O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek




Download 0,5 Mb.
bet70/135
Sana18.05.2024
Hajmi0,5 Mb.
#242139
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   135
Bog'liq
O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ul

Hofiz, sen-la bellashmoqqa
Yo‘l bo‘lsin bizga! Lochin kabi uchar yelkan To‘lqinlar uzra.
Yengil, epchil uchib borar Intilib olg‘a,
Agar to‘fon ko‘tarilsa, Azobda darg‘a!
Qo‘shiqlarning ko‘kka uchar Olov qushiday,
Dengiz o‘tga do‘nsa agar Men uchun qo‘ymay!
Shoirning sharq mavzusiga bo‘lgan qiziqishi yangi hodisa emas edi. Bir qancha san’atkorlar o‘z ijodlarida sharqqa murojaat qilgan- lar. Jumladan, Shekspir (“Otello”), Rasin (“Boyazid”), Monteske (“Fors maktublari”), Volter (“Muhammad”), Bayron (“Sharq dos- tonlari”), Viktor Gyugo (“Sharq motivlari”) kabi misollarni aytib o‘tish kifoya.
Gyote g‘arb va sharq adabiyotlarining boyib, rivojlanishini bir- biri bilan yaqinlashuvida deb biladi. U sharq bilan g‘arb, o‘tmish bilan hozirgi zamon, ularning urf-odatlari, muloqot va mushoha- dalarini, biri orqali ikkinchisini tushunishni maqsad qilib qo‘yadi.
“Mag‘rib-u mashriq devoni” da Gyote sharqning buyuk shoirlari Hofiz, Nizomiy, Firdavsiy hamda Sa’diy ijodini nozik talqin qilib, o‘ziga xos falsafiy lirika javharlarini yaratadi. Shoirning “Devoni” sharq va g‘arb she’riyati bir-biriga yaqin, umumbashariy adabiyot ekanligini isbotlaydi. “Mag‘rib-u mashriq devoni” o‘n ikki kitobga bo‘linadi. Bular: “Qo‘shiqchi kitobi”, “Hofiz kitobi”, “Sevgi kito- bi”, “Mushohada kitobi”, “Qobus kitobi”, “Soqi kitobi”, “Norozilik kitobi”, “Hikmat kitobi”, “Zulayxo kitobi”, “Temur kitobi”, “Ma- sal kitobi” hamda “Jannat kitobi” dan iborat. Bu she’riy to‘plamda shoirning hayot, insonlarning taqdiri, tinchlik haqidagi o‘ylari o‘z ifodasini topadi.
“Devon”da shoir timsollar, majozlar, qochiriqlar yo‘li bilan she’riyat, ijodiyot, sharq madaniyatining xususiyatlari haqida fikr yuritadi. “Devon”ning “Hijrat” deb ataluvchi she’ri to‘plamning muqaddimasi hisoblanadi. “Devon”ning tarixiy mazmuni shuki, unda 622-yilda Muhammad payg‘ambarning Makkadan Madinaga ko‘chib o‘tishi ko‘zda tutiladi. Ayni vaqtda “Hijrat” shoir Gyoten- ing sharqqa yuz o‘girishini bildiradi. U g‘arbning bo‘g‘iq, diqqina- fas muhitidan qochib, sharqning keng va sof havosidan to‘yib-to‘yib nafas olishga oshiqadi.
Faust” Gyote ijodining yirik mahsuli bo‘lgan. Asar XVIII asrning oxiri va XIX asrning birinchi choragida yozilgani (1773– 1831yy.) uchun ana shu xilma-xil voqealarga boy bo‘lgan Ovrupa hayotini aks ettiradi. Asarda inson hayotiga, uning jamiyatda tutgan o‘rniga diqqat qaratilgan.
Tabiatning, koinotning qudratli kuchlarini inson irodasiga bo‘ysundirish, uning qonunlarini o‘rganish va bu sirlarni odamzod foydasiga xizmat qildirish ulug‘ mutafakkir olim Gyotening doimiy orzusi bo‘lib keldi. Uning buyuk qahramoni Faust ana shu orzuni amalga oshirishdek olijanob ishga bel bog‘laydi. Faust haqidagi af- sona (XVI asr) nemis xalq she’riyatida yaratilgan eng buyuk asar bo‘lib, Gyote qo‘liga qalam olgan kunidan boshlab bu haqida asar yozishni orzu qilar edi. Ana shu afsonalarda Faust olim, sehrgar, shaytonlar bilan munosabatda bo‘lgan kishi sifatida talqin qilinadi. Arshi a’loda shayton Mefistofel xudo bilan Faust to‘g‘risida mu- nozara qiladi. Shaytonning fikricha, koinoti azimda inson ojiz bir narsa, u baxtsiz, abadul-abad azob-uqubatda yashaydi. Agar xudo unga aql ato qilmasa, inson yomon yashamagan bo‘lur edi. Buning ustiga Faust butun koinot va tabiat sirlarini ilm-u fan kuchi bilan bilib olmoqchi. Mefistofel Faustning bu intilishlariga ishonmaydi, unga shubha bilan qaraydi. Xudo esa, inson adashib bo‘lsa ham, izlash, qidirish natijasida kamolot cho‘qqisi tomon boradi, deb unga umid bildiradi. Bu umid Gyotening inonparvarlik qarashlarining natijasidir. Shayton, men, albatta, Faustning nafsini qo‘zg‘ab, yo-
