Mehnatni muhofaza qilinishini ta’minlash




Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/195
Sana24.05.2024
Hajmi2,9 Mb.
#252795
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   195
Bog'liq
hayot faoliyati xavfsizligi kitob

Mehnatni muhofaza qilinishini ta’minlash
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston kasaba uyushmalari
Federatsiyasi Kengashi bilan birgalikda mehnatni, atrof muhitni muhofaza qilishning ilmiy
asoslangan standartlari, qoida va me’yorlarini ishlab chiqish va qabul qilish yo‘li bilan ishlab
chiqarishda mehnat xavfsizligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan talablar darajasini belgilaydi.
Shuningdek, kasaba uyushmalari bilan kelishilgan holda mehnat sharoitlarini yaxshilash, ishlab
chiqarishdagi jarohatlanishlar, kasb kasalliklarining oldini olishga oid Respublikaning aniq
maqsadga qaratilgan dasturlarini ishlab chiqadi va moliyaviy ta’minlaydi hamda ularning
bajarilishini nazorat qiladi. Vazirliklar va idoralar tegishli kasaba uyushmasi idoralari bilan
kelishilgan holda mehnat sharoitlarini yaxshilashga oid tarmoq dasturlarini ishlab chiqadilar va
moliyaviy ta’minlaydilar.
Korxona ma’muriyati, yollovchi, mulkdor yohud ular vakolat bergan boshqaruv idorasi
korxonada mehnatni muhofaza qilish standartlari, qoida va me’yorlarining talablari, shuningdek,
jamoa shartnomasida ko‘zda tutilgan majburiyatlar bajarilishini ta’minlaydi. Korxonalarning
ishlovchilari respublikaning tegishli qonunlari va me’yoriy hujjatlari jamoa shartnomalari bilan
belgilangan mehnatni muhofaza qilish qoidalari va me’yorlari talablarga rioya etishlari shart.
Standartlar, ergonomika, mehnatni muhofaza qilishga doir qoidalar va me’yorlar talablariga
javob bermaydigan ishlab chiqarish binolari va inshoatlarini loyihalash, qurish hamda qayta
qurish, ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqish, tayyorlash, ta’mirlash, texnologiyalarni joriy
etishga, shu jumladan xorijda sotib olinganlarini joriy etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hech bir yangi yoki qayta qurilayotgan korxona, ishlab chiqarish vositalari agar ular
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda beriladigan xavfsizlik
shahodatnomasiga ega bo‘lmasa, foydalanishga qabul qilinishi va ishga tushirilishi mumkin
emas.
Belgilangan tartibga ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan korxonalar O‘zbekiston
Respublikasining tegishli nazorat idoralari beradigan faoliyatni amalga oshirish huquqini
ta’minlovchi ruxsatnomani oldindan taqdim etishlari shart. Korxonaning ko‘rsatilgan
ruxsatnomani olish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Mehnat xavfsizligi talablariga javob bermaydigan va ishlovchilar sog‘lig‘i hamda
hayotiga xavf tug‘diruvchi korxonalar faoliyati yoki ishlab chiqarish vositalaridan foydalanish,
ular mehnat xavfsizligi talablariga muvofiq holga keltirilgunga qadar, O‘zbekiston Respublikasi
qonunlarida belgilangan tartibda vakolatli idoralar tomonidan to‘xtatib qo‘yilishi kerak.Yo‘l
qo‘yiladigan eng ko‘p me’yorlari (konsentratsiyasi) ishlab chiqilmagan va belgilangan tartibda
ekspertizadan o‘tmagan zararli moddalarni ishlab chiqarishda qo‘llash taqiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasida davlat va korxonalar oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida
korxonalarning mehnatni muhofaza qilish uchun mutaxassislar tayyorlashni ta’minlaydilar.
Oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari xalq xo‘jaligi turli tarmoqlaridagi ishlab chiqarish
xususiyatlarini hisobga olgan xolda talabalar va o‘quvchilar mehnatni muhofaza qilish kursini
albatta o‘tishlarni tashkil etishlari kerak. Vazirliklar, idoralar, konsernlar, assotsiatsiyalar va
boshqa xo‘jalik boshqaruvi idoralari mehnatni muhofaza qilish tizimida ishlash uchun


