|
O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek
|
bet | 74/135 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 0,5 Mb. | | #242139 |
Bog'liq O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulFridrix Shlegel (1772–1829). Avgust va Fridrix Shlegellar nemis
adabiyotshunosligi faniga asos soldilar.
Antik madaniyatni chuqur his qilish, o‘rta asr va Uyg‘onish davri yodgorliklarini o‘rganish, klassitsizm va ma’rifatparvarlik adabiy- otiga tanqidiy yondashish ular uchun adabiyotga bo‘lgan talablarini ishlab chiqish imkoniyatini yaratdi.
Yunon va rimliklar merosining ahamiyati haqida fikrlar ekan, Fridrix Shlegel san’at o‘zgaruvchan degan fikrga keladi. Shuning
uchun insoniyat rivojlanishidagi har bir yangi bosqich badiiy ijod oldiga yangi vazifalar qo‘yadi.
Yangi san’atning asosini: “Fransuz inqilobi, Fixtening “Fan ta’limoti” va Gyotening “Meyster”i tashkil etadi”, – deb yozadi Shlegel.
Nemis romantiklari san’atkorlarni odamlar orasidagi oliy mavju- dot sifatida ulug‘ladilar. “Odamlar yer yuzidagi boshqa mavjudot- lardan qanchalik ustun bo‘lsalar, san’atkorlar odamlardan shunchal- ik ustundirlar”, – deb yozadi Shlegel.
Nemis romantiklarining asarlarida bu g‘oya u yoki bu darajada o‘z ifodasini topdi.
F.Shlagel adabiyotga romantik kinoya tushunchasini olib kirdi; romantik kinoya nafaqat nemis romantiklari, balki keyingi davr yozuvchilariga ham katta ta’sir ko‘rsatdi. Shamisso, Gofman, Gyote asarlarida romantik kinoya o‘zining konkret ijtimoiy ifoda- sini topdi.
F.Shlagel o‘zining nazariy qarashlarini 1799-yilda yozilgan “Lyo‘sinda” povestida ifoda etdi. Asar syujeti zamondoshlarini lol qoldirdi, chunki Yuliy va Lyo‘sinda (rassomlar) obrazlarida ular mu- allif va Doroteya Fetni tanidilar.
Romantik yozuvchi nuqtai nazaridan qahramon muallifning aksi bo‘lib adabiyotga o‘tishi, adabiyot o‘z navbatida hayotga aylanishi kerak.
Ernst Teodor Amadey Gofman (1776–1822). Gofmanning fan- tastik novella va romanlari nemis romantizmining eng katta yutug‘i hisoblanadi. U muhitni aql bovar qilmaydigan (irotsional) holda qa- bul qiladi, chunki shunday holda dunyoviy uyg‘unlik (garmoniya) mumkin emas.
Gofman asarlarida, ko‘pincha, personajlarning ikkiga ko‘payish hollarini kuzatish mumkin. U XIX asr yozuvchilari orasida birinchi bo‘lib, inson naturasining ikkiga ko‘payishini ochdi. Ya’ni, Gofman asarlarida insonning qarama-qarshi xislatlari alohida, aralashmagan holda maydonga chiqadi.
Bo‘lajak yozuvchi Kyonisbergda tug‘ildi. Huquq fakultetini bitirdi. Tirikchilik vajidan boy byurgerlarning qizlariga musiqadan saboq berdi. 1814-yildan to umrini oxirigacha Berlinda yashadi. Gofman umr bo‘yi nochorlikda hayot kechirdi.
San’at va san’atkor mavzusi – Gofman ijodining asosini tashkil etadi. Uning asarlarida iqtidorli musiqachilar, san’atkorlar doimo Germaniyaning zerikarli, pastkash hayotida bo‘g‘iladilar, o‘z ideal- lari va nemis hayoti o‘rtasidagi qarama-qarshiliklarni ko‘rib azob chekadilar.
1809-yilda “Umumiy musiqa gazetasi”da “Kavler Glyuk” no- vellasi bosilib chiqdi. Shundan so‘ng kompozitor Kreyslerga bag‘ishlangan boshqa asarlari ham paydo bo‘lgan va ularni “Kallo ruhidagi fantaziya” to‘plamiga biriktiradi (1814–1815). (Jak Kallo
XVII asr fransuz rassomi). Ushbu to‘plamdagi hikoyalar marka- zida musiqachi va kompozitor Iogan Kreysler turadi. Kreysler – dar- badar musiqachi. U juda ham istedodli bo‘lsa-da, tirikchilik uchun ko‘chada kezib yurishga majbur. U san’atni hayotdan ham ustun qo‘yadi. Haqiqiy san’at ko‘plab burjua-zodagonlar uchun tushunarli emas. Ushbu jamiyatda san’at ularning past, jirganch, ma’naviyatdan uzoqdagi hayotini bezash, ovunish uchun xizmat qiladi xolos.