mon yo‘llarga olib boraman, uning intilishlarini, orzularini puchga chiqaraman, deydi. Asarning asosiy konflikti va tuguni shu yerdan boshlanadi.
Kim erk, hayot deb jang qilolsa har kun, Erk-u hayot uchun o‘sha munosib.
Xuddi shunday mehnat, kurash va havas Band aylasa yosh-u keksa har kimni, Shunday kunda ko‘rsam edim bir nafas Ozod diyorimni, ozod xalqimni.
Faust tilidan aytilgan ushbu misralar u anglab yetgan haqiqatning, inson umrining mazmunini belgilab beradi. Gyote o‘z tragediyasida bir-biriga zid bo‘lgan ikki xil kuchlar to‘qnashuvini ko‘rsatadi. Bu kuchlarning biri Faust, u ilg‘or dunyoqarash, yorug‘lik timsoli. U buyuk olim, ijodkor inson, odamlar baxt-saodati uchun kurashadi. Faust ilmga tashna, ilm-ma’rifatning kuchi bilan kishilarga ezgulik qidiradi. O‘z xalqini ma’rifatli qilish uchun Injilni tarjima qiladi. Shoir tinmay olg‘a yurishni, to‘xtovsiz harakat qilishni targ‘ib qiladi, chunki u harakat insoniyat kelajagini munavvar qilishiga ishonadi. Gyotening asari zamondoshlarini o‘rta asr uyqusidan uyg‘otishga, o‘z hayotini qurishga da’vat qiluvchi chaqiriq ham edi. Shoirning qahramoni davr munosabatlarini o‘zida mujassamlashtirgan ki- shi. Asosiy qahramonlardan biri bo‘lgan shayton Mefistofel o‘zida shubha, inkor ham vayronalik kuchlarini mujassamlashtirgan. Shay- ton hamma vaqt Faustni yo‘ldan ozdirishga, uning yuragida shubha qo‘zg‘ashga urinadi. Faustni olijanob intilishlardan chalg‘itib, haq- iqat, insoniyat oldidagi burchlarini unutishga undaydi.
Gyote asrining ikkinchi qismida qadimgi Yunoniston mavzusi asosiy o‘rin oladi. Yelena antik dunyoning go‘zallik timsoli sifatida gavdalanadi. Faust bilan Yelena o‘rtasidagi nikoh ramziy ma’no kasb etadi. Faust qo‘lida qolgan Yelenaning kiyimlari qadimiy san’atning olijanob tasviri, belgisidir. Gyotening fikricha, oltin davr o‘tmishda emas, istiqbolda, kelajakda.
“Faust” asari XVIII asr oxiri va XIX asr boshlaridagi nemis ad- abiyotining falsafiy va badiiy yutug‘i bo‘ldi. Bu asar ustida Gyote 60 yil davomida ishladi. «Faust»ni yozish niyati unda studentlik yil- laridan boshlangan edi.
Afsungar doktor Faust haqidagi afsonalar XVI asrda paydo bo‘lgan. 1592-yil. Kristofer Marlo «Doktor Faustning fojiyaviy tarixi» sahna asarini yaratdi. XVII-XVIII asarda tabiat sirlarini o‘zlashtirgan doktor haqida Germaniyada turli kitoblar bosilib chiqqan edi. Demak, tragediyada bir-biriga zid bo‘lgan ikki xil kuch- ning to‘qnashuvi tasvirlanadi. Faust-ilg‘or dunyoqarash, yorug‘lik timsoli. To‘xtovsiz harakat, yaratish, bunyodkorlik uning asosiy shi- ori. U ilmga tashna, Injilni tarjima qilgan. Myefistofel shubha, inkor, vayronachilik kuchlarini mujassamlashtirgan. U Faustni yo‘ldan ur- moqchi bo‘ladi.
Jahon adabiyotining shoh asarlaridan biri bo‘lgan “Faust” ni o‘zbek kitobxoni shoir Erkin Vohidov tarjimasida ona tilida o‘qimoqda. Gyotening buyuk “Faust” fojiasi bilan birga bir qa- ncha she’rlari o‘zbek tiliga M.Shayxzoda, Shukrullo, Erkin Vohi- dov, Sadriddin Salimov tomonidan tarjima qilingan. “Yosh Vertern- ing iztiroblari” romani Yanglish Egamova tarjimasida o‘zbek tiliga o‘girilgan.



Download 0,5 Mb.
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   135




Download 0,5 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek

Download 0,5 Mb.