqish bilan kuzatib bordilar. Germaniyaning ilg‘or vakillari ularning(o‘zlarining) qoloq, o‘nlab mustaqil knyazliklarga bo‘lingan mamlakatida inqilobiy o‘zgarishlar bo‘lmasligiga ko‘zlari yetdi. Shuning uchun ular ma’naviy sohada inqilob qilishga harakat qil- dilar.


Nemis romantiklari idealist Fixtening «O‘z diqqat-etiboringni seni o‘rab turgan atrof-olamga emas, balki o‘zingga qarat», – degan falsafiy qarashlarini yoqlab chiqdilar.
Inson o‘z xohish, intilish va harakatlari tufayli yanada yaxshiroq bo‘lishi mumkin va kerak. Bunda unga yordam berish kerak. Nemis romantiklarining asosiy vazifa va maqsadi ana shundan iborat edi.
Nemis romantizmi tarixini 3 ta davrga bo‘lish mumkin:

  1. 1795–1805-yillar – Yen romantiklari F.Shlegel, Novalis, Tiklar davri;

  2. 1806–1815-yillar – Geydelberg romantiklari K.Breyntano, A.Arnimlar nemis folklorini yig‘ishga katta e’tibor berdi. Bu vaqtda aka-uka Grimmlar ham ana shular to‘garagida edi.

  3. 1815–1848-yillar – Napaleon inqirozidan so‘ng roman- tiklarning harakat markazi Berlingga ko‘chdi.

Bu yerda Gofman, Shamisso, Hyeyne (ilk ijodi) va Byuxerlar
ijod qildi.
Nemis romantiklarining katta ishlaridan biri – xalq og‘zaki ijodi- ni o‘rganishlari bo‘ldi. Yakob (1785–1863) va Vilgelm (1786–1859) Grimmlar folklorning estetik qimmatini yuksak qadrlaganlardan edi: Ularning tarix, til tarixi, huquq va mifologiya bo‘yicha bir qan- cha ilmiy maqolalari mavjud. Ammo ularga xalqdan yozib olingan 3 tomli va 200 ta ertakdan iborat «Bolalar va xonadon ertaklari» (1812–1822) katta shuhrat keltirdi. Ular ertaklarni butun Germaniya bo‘ylab yurib turli toifa odamlardan yozib oladilar.
Ertaklarni 3 guruhga bo‘lish mumkin: sehrli, hayvonlar haqidagi (Bo‘ri va yetti echkicha», «Bremen muzikantlari») va maishiy er- taklar.
Barcha ertaklarda mehnatni sevuvchi, dono, sabr-toqatli qahra- monlar doimo g‘alaba qozonadilar.
A.S.Pushkin «Oltin baliq va baliqcha haqida»gi ertagida «Kam- bala baliq haqidagi ertak» epizodidan foydalangan.

Download 0,5 Mb.
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   135




Download 0,5 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek

Download 0,5 Mb.