|
O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek
|
bet | 58/135 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 0,5 Mb. | | #242139 |
Bog'liq O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulBualo (1636–1711). Klassitsizmning yirik nazariyachisi shoir Nikolya Bualo Parijda tug‘ilgan. 1673-yilda Lyudovik XIV Bualoni saroy tarixchisi qilib tayinlaydi. 1684-yilda u fransuz akademiyasiga a’zo bo‘lib saylanadi.
Bualoning muhim asari «Poeziya san’ati» nomli didaktik poema- sidir, shoir bu asarida klassitsizm adabiy uslubining qoidalarini aso- slab berdi. Bualo Dekartning falsafiy metodini badiiy adabiyotga tat- biq qildi. Klassitsistlar estetikasi uchun xarakterli narsa aql-idrokka tayanishdir. Bualoning fikricha, aql-idrok san’atning oliy maqsadi bo‘lgan go‘zallikni yaratadi. Aql-idrok vositasi bilan Bualo antik jamiyatda yaratilgan, go‘yo hamma davr uchun bir xil qimmatga ega
bo‘lgan, lekin o‘rta asrlarda yo‘qolib ketgan va endi faqat yuqori gu- ruhlarga ma’lum bo‘lgan oliy badiiy didni tushunadi. Uning shahar va saroyni o‘rganingiz, degan shiori shundan kelib chiqadi. Bualo sa- roy doirasidagi kishilar talabiga javob beradigan asar yozishga chaqi- radi. U mutlaq hokimiyat g‘oyalarining kuychisi edi. Shuning uchun ham hamma «tuban», «qo‘pol» narsalarni rad etgan Bualo xalq va uning oddiy turmushini aks ettirgan Molyerni yoqlamaydi.
Klassitsizm adabiyotining yirik vakili dramaturg Per Kornel (1606–1684) Ruan shahrida sud chinovnigi oilasida tug‘ildi. Iuzit maktabida o‘qidi. Huquqshunoslikni o‘rganib, advokat bo‘lib ishla- di.Ma’lum bo‘lishicha, bir kuni Kornelning do‘sti uni o‘z sevgan qizi bilan tanishtiradi. Qiz esa Kornelni yoqtirib qoladi. Ana shu voqean- ing kulgili tomoni uni komediya yozishga undaydi. Shunday qilib,
«Melita» komediyasi yaratildi. Shundan so‘ng «Beva», »Qirollik»,
«Maydon» , «Sud galereyasi» komediyalari yaratiladi. Ammo Ko- rnelga uning tragediyalari shuhrat keltiradi. 1635-yilda «Medeya» tragediyasi antik yozuvchilar Evripid va Senekaning Mediya haqida- gi asarlari syujetidan olinadi. Ammo, voqea asosida mifologik tarix yotsa ham, Kornel o‘z zamonasi aristokratiyasini yaramasiliklarini fosh etadi.
Kornel 1636-yilda fransuzlar faxriga aylangan «Sid» tragediya- sini yaratdi va Fransuz Akademiyasi tragediyani sinchiklab o‘rganib chiqadi. 1639–1641-yilda u «Goratsiy», «Sinna» asarlarini yoz- di. 1652-yilda ijodiy omadsizlikka uchragandan so‘ng «Pertarit» tragediyasi muvaffaqiyatsizlikka yuz tutib, Kornel 7 yil ijod qilmadi. 1659-yilda «Edip» tragediyasini yozdi. 1662-yilda Parijga ko‘chib kelib yozishni davom etadi, ammo uning shuhrati so‘na boshlayo- tgan edi. Bu davrda yangi iste’dod – Rasin shon-shuhratga ega bo‘layotgan edi. Kornel 1674-yilda umuman yozishni bas qiladi va 10 yildan so‘ng 1684-yilda vafot etdi. Bir kuni Kornel bir necha yil bo‘lmagan teatrga keladi. Uni tanib aktyorlar o‘yinni to‘xtatishadi. Zalda to‘xtovsiz qarsaklar yangraydi. Ammo shon-shuhrat Kornelga moddiy manfaatdorlik keltirmaydi. U umrining oxirida moddiy qiy- inchilikda hayot kechiradi.
Kornel tragediyalarning asosiy personajlari qirollar yoki buyuk qahramonlardir. Uning fikricha, hokimiyatga ega bo‘lgan buyuk, kuchli va erkin shaxslar o‘z his-tuyg‘ularini namoyon etishda ham mustaqil harakat qilib, insoniy jihatlarni o‘zlarida to‘liq mujassam- lashtira oladi. Kornel nuqtayi nazari bo‘yicha, asosiy dramatik kon- flikt aql va tuyg‘u, iroda va xohish,burch va ehtiros o‘rtasida bo‘lib, bunda aql, iroda va burch g‘olib bo‘ladi. Dramaturgning tarixiy tragediyalari ham XVII asr Fransiya mutlaq hokimiyati manfaatlari- ga xizmat qiladi.
|
| |