|
Gotxolpd Efraim Lessing (1729–1781)
|
bet | 67/135 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 0,5 Mb. | | #242139 |
Bog'liq O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulGotxolpd Efraim Lessing (1729–1781). Germaniyaning 60-yil- lar adabiy hayotida Lessing yyyetakchi o‘rin egallaydi. U zamona- sining ulug‘ mutafakkiri, iqtidorli tanqidchisi, adabiyot va san’at nazariyotchisi, shoir va dramaturgi edi. Lessing adabiyotni hayotga yaqinlashtirdi, unga ijtimoiy yo‘nalish baxsh qildi. U yangi nemis adabiyotiga asos soldi, Shiller va Gyotelar Lessingning shogirdi edilar.
XVIII asrning 50-yillarida Lessing she’rlar, masallar va o‘zining birinchi tragediyasi “Sara Sampson xonim” (1755) ni chop ettirdi.
Lessing “Laokoon” (1766) hamda “Gamburg dramaturgiyasi” (1769) nomli asarlarida xalqchil san’at estetikasining nazariyotchi- si sifatida maydonga chiqdi. Muallifning bu har ikkala risolasi ma’rifatchilik san’atida realizm prinsplarini isbotlashga va barqa- ror qilishga qaratilgan. “Laokoon” risolasi bilan adib zamonasida juda ko‘payib ketgan mazmunsiz tasvirlar she’riyatiga qarshi chiqdi. Asar klassitsizm adabiyotining asoslariga zarba berdi. Klassitsizm estetikasi, san’at asari faqat “go‘zal tabiatni” tasvirlab berishi kerak, deb hisoblar edi. Bunga qarshi Lessing haqqoniy san’at hayotdagi xunuk, salbiy voqealarni ham yoritishi kerak, deb chiqdi.
Lessingning ko‘plab teatr taqrizlari asos bo‘lgan “Gamburg dra- maturgiyasi” to‘plami haqli ravishda nemis ma’rifatchilik haraka- tining dasturilamali bo‘lib qoladi. To‘plamda u san’atning tabiati, uning jamiyatda tutgan o‘rni va vazifasiga, borliq harakati va san’at haqiqatiga oid masalalarni o‘rtaga tashladi. Lessing san’at hayotni aks ettirsagina o‘z vazifasini bajargan bo‘ladi, deb qattiq ishonadi. Chinakam san’atning vazifasi faqat podshohlar va zodagonlar hayo- tini emas, balki oddiy kishilar hayotini ham aks ettirishdan iborat bo‘lishi kerak. Lessing xalqchil san’at uchun kurashadi. “Saroy ki- shi tabiatini o‘rganadigan joy emas”, deb fransuz klassitsizmini rad
qiladi. U dramaturgiyani Shekspirdan o‘rganishga chaqiradi.
Lessingning fikricha, tragediyaning vazifasi kishilarni insonpar- varlik ruhida tarbiyalash. Lessingning dramaturgik qarashlari “Sara Sampson xonim” tragediyasida o‘z ifodasini topdi.
Kemens shahrida dindor oilasida tug‘ildi. U avval Leypung uni- versitetida, so‘ngra Berlin va Vittenburgda o‘z ma’lumotini oshirdi. 1767–1769-yillarda Gammburgda yashaydi. Teatr tashkilotchilari- dan biri. «Gamburg dramaturgiyasi» teatrida qo‘yilgan asarlar taqri- zlardan iborat. 1770-yil moddiy qiyinchilikda gersoglik kutubxonasi mudiri bo‘lib ishlaydi. Yozuvchi 52 yoshida juda kambag‘allikda vafot etadi.
Lessingning «Gamburg dramaturgiyasi» asari nemis ma’rifatchilar
dasturiga aylandi.
|
| |