O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek




Download 0,5 Mb.
bet63/135
Sana18.05.2024
Hajmi0,5 Mb.
#242139
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   135
Bog'liq
O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ul

Djonatan Svift (1667–1745). Irlandiya poytaxti Dublinda ruhoniy oilasida tug‘ilgan. Yirik ingliz amaldori Vilyam Templ saroyida kotib bo‘lib ishlagan. Vilyam Boy kutubxonasidan foydalangan. Jurnalist sifatida tanilib «Kitoblar janggi», «Bochka haqida ertak» (1704) va boshqa hajviy asarlari bosilib chiqqan.
«Kitoblar janggi» pamfletida XVII asr oxirida Fransiyada 2 xil lager, ya’ni eski antik adabiyoti tarafdorlari va yangi, zamonaviy ad- abiyot tarafdorlari o‘rtasidagi katta tortishuvlar haqida satirik uslub- da hikoya qilinadi. Birinchi lagerdan Bualo (“Poeziya san’ati”) o‘rin egallagan bo‘lsa, ikkinchi tomonda aka-uka Perrolar ( 3 aka-uka) joy olgan. Asosiy vazifa “Qizil qalpoqcha”, “Zolushka”, “Uyqudagi go‘zal” ertaklari muallifi, badiiy ertak asoschisi Sharl Perroga yukla-
tilgan.Templ hali qadimiy adabiyot tarafdori edi. Kutubxonada yangi avtorlar kitobiga polkadan yaxshi joylar, qadimiy avtorlar kitobiga esa qorong‘u burchakdan joy ajratilgan edi. Xafa bo‘lgan qadimiy avtorlar qo‘zg‘olon qiladi. Otliqlarni Xomer va Pindar, qurollilarni Aristotel va Platon va boshqalar boshqarib, g‘alaba qozonadi.
Svift – siyosiy yozuvchi. Uni, asosan, ijtimoiy masalalar qiziqti- radi. Yozuvchi o‘z asarlarida dunyo sirlari, go‘zallik, chuqur psixol- ogizmga emas, jamiyat nuqsonlariga e’tiborini qaratadi. 1726-yilda yaratilgan “Gulliverning sayyohatlari” romani qahramoni – afso- naviy mamlakatlardan Liliputiyaga, ulkan odamlar mamalakatiga, Brobdingnegga, aqlli otlar mamlakatiga (Guinginiyaga) va boshqa yerlarga sayohat qilgan shaxs. Sayohatchining maqsadi insonlarni ma’rifatli qilish ( yaxshi va yomon misollar orqali) edi. Shuning uchun Svift fantaziyasi ostida falsafiy tagma’no yotadi. Roman 4 qismdan iborat. 1-qism Liliputlar mamlakati haqida. Ular oddiy odamlardan 12 barovar kichik. (Bu Angliya). Amaldorlari ham xalq manfaatidan ko‘ra o‘z foydasini ko‘proq o‘ylaydi. Angliya kabi bu yerda 2 partiya bor: baland poshnalilar va vichilar partiyasi.
Defoning romani yaratilishida ikki turdagi badiiy janr (Defo sin- gari): sayohat va utopiya janri namuna rolini o‘ynagan. (Tomas Mor ”Utopiya”, Komponella “Quyosh shahri”) Svift ironik tarzda hikoya qilish ustasi. Agar u “olijanob”, “har narsaga qodir” deb tasvirlasa, demak, buning aksi bo‘lib chiqadi.

Download 0,5 Mb.
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   135




Download 0,5 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek

Download 0,5 Mb.