|
O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek
|
bet | 45/135 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 0,5 Mb. | | #242139 |
Bog'liq O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ul Shahar adabiyoti
O‘rta asr shaharlarida ishlab chiqarishning o‘sishi hunarmand-
chilikning rivojlanishiga olib keldi. XII asrdan boshlab savdo-sotiq
va hunarmandchilik markazi sifatida shaharlarning mavqeyi osha boshladi. Shaharlarning rivojlanishi barobarida feodal aloqalarga qarshi bo‘lgan burjua sinfi shakllandi. Borliqqa nisbatan ideal qa- rashda bo‘lgan ritsarlik she’riyatidan farqli ravishda shahar adabiy- oti hushyor, hozirjavob va real hayotga yaqinligi bilan ajralib turadi. Shahar adabiyoti ritsar adabiyotidagi janrlarni aynan o‘zicha qabul qilmasdan, ularni qayta ishlaydi va faqat shaklini o‘zgartirish bilan kifoyalanmasdan, uslubiga ham qator o‘zgarishlar kiritadi. Ritsar poeziyasidagi o‘ta nafislik va san’atpardozlik xalqchil va real tasvir- lar bilan almashinadi.
Go‘zal xonim uchun har qanday sarguzashtlardan qaytmaydigan va o‘z nayzasini sindirishga ham tayyor turadigan ritsar o‘rnini endi aql-idrokli, epchil va mehnatni qadrlaydigan qahramonlar egallay boshlaydi. Bu yangi qahramonlar zehni o‘tkir va chaqqon dehqon, xushchaqchaq jonglyor, hiylakor xizmatchi va boshqalar bo‘lib, ular e’tiborli guruhdan chiqqanligi bilan gerdayadigan hukmron tabaqa vakillari, xususan, ochko‘z va firibgar cherkov knyazlari va monax- lar ustidan kuladilar.
Shahar adabiyotida yangi janrlar paydo bo‘ldi. Ana shunday janrdan biri fablio hisoblanadi. Fablio kichik she’riy hikoya bo‘lib, uning asosiy maqsadi tinglovchilarni kuldirib, ko‘nglini ko‘tarishdan iborat bo‘lgan. Fablioning stili (uslub) mukammal bo‘lmagan, ak- sariyat hollarda ularning qofiyasi sodda edi. Hikoyalarda hayot- dan olingan qiziqarli voqealar, latifalar bayon qilingan. Fablioning markazida chaqqon, abjir, aqlli qahramon turadi. Keyinchalik alo- hida fabliolar bunday qahramon atrofida birlashtirilib, yaxlit holatga keltirilgan va shu tarzda roman paydo bo‘lgan. Turli e’tirozlarni bir qahramon atrofiga jipslashtirish natijasida o‘rta asrlarning eng mashhur asari “Tulki haqida roman” paydo bo‘lgan.
Fablio ma’lum darajada keyingi davr Ovrupa adabiyotiga ta’sir ko‘rsatdi. Molyerning “Zo‘raki tabib” komediyasida, Lafontenning “Ertaklari”da fablio syujeti, uslubi ko‘rinadi. Germaniyada fablion- ing ta’siri ostida zamonaviy hajviy ruhdagi realistik hikoya-shvank-
lar yuzaga keladi. Ayniqsa, Shtrikkerning “Pop Amis” haqidagi
hikoyalar turkumida fablioning ta’siri yaqqol ko‘rinadi.
“Tulki haqida roman” shahar adabiyotining xarakterli asarlaridan biri hisoblanadi. U Ovrupa xalqlari o‘rtasida keng tarqalgan tulkin- ing qilmishlari to‘g‘risidagi ertaklar asosida yuzaga kelgan.
Salkam bir asr (XII asrning oxirlari-XIII asrning boshlari) mo- baynidagi voqealarni qamrab olgan bu roman-epopeyaning yaratil- ishida ko‘p avtorlar qatnashgan. Turli hikoyalardagi qahramonlar xarakterining umumiyligi bu hikoyalarning birlashib yagona roman sifatida shakllanishiga imkon bergan.
Shaharlarning rivojlanishi shahar tabaqalarining feodal hukm- ronlariga qarshi kurashini ham keskinlashtiradi. Shahar tabaqalari adabiyotdan o‘z dushmanlariga qarshi kurash qiroli sifatida foydala- nadilar. Masalan, “Tulki haqida roman” da epchil, dono va tadbirkor tulki Renarning qo‘pol va qonho‘r bo‘ri Izengrim bilan olib borgan kurashlari tasvirida roman avtorlari shaharliklarning manfaatini ifodalab, hukmron feodal din ahllariga qarshi yovsiz o‘t ochadilar. Feodal olamining vakillari – vahshiy tabiatli qo‘pol kuchlar epchil tulkiga masxara bo‘ladilar. Qirol arslon Nobol, saroy voizi eshak Bo- duen, qirollik armiyasining jarchisi xo‘roz Shanteklar, beso‘naqay ayiq Bryon (yirik feodal), yovuz, qo‘pol va ochko‘z bo‘ri Izengrim (o‘rta darajadagi ritsar) obrazlarida feodal hukmronlarining xulq- atvorlari fosh qilinadi. Tovuq, quyon, chittak va boshqalar oddiy kishilar obrazi sifatida beriladi.
Fransuzcha “Tulki haqida roman” feodal tartiblariga qarshi o‘tkir satira edi. U Ovrupa ning ko‘p tillariga tarjima qilinadi.
|
| |