|
O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek
|
bet | 69/135 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 0,5 Mb. | | #242139 |
Bog'liq O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulIongann Volpfgang Gyote (1749–1832). Frankfurt shahrida yurist oilasida tug‘ildi. Laykuna universitetida (grafik) o‘qib yur- ganda birinchi she’rlarini yozadi. Uning dunyoqarashiga Spinoza falsafasi-«Poetika» ta’siri katta bo‘ladi. Studentlik yillari Ganpening
«Muhammadning hayoti» kitobidan ruhlanib, Muhammad haqida drama yozmoqchi bo‘ladi (parchalar).
Gyote 1771-yilning 14-oktyabrida buyuk ingliz dramatur- gi V.Shekspirga bag‘ishlangan kechada ma’ruza qildi. Ushbu ma’ruzasida u o‘zining estetik dasturini bayon qildi. Ma’ruza Shek- spir dahosiga aytilgan madhiya bo‘lib, Gyote uni yangi adabiy oq- imning bayrog‘i deb e’lon qildi.
O‘z hayoti davomida 1600 ga yaqin she’r yozadi. Juda ko‘pchiligi xalq qo‘shiqlariga aylanadi. «Gets fon Berlixingen» (1773) Gyoten- ing nomini butun Germaniyaga mashhur qiladi. Dramada XVI asr voqealariga murojaaat qilinadi. Bosh qahramoni Ges ritsor. U xalq orasida juda mashhur. Isyonkor shaxs taqdiri uni juda qiziqtiradi. Asar uning Shekspir bilan juda qiziqqan davrida yaratildi (Xronika- lar ruhida). Asar klassitsizm teatridan butunlay farq qiladi.
1774-yili «Yosh Verterning iztiroblari « romanini yozdi. Asar qa- hramoni Verter – byurger oilasidan chiqqan iste’dodli, nozik tabiat yosh yigit. U o‘z davri uchun juda yaxshi ma’lumot olgan, klassik adabiyotni, ayniqsa, Gomer asarlarini sevib o‘qiydi. Qalbi olijan- ob his-tuyg‘ularga boy. Verter tabiatning erkin farzandi, u Russo ta’limotining ixlosmandi. Verter Sharlotta ismli qizni sevib qolgan. Ammo Sharlotta boshqa yigit – Albertga unashtirilgan edi. Shu sa- babli Verter qizni unutish maqsadida shaharga borib, diplomatiya idorasiga ishga kiradi. Ammo bu yerda uning ishi yurishmaydi. O‘z xo‘jayini graf saroyidagi ziyofatda hozir bo‘lgan Verter yuqori ta- baqa vakillariga yoqmaydi. Verterning xo‘jayini mehmonlarning xohishini unga aytgach, yigit bu uydan chiqib ketadi. Ertasiga butun shaharga, go‘yo Verter mehmondorchilikdan haydab yuborilganligi haqida be’mani tuhmat gaplar tarqaladi. Haqoratlangan Verter ariza berib ishdan bo‘shaydi. Yana o‘z sevgilisi yoniga qaytib boradi. Endi Sharlotta turmushga chiqqan, Verterning Sharlottalarnikiga kelishi bu oilani obro‘sizlantirgan bo‘lar edi. Chorasiz qolgan Verter o‘zini o‘zi o‘ldiradi. Gyote zamondoshlari asarning bunday yechim bilan tugallanishiga salbiy munosabat bildirdi, hatto Lessing ham Vertern-
ing o‘z joniga qasd qilishini qahramonning irodasizligi, ojizligiga yo‘ydi. Garchi Gyote bu fikrlarga qo‘shilmasa-da, romanning ikkin- chi nashriga quyidagi she’riy misralarni epigraf qilib kiritdi:
“Er bo‘lgin, men yurgan yo‘ldan yurmagin”. Gyote qahramoni ichki dunyosi boy sentimental obrazdir. XVIII asr yozuvchilari uchun, jumladan, Gyote uchun ham inson sezgilarining ifodasi o‘sha zamon feodal tuzumida hukm surayotgan shafqatsizlik, toshbag‘irlikka qarshi kurash ifodasini anglatar edi. Bu hol inson uchun, uning har tomonlama kamoloti yo‘lidagi kurashni bildi- radi. XVIII asr insonparvarlari barcha qobiliyatlarini, qalbining boy his-tuyg‘ulari to‘la namoyon qilinishini istar edilar. Insonni tabiat bekam-u ko‘st yaratadi, ammo adolatsiz jamiyat sharoiti undagi barcha illat va qusurlarni keltirib chiqaradi, deb hisobla- ganlar.
Gyote lirikasi o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Uning she’riyati badiiy yetuk, serma’no va hayotiydir. Shoir o‘z lirikasida xalq hayo- tiga, uning og‘zaki ijodiga murojaat qilib, yana ana shu xalq folklyori xazinasini ajoyib durdonalar bilan boyitadi. Gyote she’riyati kishin- ing murakkab ichki dunyosini ochib beradi. Xalq tili, uning ohan- grabo musiqiyligi, quvnoq lapar ohanglari kitobxon qalbini junbush- ga keltirib, lirikaning sirli sehriga maftun qilib qo‘yadi. Lirikasining asosiy mavzui inson, uning sevgisi, uning tabiat bilan uyg‘unlashib ketgan hayotiy, falsafiy go‘zallik va ozodlik haqidagi olijanob orzu- larini tarannum qiladi. Gyote dunyo madaniyatining bir ildizi, bir asosi bor, bu ham bo‘lsa, G‘arbda, G‘arb-madaniyat beshigi, degan noilmiy fikrga qarshi o‘laroq, dunyo madaniyati yagona jarayon va qonuniyatlar asosida rivojlanishi, bu jarayonda Sharq hech qachon G‘arbdan keyin qolmaganini, balki ko‘p sohalarda undan ilgarilab ketganini ta’kidlaydi.
Aytish joizki, adibning Sharqqa hurmati, ehtiromi uning Ho- fiz Sheroziy ijodi ta’sirida yaratilgan “Devoni” da o‘z ifodasini topdi:
|
| |