O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek




Download 0,5 Mb.
bet75/135
Sana18.05.2024
Hajmi0,5 Mb.
#242139
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   135
Bog'liq
O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ul

Fransuz romantizmi


1789–1794-yillarda sodir bo‘lgan fransuz inqilobi natijasida pay- do bo‘lgan fransuz romantizmi adabiyoti ikki bosqichni bosib o‘tdi. Birinchi bosqich 1800–1810-yillarni, ikkinchi bosqich 1820–40 yil- larni o‘z ichiga oladi. Lekin J.Sand, V.Gyugo singari romantiklar ijodi mazkur davriylashtirish chegarasidan chetga chiqadi. Tasviriy san’atda esa romantizm 1860-yillargacha saqlanib qoldi.


Birinchi bosqichda yaratilgan asarlarda keskin syujet kuzatil- maydi. Yozuvchilarning e’tibori kuchli his-tuyg‘u, ehtiroslarni tas- virlashga qaratiladi. Shu bois Ovrupa mamlakatlari romantiklarining sevimli yozuvchisi bo‘lgan Shekspir Fransiyada ajabtovur vaziyat va o‘xshashi yo‘q tuyg‘ular tasvirchisi sifatida talqin etilgan. 1796- yili Jermena de Stal “Tuyg‘ularning alohida shaxslar va xalqlar sao- datiga ta’siri” nomli traktatini e’lon qiladi. Bu davrda muhabbat ma- vzusidan tashqari ozodlik mavzusi ham muhim o‘rin tutadi. Erkka intilish ham kuchli ehtiros darajasini olishi mumkin.
B.Konstanning “Adolf” romanlari Shatobrianning “Atala”,
“Rene” qissalari ana shu mavzuga bag‘ishlangan.
Mavjud ijtimoiy tuzumni inkor etish va ozodlikka intilish tabiat, ayniqsa, yovvoyi tabiat tasviriga qiziqishning ortishiga olib keldi. Bu borada tabiat tasviri, sevgi va yolg‘izlik mavzulari singari fran- suz romantizmining asosiy jihatlariga aylandi. Amerikadagi hindu qabilalarining hayoti, ekzotik Sharq o‘lkalaridagi mahalliy peyzaj tasviri nursiz real borliqqa qarshi qo‘yiladi. Fransuz romantizmining
har ikki davri uchun ham xarakterli bo‘lgan orientalizm (Sharq ma- vzusiga murojaat) paydo bo‘ladi. Shu bilan birga, bu davrda san’at, ayollar erki mavzulari J.De Stalning “Korinni”, “Delfina” romanlari orqali talqin etildi.
Ikkinchi bosqichda his-tuyg‘ular, qahramon iztiroblari tahlili o‘rnini o‘tkir syujet egallaydi. 1830-yillardagi ijtimoiy-siyosiy zid- diyatlar dramatik turning rivoj topishiga sabab bo‘lgan. V.Gyugo, Lamartin, Myusse lirikasida inson ruhiy olami tasviri asosiy o‘rin egalladi. Mazkur bosqichda tarixiy roman va drama paydo bo‘ldi. A.De Vinining “Sen-Mar”, V.Gyugoning “Parij Bibi Mariyam ibo- datxonasi”, “Xo‘rlanganlar”, “Kulgich odam”, “To‘qson uchinchi yil” romanlari, V.Gyugo, A de Myusse va A.Dyuma (otasi) ning tar- ixiy dramalari ikkinchi bosqichda yaratilgan asarlardir. Fransuz ro- mantizmidagi tarixiylik o‘ziga xosdir. Ijodkorlar uchun tarixiy haq- iqatdan ko‘ra sodir bo‘layotgan voqea-hodisaning ruhiy-ma’naviy mohiyati muhimdir.
Fransuz romantizmining ikkinchi bosqichida Ovrupa romantikla- rining ko‘plab asarlari tarjimalari paydo bo‘ldi: Shlegelning “Drama- tik san’at va adabiyot haqida ma’ruzalar”i, Bayron she’rlari, fransuz romanchiligiga katta ta’sir ko‘rsatgan V.Skott romanlari, Gofman ertak va novellalari shular jumlasidandir. Aslida nemis adabiyoti va falsafasiga bo‘lgan qiziqish birinchi bosqichda J.De Stalning “Ger- maniya haqida” (1813) kitobidan so‘ng paydo bo‘lgan.
Bu davr tasviriy san’atida David (1748–1825), Jeriko (1791– 1824), E.Delakrua (1796–1863) singari rassomlar ijodida roman- tizm yo‘nalishining eng sara asarlari yaratiladi.

Download 0,5 Mb.
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   135




Download 0,5 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek

Download 0,5 Mb.