O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek




Download 0,5 Mb.
bet44/135
Sana18.05.2024
Hajmi0,5 Mb.
#242139
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   135
Bog'liq
O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ul

Ritsar-kurtuaz adabiyoti


X-XII asrlar davomida Fransiya, shuningdek, G‘arbiy Ovrupa ning ko‘p mamlakatlarida feodallashish jarayoni tugallangan, feodal ishlab chiqarish usuli qaror topgan edi. Davlat tepasida qirol turar va u boshqa feodallar uchun sin’yor – syuzeri hisoblanar edi.


Qirolning vassallari – katta yer egalari graf, gersog, yepiskop va boshqalar o‘z grafliklari doirasida mustaqil hukmron edilar. Ular ko‘pincha qirolga ham itoat qilmas edilar. Kichikroq baronlar yirik graf va garsoglarni sin’or deb ataganlar. Baronlarga kichikroq feodal va ritsarlar bo‘ysunganlar.
Ritsar o‘z xo‘jayiniga sodiq, uning mol-mulki va manfaatlarini himoya qiluvchi jangchi edi.
O‘rta asrlar sharoitida ritsarlik harbiy-feodal zodagonlarn- ing o‘ziga xos muhim xususiyatlarini belgilardi. Asta-sekin unga yangi rasm-rusmlar ham paydo bo‘la boshlaydi. Endi ritsardan o‘z sin’origa sodiq, rostgo‘y bo‘lish bilan birga, dinni himoya qilish,



18 Ar’ergard –qo‘shinning chekinishini pana qiluvchi guruh.
zaiflarga yordam berish vazifalari ham talab etila boshladi. Dabdab- ali ritsar qoidalarini yaratishda XII-XIII asrlarda yuzaga kelgan risar adabiyoti ma’lum rol o‘ynadi.
Ritsar adabiyoti o‘rta asrlarda feodalizmning markazi bo‘lgan Fransiyada vujudga keladi va G‘arbiy Ovrupa ning boshqa mam- lakatlarida shakllanayotgan ritsar adabiyoti uchun namuna xizmatini o‘taydi.
Avvallari saxiylik ritsarning jangovar kurashida qo‘shimcha bir holat edi. XII asrda esa u ritsar adabiyotida ifodalangan qahramon- ning asosiy xususiyatiga aylanadi. Ritsar faqat mard bo‘lishi bilan kifoyalanmasdan, shu bilan birga kurtuazcha nozik didli, ko‘rkam, sezgir va xushmuomala bo‘lishi kerak, degan talab ham qo‘yiladi. Shuningdek, insoniy his-tuyg‘ularni qadrlash, ayollarga nozik ilti- fot, romantik sevgi kechinmalarini madh qilish rasm bo‘lib qoladi.
X asr boshlarida Janubiy Fransiyaning Provans viloyatida feo- dal sin’orlari dunyoviy ritsar madaniyatining ifodasi bo‘lgan kur- tuaz poeziyasi yuzaga keladi. Bu adabiyot saroyga xos “kurtuazcha” nafislik, odob-tavoze, xonimlarga nisbatan xushmuomalalikni talab qiladi. Ayollar kulti – ayollarni ulug‘lash Provans shoirlari – truba- durlar ijodida asosiy o‘rin egallaydi.
Trubadurlar lirikasining asosiy janrlari: 1) kansona – sevgi qo‘shig‘i bo‘lib, unda muhabbat va diniy mavzu yoritiladi, bu janrda- gi she’rlar nafisligi va bandlarning murakkabligi bilan ajralib turadi;
2) sirventa – asosan siyosiy xarakterdagi, qisman shaxsiy masalalar- ga bag‘ishlangan munozara yo‘sinidagi qo‘shiqdir. Shoir unda o‘z dushmaniga qarshi hujum qiladi; 3) tensona – sevgi, adabiy-falsafiy mavzularda ikki shoir o‘rtasida bo‘lgan she’riy dialogdan iborat; 4) alba yoki tong qo‘shig‘ida ritsar o‘z do‘stining kuzatuvi ostida tunda sevgani bilan uchrashgani borishi kuylanadi. Tong yorisha boshlashi bilan do‘sti “Tong” qo‘shig‘ini aytadi va ritsarni ogohlantiradi; 5) pastorela – mavzusi jihatidan alba kabi alohida voqeani aks ettir- gan lirik qo‘shiq bo‘lib, ko‘pincha u suhbat-dialogdan tashkil topgan kichik pyesani eslatadi, unda ritsar bilan cho‘pon qizning uchrashuvi
hamda ular o‘rtasidagi munozara tasvirlanadi. Qo‘shiqning kirish qismida ritsar qizni tabiat quchog‘ida uchratib unga mulozamat qila boshlaydi. Qiz ritsarning so‘zlariga ishonib, unga o‘z ixtiyorini top- shiradi, biroq ritsar uni tashlab ketadi, yoki aksincha, qiz ritsarga jiddiy zarba berib, uni haydab yuboradi; 6) motam qo‘shig‘i – biron- ta obro‘li sinor yoki yaqin kishining vafotiga shoirning qayg‘usini bayon etgan she’rdir.
Trubadurlar lirikasi XII-XIII asrlar mobaynida rivoj topdi. Uning eng gullagan davri XII asrning oxirlariga to‘g‘ri keladi. Shu davrda ijod etgan yirik trubadurlardan biri Bernard de Ventadorndir(tax. 1140–1195-yy.). Shoir Bertran de Born(tax. 1140–1215-yy.) ijodida siyosiy muammolar yoritiladi.
Ritsarlik lirikasida kuylangan sevgi, turmush quvonchlari kurtu- az-ritsarlik romanining ham asosiy mavzusi edi. Ritsarlik romanida muhabbat feodal axloqi tamoyillariga bo‘ysunilgan tarzda ko‘tarinki ruhda, fantastik bo‘yoqlarda tasvirlanadi. Shuningdek, qahramon- larning ruhiy kechinmalari tasviriga ham alohida e’tibor beriladi. Ritsar xonimga bo‘lgan sevgisi tufayli jangovar sarguzashtlarga otlanadi, lekin endi ritsar vatan manfaatini emas, balki o‘z shaxsiy manfaatini ko‘zlab qahramonlik safarlariga chiqadi.
Kurtuaz-ritsarlik romani ham Fransiyada vujudga kelib, so‘ngra boshqa yerlarga tarqalgan. U mavzusiga qarab 2 turkumga ajratiladi:

  1. antik turkum; 2) breton turkumi. Birinchi turkumga antik man- balar asos bo‘lib xizmat qilgan (“Aleksandr haqida roman”, “Eney haqida roman”, “Troya haqida roman”). Ikkinchi – breton turkumiga esa fantastika va ishqiy voqealarga boy bo‘lgan kelt ertaklari asos bo‘lib xizmat qilgan (“Artur” yoki “Dumaloq stol” romanlari, “Iven yoki yo‘lbars ritsar”, “Tristan va Izolda”).




Download 0,5 Mb.
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   135




Download 0,5 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek

Download 0,5 Mb.