O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek




Download 0,5 Mb.
bet76/135
Sana18.05.2024
Hajmi0,5 Mb.
#242139
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   135
Bog'liq
O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ul

Viktor Gyugo (1802–1885). Viktor Gyugo fransuz va Ovrupa ro- mantizmining yirik vakili hisoblanadi. Fransuz romantizmida Viktor Gyugoga teng keladigan ijodkor topilmaydi. U shoir, dramaturg, ro- mannavis, romantizm nazariyotchisi, siyosiy arbob, insonparvarlik g‘oyalarining tolmas targ‘ibotchisi sifatida faoliyat ko‘rsatgan.
Viktor Gyugo Bezonson shahrida ofitser oilasida tug‘ildi. Otasi Na- paleon davrining generali, onasi esa aksincha, Burbonlar tarafdori edi.
Shoir o‘zining birinchi she’rlarida burbonlarni madh etadi.
Ijodiy faoliyatini she’rlar yozishdan boshlagan Viktor Gyugon- ing 1822-yili “Qasidalar”, 1829-yilda “Qasida va balladalar” nomli she’riy to‘plamlari chop etilgan. Dastlabki to‘plamlarining nomlani- shi yosh shoirning klassitsizm an’analari ta’sirida bo‘lganligidan da- lolat beradi.
Uchinchi she’riy to‘plami “Sharqona” (1829) deb nomlanadi. To‘plamga yozilgan so‘zboshini yosh ijodkorning dasturi sifatida qabul qilish mumkin. Unda shoirning mavzu tanlashdagi erkinligi targ‘ib etiladi.
1820-yillarda V.Gyugoning duniyoqarashi va ijod tamoyillari shakllandi. 1823-yilda “Valter Skott haqida” maqolasida V.Skott va Homer ijodiy “kashfiyotlari”ni uyg‘unlashtirish bilan birga roman janrida drama imkoniyatlaridan unumli foydalanish haqida yozadi. Mazkur ijodiy g‘oyalarini keyinchalik “Parij Bibi Mariyam ibodatx- onasi” romanida mahorat bilan qo‘llaydi.
1827-yili birinchi asari «Kromvel» (XVII asr Angliya burjuaziya inqilobi yyyetakchisi Kromvel haqida) dramasini yaratadi va unga kengaytirilgan so‘zboshi yozadi. Ushbu so‘zboshi Fransuz roman- tizmining manifestiga aylandi. Romantik dramalar Gyugogacha ham yaratilgan. Biroq, klassitsizm hukmronligi davrida dramalar sahn- alashtirilmagan. Ular “o‘qish uchun yozilgan dramalar” deb atalar edi. Viktor Gyugo Shekspir tajribasidan foydalanib tragediya emas, romantik tarixiy drama yaratadi. U klassitsizm adabiyoti qonun qoi- dalaridan voz kyyechishga (vaqt, makon, harakat birligi, yuqori va quyi janrlar) chaqiradi. Viktor Gyugo Shekspir ijodini ana shunday qonun-qoidlardan xoli deb biladi.
Mazkur so‘zboshi romantik tarixiylik, grotesk usuli, borliqni tas- virlash tamoyillari hamda dramaning san’at asari sifatidagi xususi- yatlari bayon etilganligi bilan ahamiyatlidir. V.Gyugo drama haqida- gi nazariy qarashlarini 1829-yilda yaratilgan “Ernani” pyesasiga tat- biq etadi. Unda klassitsizmning uch birlik qoidasiga rioya etilmaydi. Asar voqealari turli joylarda bo‘lib o‘tadi. Klassitsizm tragediyasida
oliy darajadagi haqiqat hakami vazifasini qirol bajargan bo‘lsa, maz- kur asarda bu vazifani fuqarolik huquqlaridan mahrum bo‘lgan qa- roqchi Ernani ado etadi.
1831-yili «Parij Bibi Mariyam ibodatxonasi» romani yaratildi.
Asar mavzusi XV asrdagi Fransiya tarixidan olingan.
V.Gyugo o‘rta asr ibodatxonasi ustunlaridan birida «Ananke» so‘zini o‘qidi. (taqdir, qismat degani) Yozuvchi bu so‘zga keng ma’no berdi. (Din anankesi, jamiyat anankesi va boshq). Asar syu- jeti quydagicha:
Ibodatxona ruhoniysi Klod Frollo – o‘z umrini din yo‘liga tikkan odam. U yoshi o‘tib qolgan bo‘lishiga qaramay Parij ko‘chalarida o‘yinga tushib tirikchilik o‘tkazuvchi lo‘li qiz Esmiraldani sevib qoladi. Qiz buni rad qiladi. Frollo kapitan Feb bilan Esmiraldani kuzatib yuradi. Qizni qirol armiyasi ofitseriga suiqasd qilishda ay- blab, o‘limga hukm qiladilar. Uni jazolash uchun olib ketayotganda Kvazimodo uni ibodatxonaga olib ketadi. U qashshoq odamlar bilan ibodatxonada yashaydi.
Frollo qizga o‘z sevgisini majburlab o‘tkazmoqchi bo‘ladi, ammo bu befoyda. U qizni jallodlar qo‘liga topshiradi. Qizni dorga osisha- di. Kvazimoda Klod Frolloni o‘ldiradi. O‘zi ibodatxonani tark etib Esmiralda jasadi oldida jon beradi.
Asardagi ibodatxona – o‘rta asrchilik, feodalizm, zulm, adaolat- sizlik maskani sifatida tasvirlangan.
Viktor Gyugo 1862-yili « Ho‘rlanganlar», 1869-yili «Kulgich odam», 1874-yili esa «93 yil» romanini yaratdi.

Download 0,5 Mb.
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   135




Download 0,5 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek

Download 0,5 Mb.