63
- himoyalovchi qisqa tutashuv tashkil qilish;
- kichik kuchlanishni qo’llash;
- izolyatsiyalangan maydonchalarni qo’llash;
- potensiallarni tenglashtirish.
Avariya sharoitida
(izolyatsiya lat olgan sababli tok yurmaydigan qismlarga kuchlanishni
o’tib ketishi) ishlab turgan elektr qurilmani havfsizligini ta’minlashda quyidagi choralar
qo’llaniladi:
- himoyalovchi yerga ulash (zazemleniya);
- nollanish (zanuleniya);
- himoyalovchi o’chirish;
- ikki qavatli izolyatsiyani qo’llash;
- ish joyini izolyatsiyalash;
- baland kuchlanishdan past kuchlanishga o’tishida himoya choralrini qo’llash.
Elektr
qurilmalarni turlariga, oziqa manbai sharoitlariga (kuchlanish qiymatlari, neytral
holati) va ishlatish sharoitlariga (atrof muhit) qarab havfsizlik taminlashida jamlanganlik
choralari qo’llaniladi.
Elektr izolyatsiya
bu dielektrik qatlami (tok o’tkazmaydigan qatlam), yoki dielektrkdan
tayyorlangan uskunani izolyatsiyasi, yoki tok o’tkazuvchi elementlarni boshqa qismlardan
ajratilib qo’yish.
Elektr uskunalarida quyidagi izolyatsiya turlari qo’llaniladi:
-ishchi izolyatsiya elektr qurilmalarini tok o’tuvchi
qismlaridagi
havfsizligini
ta’minlovchi elektr izolyatsiyasi;
-qo’shimcha izolyatsiya-ishchi izolyatsiyani lat olishi havfi bo’lsa, elektr qurilmani
himoyalash uchun qo’llaniladigan qo’shimcha izolyatsiyasi;
-ikki qavatli izolyatsiya ishchi va qo’shimcha izolyatsiyalardan tashkil topgan izolyatsiya;
-puhtalangan izolyatsiya ikki qavatli izolyatsiyani darajasiga ega bo’lgan, yahsxilangan
ishchi izolyatsiyasi.
Izolyatsiyani elektr sxemasi uchta parallel ulangan shohchalaridan iborat.
Birinchi
shoxchada
-
kondetsatordan
(C1)
iborat.
Dielektrik
izolyasiyasini
o’tkazuvchanligini hajmi bilan tavsiflanadi va geometrik o’lchamlari bilan aniqlanadigan.
Kuchlanish paydo bo’lishi bilan kondetsator zaryadiga teng bo’lgan, dielektik polyarizasiya tok
hоsil bo’ladi. Undan o’tayotgan tok impuls hosiyat ega bo’lib - tezkor polyarizatsiya toki ( i
b.pol ) deb ataladi.
Ikkinchi shoxchada-ketma-ket ulangan kondensator (C2) bilan faol qarshiligi (R2)
joylashgan. Bu shoxcha polyarizasiya jarayonini asta-sekin o’tish bilan tavsiflanadi.
Kondensator
(C2) izolyasiyani tuzilishi va dielektrik hususiyatlariga bog’liq. Kondensator (C2) vaqt-vaqti
bilan o’qlanib (zaryadkalanib) turadi va shu vaqt zanjirni doimiy vaqti (t=R2C2) bilan
aniqlanadi. O’qlanish vaqti ko’paygan sari shunchalik qarshilikni (R2) qiymati katta bo’ladi,
ya’ni dielektirik xossalarini sifati yahshi bo’ladi. Shu shohchadan o’tayotgan tok polyarizatsiya
toki deb ataladi va vaqt o’tishi bilan sekin kamayib boradi.
Tezkor polyarizatsiya tok bilan sekin polyarizatsiya tokini qo’shimchasini,