Fransua Viyon (1431–1463-y. keyin) ijodi




Download 0,5 Mb.
bet46/135
Sana18.05.2024
Hajmi0,5 Mb.
#242139
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   135
Bog'liq
O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ul

Fransua Viyon (1431–1463-y. keyin) ijodi


Fransua Viyon ijodi o‘rta asrlar fransuz she’riyatini yuksak cho‘qqilarga ko‘targan va istiqboldagi muvaffaqiyatlarining darak- chisi bo‘lgan deyish mumkin. Viyonning hayoti va ijodi o‘rta asr dunyoqarashi inqirozining tipik namunasi hisoblanadi. Kambag‘al


oilaning farzandi bo‘lgan Fransua de Monkorbe uni tarbiyalagan uzoq qarindoshi, Parij kapellani19 Gilom Viyonning familiyasini qa- bul qiladi. 1453-yili o‘qishni tugatib magistr darajasini oladi. 1455- yili ruhoniylardan biri bilan janjallashib qolib, uni xanjar bilan urib o‘ldiradi. Xibsga olingan Fransua o‘zini himoya qilganligini isbot- lay olgani uchun ozodlikka chiqariladi. Bir yildan keyin bir necha sheriklari bilan katta o‘g‘irlik sodir etgach, Parijdan qochadi. Parij- dan ketar ekan, u hazilomuz “Kichik vasiyat” poemasini yozadi va hamtovoqlariga o‘zining mayda-chuyda buyumlari va sud jarayo- nini vasiyat qilib qoldiradi.
Shu paytdan boshlab Viyonning 6 yil davom etgan darbadarlik hayoti boshlanadi. U 1457-yilda shahzoda Karl Orleanskiy tomoni- dan uyushtirilgan shoirlar ko‘rigida ishtirok etadi. Shundan keyin shoir kokilyarlar20 guruhiga qo‘shiladi, o‘g‘rilar jargonini o‘rganadi, hatto bu tilda balladalar ham yozadi. 1461-yili noma’lum sabablarga ko‘ra Myon-syur-Laur shahri qamoqxonasiga tushadi.
1462-yili Viyon Parijga qaytadi va o‘zining “Katta vasiyat” dos- tonini yozadi, shu yilning noyabr oyida yana qamoqxonaga tushadi, dekabr oyida Papa mahkamasining kotibiga suiqasdda ayblanib o‘lim jazosiga maxkum etiladi. Aynan shu kunlarda u mashhur “Osilganlar haqida ballada”sini yozadi. 1463-yilning 5-yanvarida o‘lim jazosi bekor qilinib 10 yilga Parijdan badarg‘a qilinadi. Viyonning shun- dan keyingi hayoti haqida ma’lumotlar saqlanib qolmagan.
Viyonning eng asosiy adabiy merosi darbadarlikda yozilgan bir nechta she’rlarini ham o‘z ichiga olgan “Katta vasiyat” dostoni hi- soblanadi. Asarda shoir turli buyumlar bilan birgalikda bir necha insonlarga o‘z she’rlarini ham vasiyat qiladi. Shu tarzda asar Viyon- ning haqiqiy “poetik vasiyati”ga aylanadi.

Shoirning ijodi Masho maktabi an’analari bilan bog‘liq bo‘lsa ham, undagi obrazlar tizimi, mavzu ko‘lami, xis-tuyg‘ularning xara- kteri, ya’ni uslubi va dunyoqarashi tubdan farq qiladi. Hayotning
19 Katoliklarda xonaki cherkov ruhoniysi
20 Tilanchilik, bosqinchilik bilan shug‘ullangan yersiz qolgan dehqonlar, qochoq askarlar
o‘tkinchiligi, foniylik, har qanday go‘zallikning nobud bo‘lishi g‘oyasi shoir she’riyatining asosini tashkil qilgan.
Bir qarashda Viyon poeziyasi o‘rta asrlar uchun an’anaviy bo‘lib tuyulishi mumkin, u balladalar, rondo(she’rning ayrim misralari ma’lum tartibda takrorlanadigan turi), qo‘shiqlar yozdi, mavzu, ohang, badiiy usullarini meros qilib oldi. Biroq ularga ko‘r-ko‘rona ergashmadi, balki ularni kengaytirib, mavzu ko‘lamini chuqurlashtir- di, falsafiy ruh bag‘ishladi . Shuning sababidan Viyon she’riyati, o‘tmishdoshlari bilan qiyoslaganda, haqiqiy poetik inqilob bo‘ldi.
1456-yili shoirning yumor, kinoya, hazil-mutoyibaga yo‘g‘rilgan “Le”(yoki “Kichik vasiyatnoma”) dostoni yaratildi.
Viyonning asosiy asari – “Vasiyatnoma”, keyinchalik shoirn- ing hayotlik paytidayoq uni “Katta vasiyatnoma”(1461-y.) deb atay boshlaganlar: doston 186 she’riy band, 16 ta ballada, 3 rondodan iborat.
Viyon ijodining ta’siri XVI asrdan boshlab fransuz adabiyotida yaqqol namoyon bo‘ladi. Rable, Lafonten, Molyer, T.Gote va Gyu- golar uning ijodi ta’sirida bo‘lgan bo‘lsalar, Bualo hamda Volter un- ing ijodiga yuqori baho berganlar.



Download 0,5 Mb.
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   135




Download 0,5 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Fransua Viyon (1431–1463-y. keyin) ijodi

Download 0,5 Mb.