85
“Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunning qo‘llanish sohasi va davlat
siyosati
Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunlar ushbu qonun va unga muvofiq
chiqariladigan boshqa me’yoriy hujjatlardan iborat bo‘ladi.
Ushbu qonun bozor iqtisodiyotiga o‘tgan O‘zbekiston Respublikasida mulk va xo‘jalik
yuritish shakli turlicha bo‘lgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar bilan, shu jumladan ayrim
yollovchilar bilan mehnat munosabatlarda
turgan barcha ishlovchilar, ishlab chiqarish
amaliyotini o‘tayotgan oliy o‘quv yurtlari talabalari, o‘rta maxsus o‘quv yurtlari (litsey va
kollejlar) talabalari va umumiy ta’lim maktablari o‘quvchilari, korxonalarda ishlashga jalb
etiladagan harbiy xizmatchilar, muqobil xizmatni o‘tayotgan fuqarolar, sud xukmi bilan jazoni
o‘tayotgan
shaxslar, ahloq tuzatish mehnat muassasalari korxonalarida yoki xukmlar ijrosini
amalga oshiruvchi idoralar belgilaydigan korxonalarda ishlash davrida, shuningdek, jamiyat va
davlat manfaatlarini ko‘zlab tashkil etiladigan boshqa turdagi mehnat faoliyati ishtirokchilariga
nisbatan amal qiladi.
Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosati:
Korxona ishlab chiqarish faoliyati natijalariga nisbatan xodimning hayoti va sog‘ligi
ustivorligi;
mehnatni muhofaza qilish soxasidagi faoliyatini iqtisodiy va ijtimoiy siyosatining
boshqa yo‘nalishlari bilan
muvofiqlashtirib borish;
mulk va xo‘jalik yuritish shakllaridan qa’tiy nazar barcha korxonalar uchun mehnatni
muhofaza qilish soxasida yagona tartib qoidalar belgilab qo‘yish:
mehnatning ekologiya jihatidan xavfsiz sharoitlari yaratilishini va ish joylarida atrof-
muhit holati muntazam nazorat etilishini ta’minlash;
korxonalarda mehnatni muhofaza qilish talablari hamma joyda bajarilishini nazorat
qilish;
mehnatni muhofaza qilishni mablag‘ bilan ta’minlashda davlatning ishtirok etishi;
oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida mehnat muhofazasi bo‘yicha mutaxassislar
tayerlash;
xavfsiz texnika, texnologiyalar va xodimlarni ximoyalash vositalari ishlab chiqilishi va
joriy etilishini rag‘batlantirish;
fan, texnika yutuqlaridan hamda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vatanimiz va chet
el ilg‘or tajribasidan keng foydalanish;
ishlovchilarni maxsus kiyim va poyafzal, shaxsiy himoya vositalari, parxez ovqatlar
bilan bepul ta’minlash;
korxonalarda mehnatning sog‘lom va xavfsiz shart-sharoitlarini
yaratishga
ko‘maklashuvchi soliq siyosatini yuritish;
ishlab chiqarishdagi har bir baxtsiz hodisani va har bir kasb kasalligini tekshirib
chiqish hamda hisobga olib borishning va shu asosda ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlar hamda
kasb kasalliklariga chalinishlar darajasi haqida aholini xabardor qilishning majburligi;
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalardan jabrlangan yoki kasb kasalligiga yo‘liqqan
ishlovchilarning manfaatlarini ijtimoiy himoyalash;
kasaba uyushmalari va boshqa jamoat birlashmalari, korxonalar va alohida shaxslar
mehnatini muhofaza qilishni ta’minlashga qaratilgan faoliyatini har tomonlama qo‘llab
quvvatlash;
mehnatni muhofaza qilish muammolarini hal etish chog‘ida halqaro hamkorlikni
yo‘lga qo‘yish prinsplariga asoslanadi;
korxonalar,
mutaxassislar, fuqarolar mehnatini muhofaza qilish muammolarini hal
etish uchun O‘zbekiston Respublikasining jamoat birlashmalari to‘g‘risidagi qonunga muvofiq
amal qiladigan jamoat birlashmalariga uyushishlari mumkin.
86
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi idoralari, nazorat qilish idoralari, shuningdek, korxonalar
bu birlashmalarga har tomonlama yordam va madad ko‘rsatadilar
hamda mehnatni muhofaza
qilishni ta’minlash masalalari bo‘yicha qarorlar tayyorlash va qabul qilishda ular ishlab chiqqan
nizomlar va tavsiyalarni hisobga oladilar.
O‘zbekiston Respublikasi korxonalari va fuqarolari xalqaro shartnomalar va bitimlar
asosida ishlarni bajarayotganlarida, mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ularda ko‘zda tutilgan
talablar agar o‘zgacha shartlashilmagan bo‘lsa, ushbu Qonunga O‘zbekiston Respublikasining
«Mehnat to‘g‘risida» gi Qonunlaridan qo‘llaniladi.
O‘zbekiston Respublikasi korxonalarda ishlayotgan chet el fuqarolari uchun mehnatni
muhofaza qilish masalalariga doir munosabatlarni tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari
manfaatdor tomonlarning o‘zaro bitimlari bilan belgilab qo‘yiladi.