O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek




Download 0,5 Mb.
bet57/135
Sana18.05.2024
Hajmi0,5 Mb.
#242139
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   135
Bog'liq
O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ul

XVII asr fransuz adabiyoti


XVII asr fransuz adabiyotining rivoji va o‘ziga xos xususiyat- lari ana shu tarixiy davr sharoitlari bilan bog‘liq.XVII asrda Fransiya Ovrupa dagi eng qudratli mamlakat edi.


XVII asr fransuz adabiyoti va san’atida klassitsizm uslubi o‘z taraqqiyotining eng yuqori cho‘qqisiga ko‘tariladi. Klassitsizm feo- dal tarqoqligi o‘rniga kelgan mustahkamlanib boruvchi va qattiq qo- nun asosida ish tutayotgan absolyut hokimiyatning rasmiy adabiy sti- li edi. Absolyutizm tartiblarini o‘rnatuvchilardan Rishele adabiyotda ham qat’iy formalarga e’tibor etish talabini qo‘yadi. U yozuvchi- larning adabiy qoidalarga rioya qilishlari ustidan nazorat olib borish



22 Quronov D, Mamajonov Z, Sheralieva M. Adabiyotshunoslik lug‘ati. – Toshkent: Akademnashr, 2010. -B.136.
vazifasini fransuz akademiyasiga yuklaydi. Bu akademiya tilni ham davlatga bo‘ysundirishi va yagona fransuz tili lug‘atini tuzib chiqishi kerak edi.
Fransiyada klassitsizmning rivojlanishiga sabab bo‘lgan ik- kinchi omil o‘sha davrning yirik mutafakkirlari Dekart bilan Gas- sendi filosofiyasining ta’siri edi. Dekartning ratsionalizmi shundan iborat ediki, u haqiqatni tajribadan, moddiy dunyodan emas, balki aql-idrokdan qidirdi. Uningcha, idrok-haqiqatning yagona o‘lchovi. Klassitsizm nazariyachilari aql-idrok kuchiga qattiq ishonadilar va o‘z qarashlarini shunga asoslaydilar.
1715-yilgacha Ovrupa adabiyotidagi uch adabiy yo‘nalishdan klassitsizm Fransiyada juda ravnaq topdi. Fransuz klassitsistlari an- tik adabiyot tajribasini milliy an’analar bilan uyg‘unlashtira oldilar. (Boshqa davlatlarda bunday bo‘lmadi).
Renessans realizmi badiiy nasr, asosan, roman janrida davom etdi. Barokko esa aristokratik adabiyotda, shuningdek, Rasin ijo- dining so‘nggi davrida (« Ataliya») aks etdi. Klassitsizm esa asosiy yo‘nalish edi.
Klassitsizm nazariyotchilari aql-idrok kuchiga qattiq ishonadilar va o‘z qarashlarini shunga asoslaydilar. Fransuz klassitsistining bi- rinchi vakili shoir Malerb (1555–1628) dir. U Genrix IV davrida sa- roy shoiri, Reshelpe davrida Fransiya xazinaboni bo‘lib xizmat qildi. O‘z qasidalarida qirol hokimiyati va uning siyosatini madh etdi.

Download 0,5 Mb.
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   135




Download 0,5 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek

Download 0,5 Mb.