Gofmanning «Sinnober laqabli mitti Saxes» (1819) ertagidagi voqealar mitti nemis knyazligida yuz beradi. Romantik bo‘yoqlarda tasvirlangan barcha voqealar Gofman yashagan davrning hajviy qi- yofasini ochib tashlaydi.
Saxes – kambag‘al dehqon ayoli Lizaning xunuk o‘g‘li. Pari Rozabelverde (Rozenshen) bu ayanchli, bedavo bolaga uch dona tilla sochini sovg‘a qiladi. Atrofdagilar ko‘z oldida ajoyib mo‘jiza sodir bo‘ladi. Odamlar Saxesni haddan tashqari chiroyli, aqlli deb taniydilar. Uning yuqori tabaqadan kelib chiqqanligi va undagi ko‘pdan-ko‘p fazilatlar haqida gapiradilar. Saxes oliy zot darajasiga ko‘tariladi va juda osonlik bilan katta lavozimlarga erishadi. Boshqa- lar hisobiga boyib, qudratli bo‘lib ketadi. Kichkina Saxes ko‘pdan- ko‘p tahsinu tasannolarga, mukofot va imtiyozlarga sazovor bo‘ladi.
Bu mo‘jizalarning barchasi knyaz Pafnutiy mamlakatida ro‘y beradi. Bu knyaz maxsus farmon bilan o‘z mamlakatida “ma’rifat” joriy qil- gan. Mana shunday davlatda mitti Saxes saroyning birinchi ministri bo‘ladi va knyazlik ishlarini hal qiluvchi qudratli kishiga aylanadi. Sinnoberning sehri bu knyazlikda yashovchi barcha odamlarni o‘z domiga tortgan. Knyazlik baayni jinnixonaga aylanadi.
Ammo yolg‘iz shoir yigit Baltazar bu sehr ta’siridan tashqarida. Baltazar romantik xayolparast kishi. U o‘sha knyazlikdagi bema’ni tartiblarga she’riyat, shirin xayollar og‘ushini qarama-qarshi qilib qo‘yadi. Baltazar atrofdagilarni es-hushlarini yig‘ishtirib olishga chaqirsa, uni hamma aqldan ozgan deb hisoblaydi. Sinnober laqabli mitti Saxes Baltazar baxtiga ham g‘ov bo‘ladi. Baltazarning Kan- dida ismli sevgilisini tortib olib, unga uylanmoqchi bo‘ladi.
Barcha sehrgarliklar, mo‘jizalar sirini biladigan “ma’rifatli” knyazlikda ana shu ajoyib-g‘aroyiblarni tarqatadigan doktor Prosper Alpanusning o‘zi Baltazarga yordam qo‘lini cho‘zadi. Mitti davlat- ning mitti ministri Sinnoberning Kandida bilan nikohi oldidan Balt- azar uning boshidan sehrli tilla soch tolalarini yulib oladi. Shunda sehrning hech qanday ta’siri qolmaydi.
Nemis romantiklari orasida Gofman kitobxonalarga juda yaqin edi. 20-yillardan boshlab uning asarlari ko‘plab tillarga tarjima qil- indi. Rus demokrat tanqidchisi V.G.Belinskiy Gofmanni Germani- yaning buyuk shoirlaridan biri deb, uni jahon adabiyotining yirik yozuvchilari bilan bir qatorga qo‘yadi.
Gofman o‘z hayotidagi qarama-qarshiliklarni «qora va yorug‘» kuchlar kurashi sifatida tasvirlaydi. Qora kuchlar – boylik, mansab- parstlik, egoistik ko‘rinishlar. U bu kuchlarni chizishda groteks va satiradan unumli foydalanadi. Ular ba’zida dahshatli kuchlar sifatida tasvirlanadi. Yorug‘ (sof) kuchlar esa insonning sof hislari va uning orzu xayollar dunyosidir.
Gofmanning «Magnitzor»da «Qo‘rqinchli mehmon» novellalar- ida sevgi yirtqich instinkt sifatida tasvirlanadi. Birinchi novellada Alban ismli yigit baron xonadoniga keladi. Baronning Mariya ismli
qizi bo‘lib, u Ippolit degan yigitga unashtirilgan edi. Alban Mariyani sevib qoladi va asta-sekin uni o‘ziga bo‘ysundirib, ixtiyorini o‘ziga bog‘lab qo‘yadi. Ippolit bilan Mariyaga nikoh o‘qilayotgan paytda qiz hushsiz yiqiladi. U endi Albansiz yashay olmas edi. Albanning yirtqichlarcha istagi Mariyani halok etadi.
Gofmanning «Mushuk Murning xotiralari» romani (1821) ham
juda mashhurdir.
|
| |