87
mutaxassislarning qayta ixtisoslashuvini ta’minlaydilar. Mehnatni muhofaza qilishni moliyaviy
ta’minlash davlat tomonidan, shuningdek mulk shaklidan qat’iy nazar jamoat birlashmalari,
korxonalarning ixtiyoriy badallari hisobiga amalga oshiriladi va mehnatni muhofaza qilish uchun
tegishli byudjetlardan alohida qayd bilan ajratiladigan byudjet mablag‘lari (respublika va
mahalliy) boshqaruv hamda nazorat idoralarini saqlash, ilmiy-tadqiqot ishlarini moliyaviy
ta’minlash, mehnatni muhofaza qilishga oid davlatning aniq maqsadga qaratilgan dasturlarini
bajarish uchun foydalaniladi.
Har bir korxona mehnatni muhofaza qilish uchun zarur mablag‘larni jamoa
shartnomasida belgilanadigan miqdorda ajratadi. Korxonalarning xodimlari ana shu maqsadlar
uchun qandaydir qo‘shimcha chiqim qilmaydilar.
Korxonalar o‘zining xo‘jalik, tijorat, tashqi iqtisodiy va boshqa faoliyatidan keladigan
foyda (daromad), shuningdek boshqa mablag‘ hisobiga mehnatni muhofaza qilishning
markazlashtirilgan fondlarini tashkil etish huquqiga ega
16
.
Mehnatni muhofaza qilishga mo‘ljallangan mablag‘larni boshqa maqsadlarga ishlatish
taqiqlangan bo‘lib, fondlarni tashkil etish va ulardan foydalanish tartibi O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi
Kengashi ishtirokida belgilanadi.
Korxonalar foydasining mehnatni muhofaza etishga oid adabiyotlar, plakatlar, boshqa
targ‘ibot vositalarini nashr etish hisobiga hosil bo‘lgan qismiga, shuningdek, ilmiy-tadqiqot va
loyiha konstruktorlik tashkilotlari foydasining jamoani va ishlovchilarni yakka tartibda
himoyalash vositalarining yangilarini yaratish, ishlab chiqarish muhitini nazorat qilish asboblari
va dozimetriya vositalarining yangilarini yaratish, ishlab chiqarish va mavjud vositalarini sotish
hisobiga hosil bo‘lgan qismiga imtiyozli soliq solinadi.
Korxonadagi, har bir ish joyidagi mehnat sharoiti mehnatni muhofaza qilish standartlari,
qoida va me’yorlari talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
Korxonada mehnatning sog‘lom va xavfsiz sharoitlarini ta’minlash, ishlab chiqarishning
xavfli, zararli omillari ustidan nazorat o‘rnatilishini tashkil etish va nazoratning natijalari
to‘g‘risida mehnat jamoalarini o‘z vaqtida xabardor qilish ma’muriyat zimmasiga yuklanadi.
Mehnat sharoiti zararli va xavfli ishlab chiqarishlarda, shuningdek, o‘ta noxush haroratli
yoki ifloslanishlar bilan bog‘liq sharoitlarda bajariladigan ishlarda mehnat qiluvchilarga davlat
boshqaruvi idoralari belgilagan me’yorlarda maxsus kiyim, poyafzal va boshqa shaxsiy himoya
vositalari, yuvish va dezinfeksiyalash vositalari, sut yoki unga tenglashadigan boshqa oziq-ovqat
mahsulotlari, parxez ovqatlar bepul beriladi.
Korxonada mehnatning sog‘lom va xavfsiz sharoitlarini ta’minlash yuzasidan ma’muriyat
bilan xodimlarning o‘zaro majburiyatlari jamoa shartnomasi yoki bitmda ko‘zda tutiladi.
Vazirliklar, idoralar, konsernlar, assotsiatsiyalar, boshqa xo‘jalik organlari kasaba
uyushmalari Markaziy (respublika) qo‘mitasi bilan kelishib o‘zlari tasdiqlaydigan nizomga
muvofiq mehnat muhofazasi ishlarini muvofiqlashtirib boradilar.
Xodimlar soni 50 nafar va undan oshadigan korxonalarda maxsus tayyorgarlikka ega
shaxslar orasidan mehnatni muhofaza qilish xizmatlari tuziladi (lavozimlar joriy etiladi), 50 va
undan ziyod transport vositalariga ega bo‘lgan korxonalarda esa bundan tashqari yo‘l harakati
xavfsizligi xizmatlari tuziladi (lavozimlar joriy etiladi). Xodimlar soni va transport vositalari
miqdori kamroq korxonalarda mehnatni muhofaza qilish xizmatining vazifalarini bajarish
rahbarlardan birining zimmasiga yuklanadi. Mehnatni muhofaza qilish va yo‘l harakati
xavfsizligi xizmatlari kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishilgan nizomlar asosida ishlaydi va
o‘z maqomiga ko‘ra korxonaning asosiy xizmatlariga tenglashtiriladi hamda uning rahbariga
bo‘ysunadi. Mehnatni muhofaza qilish xizmatlarining mutaxassislari barcha xodimlar mehnatni
muhofaza qilish qoidalari va me’yorlariga rioya etishlarini nazorat qilish, tarmoq bo‘linmalari
rahbarlariga aniqlangan nuqsonlarni bartaraf etish haqida bajarilishi shart bo‘lgan ko‘rsatmalar
16
O‘zbekiston Respublikasining 1998 yil 1 may qonuni taxririda-O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
axborotnomasi, 1998 yil 5-6 son, 102 modda.


88
berish, shuningdek, mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunlarni buzayotgan shaxslarni
javobgarlikka tortish haqida korxonalarning rahbarlariga taqdimnomalar kiritish huquqiga
egadirlar. Mehnatni muhofaza qilish va yo‘l harakati xavfsizligi xizmatlarining mutaxassislari
ularning xizmat vazifalariga taaluqli bo‘lmagan ishlarni bajarishga jalb etilishlari mumkin emas.
Ayrim bir vaqtda mehnatni muhofaza qilish va yo‘l harakati havfsizligi xizmatlari
korxona faoliyati to‘xtatilgan taqdirdagina tugatiladi.

Download 2,9 Mb.
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   195




Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mehnatni muhofaza qilinishini ta’minlash

Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish