|
O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek
|
bet | 68/135 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 0,5 Mb. | | #242139 |
Bog'liq O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulShiller (1759–1805). Ulug‘ nemis shoiri va dramaturgi Fridrix Shiller 1759-yili Marbah shahrida (Vyurtemberg gersogligi) har- biy feldsher oilasida tug‘ilgan. 1773-yili 14 yoshlik Shiller harbiy bilim yurtiga (keyinchalik harbiy akademiyaga) o‘qishga berildi. Vyurtemberg gersogi Karl Yevgeniy tashkil qilgan ushbu o‘quv yurtida bo‘lajak shoir nemis sharoitining qorong‘i tomonlari bilan to‘qnashgan edi. Harbiy akademiyada zobitlar, tibbiyot xodimlari va huquqshunoslar tayyorlanardi. Akademiyada Shiller o‘zining ilk ijodini boshladi. 1776-yili shoirning “Oqshom” she’ri chop etildi, shu yerda birinchi dramatik asari “Qaroqchilar” ustida ish boshladi. Tragediya 1781-yili yozib tugatildi va tez orada Mangeym shahri teatrida sahnaga qo‘yildi va favqulodda muvafaqqiyat qozondi. Asar premerasiga borgan Shillerni gersog Karl Yevgeniy ikki haftaga qamab qo‘yadi. Karl Yevgeniyning zulmidan qutulish uchun shoir Mangeymdan Leypsigga, Drezden shahriga kelib joylashadi. 1782- yili u “Genuyadagi Fiesko fojiasi”, 1783-yili keyin “Makr va mu- habbat” deb nomlangan “Luiza Miller” drammalarini yozdi. 1787- yili Shiller Veymarga kelib, Gyote bilan tanishadi. Gyote bilan ham- korlikda Veymar teatriga asarlar yozadi.
80–90-yillarda Shiller estetikaga oid bir qancha asarlar yozdi.
“Zamonaviy nemis teatri haqida” (1782), “Teatr ma’naviy muassasa sifatida” kabi nazariy asarlarida erkinlik va go‘zallik tushunchalari orasidagi o‘zaro munosabatlar masalasini hal qilar ekan, Shiller inson kamoloti va jamiyatini qayta qurishda estetik tarbiyaning, go‘zallikning roliga muhim ahamiyat beradi. Adib tarix, qadimgi yunon san’ati bilan shug‘ullanib, odamlarni go‘zallik g‘oyasi bilan tarbiyalash mumkin, degan nazariy xulosaga keladi. U antik dun- yo san’atida o‘z ideallarini ko‘radi. Shiller 46 yoshida, ayni ijodiy kuchga to‘lgan bir pallada vafot etadi.
“Makr va muhabbat” tragediyasi “Bo‘ron va tazyiq” drama- turgiyasining shoh asari bo‘lib qoldi. Asarda ilk bor nemis hayoti chuqur va ishonarli tasvirlangan bo‘lib, unda tasvirlangan voqea real sharoitdan olinib, hukm surayotgan axloqiy pastkashlik, gersog saroyining dabdabasi va buzuqligi ko‘rsatilgan. “Makr va muhab- bat” pyesasida bir-biriga murosasiz bo‘lgan ikki qarama-qarshi gu- ruh vakillarining to‘qnashuvi aks ettiriladi. “Makr va muhabbat” tragediyasi bilan Shiller ijodining ilk, shtyurmerlik davri yakuniga yetdi. 1783-yildan 1787-yilgacha yozilgan “Don Karlos” fojiasi us- tida ishlash jarayonida dramaturg bir qancha o‘zgartirishlar kiritdi. Asarda isyonkorlik ruhi yo‘qolib, mavjud tuzumni ma’rifat yo‘li bilan tuzatish mumkin, degan ishonch paydo bo‘ldi. “Don Karlos” tragediyasidan keyin Shiller deyarli 10 yil dramatik asar yozmadi. 80-yillarning o‘rtalarida u kam sonli she’rlar yaratdi.
90-yillargacha kelib, Shiller tarixiy mavzuga murojaat qildi. O‘ttiz yillik urush davrini hikoya qilgan “Vallenshteyn” trilogiyasini (1797–1799) yozdi.
“Vilgel Tell” (1804) – Shillerning ijodiy yo‘lini yakunlovchi drama bo‘lib, unda yozuvchi o‘zining vatani, xalqi taqdiri haqidagi o‘y-fikrlarini bayon qiladi. Asar dramaturgning o‘ziga xos poetik vasiyati edi. 1803-yilning 18-avgustida yozgan maktubida Shiller quyidagilarni bayon qiladi: “hozir “Vilgelm Tell” bilan juda band- man... Mavzu juda qiziqarli va o‘zining xalqchilligi bilan teatrga juda mos”.
Dramaturg o‘zining dramasida xalq afsonalaridan foydalanib, xalq ichidan chiqqan Vilgelm Tell obrazi orqali xalqning ozodlik, milliy birlik haqidagi orzu-istaklarini va unga erishish yo‘lidagi mashaqqatlarini ko‘rsatib beradi.
Shillerning “Makr va muhabbat” fojiasi 1936-yili Komil Yas- hin, 1939-yili Ma’ruf Hakim tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qil- ingan, Asqad Muxtor esa 1954-yili “Qaroqchilar” tragediyasini o‘zbekchalashtirgan. Har ikki asar Milliy Akademik drama teatrida sahnalashtirilib, zo‘r muvaffaqiyat bilan namoyish qilindi.
1795-yilda «Kishini estetik jihatdan tarbiyalash to‘g‘risida xat- lar» nazariy maqolasini yozadi. Uning fikricha, inson go‘zallik ta’siri ostida, insonparvarlar haqqoniy bo‘ladi va hayotdagi nuqsonlar bar- taraf etiladi va aql-idrok, ozodlik, tenglik hukm suradi.
U yozuvchilarni o‘z asri farzandi (quli emas) bo‘lishiga, o‘z davri ehtiyojiga qarab yozishga chaqiradi. «Qaroqchilar» (1781- yil)da Graf Maksimilian fon Moorning ikki o‘g‘li Karl ( Lepsigda o‘qiydi) va Frans (shuhratparast) bor. Karl qarzga botib, yordam so‘rab yozgan xatlarini Frans qari otasiga buzib, soxtalashtirib o‘qib beradi, akasiga tuhmat qiladi. Graf Karldan voz kechadi. Ilojsiz Karl qaroqchilar guruhini tuzadi(Butun mamlakatga dah- shat soladi). Otasi bundan xabar topadi. Frans bir kishini yollab, otasiga Karlning o‘limi haqida yolg‘on xabar beradi. Hasta graf olamdan o‘tadi. Frans otasi o‘rnini egallaydi va saroyda adolatsi- zlik o‘rnatadi. Begona kishi qiyofasida saroyga kelgan Karl bar- chasidan xabar topadi. Sevgan qizi Amaliyani qaroqchilar tutib qaroqchilar huzuriga keltiradi. Ammo Karl sevgan bilan birga Amaliyaga xanjar uradi. O‘zini hukumat qo‘liga topshirmoqchi ekanini qaroqchilarga ma’lum qiladi. Qaroqchi Karl jamiyatni o‘zgartirmoqchi bo‘ladi.
|
| |