|
O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek
|
bet | 59/135 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 0,5 Mb. | | #242139 |
Bog'liq O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ul«Sid» tragediyasi (1636). Kornelning «Sid» ini rus tiliga tarjima qilgan Kateninga Pushkin «Men seni va talabchan Kornelimni qut- layman. «Sid» ni uning eng yaxshi tragediyasi deb hisoblayman» (1822) deb yozgan edi.
Asar syujeti ispan bahodiri Rodrigo Dianis haqidagi o‘rta asr qa- hramonlik eposi va Gilen de Kastroning «Sidning yoshligi» pyesasi- dan olingan. Ammo Kornel bu mavzuni zamonasiga yaqinlashtirib, mustaqil orginal asar yaratdi.
Syujet: Don Gomes graf Gormasning qizi Ximena bilan Don Di- onning o‘g‘li Rodrigo bir birini sevadi. Ota ham qizini Rodrigoga berishga tayyor. Lekin… Ikki feodal urush o‘rtasida tortishuv Don Gomis Rodrigoning otasini haqorat qildi. Keksa Don Diego o‘ch ol- ishni o‘g‘liga topshiradi. Rodrigo uchun bu juda og‘ir: 1. Sevgilisidan ayrilishi. 2. Oila haqorati. Rodrigo qizning otasini duelda o‘ldiradi. Ximena qirol huzuriga borib, otasini qotilini jazolashni so‘raydi. Ular ikkisi ham urf-odatlar, ota oldidagi burch va yoshlik tuyg‘usi o‘rtasida azob chekadilar. Shu vaqtda Rodrigo davlatga bostirib kel- gan marvlarga qarshi kurashda zo‘r qahramonliklar ko‘rsatadi. Du- shman tomon ham uning botirligiga qoyil qolib «Sid», ya’ni janob deb ataydi. Ximena qancha talab qilsa ham qirol hanuz qahramonni, Rodrigoni jazolashga botinolmaydi. Ximena Radrigoni o‘ldirgan odamga turmushga chiqishini aytadi. Qirol jangda kim g‘olib bo‘lsa, qiz o‘shaniki bo‘ladi deb shart qo‘yadi. Qiz talabgori Sancho duelda yengiladi. Qirol maslahati bilan Rodrigo bilan Ximena topishadi.
XVII asrning birinchi yarmida Fransiyada feodal o‘zboshimchaliklarni tugatish, yagona milliy davlat-mutlaq hokimi- yatni mustahkamlash uchun kurash avj olgan bir vaqtda Kornel o‘z ijodida feodal tartiblarning yemirilishi muqarrarligi va markazlash- gan kuchli davlat barpo etish zarurligini aks ettiradi. Jumladan, “Sid” tragediyasida qonga qon degan eski urf-odat o‘rniga vatan oldidagi fuqarolik burchini bajarishni asosiy vazifa qilib qo‘yadi. Haqiqiy xalq qahramoni Rodrigo “oddiy kishilarning umidi va tayanchi” sifa- tida o‘z vatanini dushman hujumidan saqlab qoladi.
Kornel klassitsizmning uch birlik qonuniga amal qilsa-da, unga yuzaki holda bo‘ysunadi. «Sid»da vaqt birligi, makon birligi bir oz buziladi. Rodrigo Ximena bilan otasini o‘limidan so‘ng saroyda emas, qizning uyida uchrashadi.
Kornel qahramonlari nafaqat jang maydonida, balki o‘z hislari bi- lan kurashda ham g‘alaba qozonuvchi irodali kishilardir.
Napoleon Kornel ijodini juda qadrlagan: «Kornel hozir yashagan- da, men uni shahzodaga aylantirardim» degan edi.
|
| |